Sug’orish, tagini yumshatish, suv purkash zarurligini mustaqil aniqlashlari va bajarishlari lozim. Qaysi gullarni boshq tuvakka ko’chirib o’tkazish zarur ekanini tarbiyachiga aytadilar va shu gul uchun kerakli kattalikdagi tuvakni tanlaydilar va ko’chirib o’tkazishga yordam beradilar. Tarbiyachi tayyorlab qo’ygan o’g’itni o’simlikka soladilar. (Masalan, o’simliklarni parvarish qilib kuzatib yurgan bolalar ba’zi bir o’simliklarning ildizi tuvakning suv tushadigan teshigidan chiqib ketganini ko’radilar va tarbiyachiga bu gul uchun tuvak kichik bo’lib qolganini, uni boshqa kattaroq tuvakka o’tkazish kerakligini aytadilar va tarbiyhachi yordamida bu ish bajariladi.)
Bu yoshdagi bolalar o’simliklarning tashqi tuzilishi, yashash sharoitini juda yaxshi ta’riflaydigan bo’lib qoladilar.Bolalar o’simlikni ta’riflash malakasini yaxshi egallab olganlaridan keyin tarbiyachi bolalarni o’simliklarning o’ziga xos belgilarini aniqlovchi topishmoqni aytishga o’rgatadi.Bitta bola o’simlik to’g’risida topishmoq aytadi, boshqasi topadi.Yoki bo’lmasa o’yin “Ha”, “Yo’q”, savol-javob tariqasida o’tadi. Masalan: “Bu o’simlik daraxtga o’xshaydimi?”. (Yo’q). “O’tgachi?”. (Ha). “Uning tanasi ko’rinib turibdimi?”. (Yo’q). “Uning barglari silliqmi?”. (Ha). “Dumaloqmi?”. (Yo’q). “Uzunmi? ”. (Ha). “Guli bormi?”. (Ha). “Ular kattami?”. (Ha). “Qizilmi?”. (Yo’q) va shunga o’xshashlar. Bunday savolga bolalar darrov to’g’ri javob berishga qiynaladilar. Shuning uchun avvalgi 2-3 savolga tarbiyachi o’zi javob beradi. Keyin bolalarga taklif etiladi va tarbiyachi yordamida bu ish bajariladi.
Bunday mashg’ulotning ikkinchi qismida tarbiyachi bolalarga o’simliklar to’g’risida biron qiziqarli narsa hikoya qilib berishi yoki o’qib berishi mumkin. Masalan, biron o’simlikning vatani, undan nima maqsadda foydalanishgani va hokazolar. Bunday hikoyalar bolalarda o’simlikka nisbatan kata qiziqish uyg’otadi.
Shuningdek, maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarni xona o’simliklari bilan tanishtirish bo’yicha mashg’ulotlar o’tkaziladi.Bolalarning o’simliklar to’g’risidagi bilimlarini aniqlash va mustaxkamlash to’g’risida bilganini so’zlab berishga o’rgatish maqsadida didaktik o’yinlar ham o’tkazib boriladi.Masalan, tarbiyachi bironta o’simlikni ta’riflab beradi, bolalar topishadi. Keyin bolalar o’zlari ta’riflashadi va boshqa bolalar topishadi.
Bu yerda tarbiyachi asosiy e’tiborini bolalar tomonidan o’simlikning hamma belgiarini to’g’ri ta’riflashga qaratish kerak.
Bundan tashqari tarbiyachi bolalar diqqatini har bir mavsumda o’simliklarni namlikka, ozuqaga talabini o’zgarishiga qaratiladi. Masalan, kun soviy boshlashi bilan o’simliklarning o’sishi sekinlashadi, shuning uchun ozuqani kam talab qiladi, suv ham kam quyiladi. Ba’zi bir o’simliklar aksincha qishda yaxshi o’sadi va gullaydi. Shuning uchun ularni qishda yaxshiroq parvarish qilish kerak bo’ladi.
Kichik guruh bolalarini yoz faslida tarbiyachi sabzi, bodiring, pomidor, piyoz, olma, nok, olcha, uzum, bexi, shoftoli, olxo`ri, qovun, tarvuz, anjirning nomi, ta’mi, rangi, katta – kichikligi va shakliga ko`ra farqlanishini; ularning o`ziga hos belgilarini aytishga o`rgatadi. O`simliklarning barg, poya, gullarini farqlash va nomini aytishga o`rgatadi. Daraxtlarning tuzilishi, tanasi, bargi, shoxi, gullari, mevasi bilan tanishtiradi. Bolalar bilan hoshorotlar, qushlar, ularning xatti – harakatlari kuzatiladi. Bog`dagi sabzavot va mevalarni, qishloq joydagi ekinlarni, hayvonlarni parvarish qilish bo`yicha kattalarning, mehnati kuzatiladi va ularning nima uchun mehnat qilayotgani bolalarga tushuntiriladi.
Maydonchadan qiyg`os ochilib turgan atirgullar, ularning rangi, xushbo`y hidlari, chiroyliligi to`g`risida bolalarga so`slab beriladi, bolalarda ular orqali estetik zavq uyg`atiladi.
Jonsiz tabiat hodisalarini kuzatish
Yozda bolalarning ko`pchilik vaqti havoda, maydonchada o`tadi. Bolalar quyosh nuri bevosita tushmaydigan soya-salqin joylarda yengil kiyingan holda vaqitlarini o`tkazadilar. Kun issiq. Shuning uchun bolalar har kuni tushki ovqatdan oldin cho`milishadi. Yozda issiqdan qum tez qurib qoladi. Quruq qumdan hech narsa yasab bo`lmaydi, unga suv sepish kerak. Quyosh qattiq qizdirgani sababli, salqinbo`lishi, changimasligi uchun ham suv sepib turiladi.
Tarbiyachi bolalar bilan issiqdadano`simliklarning barglari so`lib, gullari pastga egilib qolganini kuzatadi va uning sababini tushuntiradi. Kechqurin tarbiyachi bolalar bilan o`simliklarga suv quyadi. Ertalab hammalari birgalikda borib, o`zlari suv quygan gullarni kuzatadilar. O`simliklar, gullar hammasi tetik bo`lib, gullari ham chiroyli bo`lib qolgani kuzatiladi. Bolalarga o`simliklar issiqdansuvsirab qolgani uchun so`lib qolganini, suv qo`yilgandan keyin esa ular tetik bo`lib qolganini, demak, o`simliklar ham issiqda bolalar singari tez-tez suv ichishi kerakligini tushuntiring.
Gulzor. Bolalar bilan gulzorni kuzating. U yerdagi yangi paydo bo`lgan gullarni bolalarga ko`rsatib, nomini, rangini, katta – kichikligini ayting, bolalar hamma gullarning nomini bilib olishlari shart emas, eng muhimi bolalar gulzordagi gullarning go`zalligidan quvonishlari, uni asrab – avaylashga, bosmaslikka o`rganishari shart. Bolalar bilan gulni alohida kuzatish, har bir gulning o`ziga hos hususiyatlari, hidi borligini bolalar bilan aniqlang, keyin bir – biriga o`xshash qanday gullar borligini ko`rsatishlarini so`rang. Kuzatish tugagandan keyin bir necha gulni qaychi bilan ohista kesib, guruh xonasidagi guldonga solib qo`yish mumkin.
Agar bog`cha maydonchasida mevalar, sabzavot o`stirilsa, ular pishganda bolalar oldida o`zingiz va bolalarga yiyishga bersangiz, bolalarga juda katta quvonch bag`sh etasiz. Har bir meva haqida she’r aytsangiz, bolalarning kuzatishdan olatotgan taassurotlari yanada jozibaliroq bo`ladi. Bironta o`yinchoqni olib chiqib bog`cha polizida nimalar o`sganini, ularning nomini, rangini, shaklini o`yinchog`iga bolalar gapirib berishsin, bolalarning juda ko`p meva nomlarini bilganlariga ayiqvoy, qo`g`irchoq ajablanishadi, ayiqvoysabzini sholg`om, bodiringni esa pomidor deb aytadi, bolalar kulib uning xatosini tuzatishadi.
O`rta guruh bolalarini yoz faslida tarbiyachi sayrga olib chiqqanda bolalar
diqqatini osmonning ko’m-ko’kligiga, quyoshning qattiq qizdirayotganiga, issiqdan, hatto qushlar ham shoxlar panasiga berkinib olganiga, hovliga sepilgan suvning tezda qurib qolishiga qaratadi. Issiq bo’lgani uchun o’simliklarni tez-tez sug’orib turish kerakligi tushuntiriladi. Bolalar yoz davomida bog’cha maydonchasidagi o’simlik va gullarni parvarish qilishda tarbiyachi va kattalarga qo’llaridan kelgan mehnatlari bilan yordam beradilar.
Parvarish qilish jarayonida daraxtlar va gullarda yuz bergan o’zgarishlarni kuzatib, bilib oladilar. Rezavor mevalar pishgan paytda sayr tashkil etilib, unda pishgan mevalar teriladi. Bu bolalarga katta quvonch baxsh etadi. Pishgan mevalarni xom mevadan farqlashga, mevalar qaerda tezroq pishishini daraxt tagidami, soyadami, yalanglikdami yoki oftobdami — mana shularni aniqlashga va uning sababi natijalarini bilib olishga o’rgatiladi.
Boqqa uyushtirilgan maqsadli sayr bolalarni mevali daraxtlarning nomlari bilan tanishtirish, ularning mevasi, rangi, shakli bilan tanishtirishda yaxshi qo’l keladi. Dalaga uyushtirilgan sayrda paxta dalasining bepoyonligi, uning yashil dengizga o’xshab, mavjudlanib turishiga, har bir g’o’zada oppoq paxtalar ochilib yotganiga va uning pushti rang gullariga bolalar diqqatini jalb qiling. Bolalarga paxta respublikamizning faxri ekanligi, undan ko’plab mahsulotlar tayyorlanishi aytiladi. Shu bilan birga u issiq sevuvchan o’simlik ekanligi, shuning uchun u serquyosh respublika- mizda ko’p o’stirilishiga bolalar diqqati jalb etiladi. Va tarbiyachi bolalarga paxta to’g’risidagi topishmoq va she’rlar aytadi:
Oppoqqina dasturxon
Dehqon erin qoplagan.
(Paxta )
Shundan keyin T. Qamchievning paxta to’g’risidagi qu- yidagi she’rini o’qish mumkin:
Paxta, paxta, paxtajon,
Sen azizsan har qachon.
Egnimdagi ko’ylak ham
Dehqon kiygan yaxtak ham,
Qo’g’irchog’im qalpog’i,
Hatto oshimiz yog’i,
Hammasi ziynatingdir,
Hammasi ne’matingdir.
Paxtani o’stirish uchun kolxozchilar juda ko’p mehnat — erni chopish, chigitni ekish, vaqtida chopiq qilish, tagini yumshatish, o’g’itlar berish, begona o’tlardan tozalab turish kabi ishlarni bajarishlari, ularga mashinalar (traktor, seyalka va sh.o’.) ham yordam berishi to’g’risida bolalarga gapirib beriladi.
Navbatdagi sayrda oltindek toblanib pishib yotgan bug’doyzor, bolalar ko’z oldida daraxtlardek baland o’sib yotgan makkajo’xorilarning o’sishi, ularning doni, rangi, shakli kuzatiladi, poyalarining farqi taqqoslanadi.
Qishloq joylarda bolalar bilan polizda pishib yotgan qovun-tarvuzlarni, pishib yotgan pomidor, bolgar qalampiri, bodringlarni kuzatish mumkin. Ularni o’stirish bo’yicha kishilar mehnatini, ularning nima uchun bu sabzavot, donlarni etishtirayotganlarini tarbiyachi bolalarga so’zlab beradi va quyidagi topishmoqni aytadi:
Xo’ppa semiz, bir tuki yo’q.
(Tarvuz)
Daraxtda zmas, erda bitar qip-qizil olma.
(Pomidor)
Bir barmoqcha bo’yi bor,
Qizil, yashil to’ni bor.
(Garmdori)
Kichkina sapcha Ko’m-ko’k,
Xom bo’lsa-maza,
Sap-sariq pishsa bemaza.
(Bodring)
Suv havzasiga uyushtirilgan sayrda katta va kichkina ninachilarning har xil rangdaligi, o’chishi, kurbaqaning harakatlanishi, chivinlarni tili bilan tutib olishini kuzatishadi. Yaylovlarda utlab yurgan hayvonlarning nomi, ularning egasi kim ekanligi, ular utloqdan nimani eyayotganlari, cho’prn ularni, haydab rorayotgani, ular suvni qanday ichayotgani kuzatiladi. Kechqurun hayvonning uyga qaytishi, o’z uyiny topib kirib ketishini kuzating.
Bog’ga uyushtirilgan sayrda bahorda daraxtlarning chaman bo’lib ochilib yotgan gullari olma, noklar pishib, shoxlari pastga egilib yotganini kuzating. Bolalardan har bir mevaning guli qanday bo’lganini so’rang. Bular hammasi meva deb atalpshinp mustahkamlang.
Katta va tayyarlov guruhlari bolalari bilan tabiat hodisalarini kuzatishni tashkil qilib, o’simliklarning mavj urib o’sishi, gullashi va hosil berishi, ko’plab hashorat va qushlar paydo bo’lishi, ob-havoning isiy boshlashi, yorug’lik va namlik bilan ko’payishini gapirib beradi. Iyul oyida harorat ko’tariladi. Avgust oyining ikkinchi yarmida harorat biroz pasayadi va 20-25 darajaga tushadi. Havoda bulut bo’lmaydi ba’zida yomg’ir yog’adi.
O’simliklar dunyosini kuzatish. Yozning dastlabki oyida bog’larda shaftoli, o’rik, olcha, erta pishar noklar va olmalar pishib yetiladi. Iyunn oyida ilongul, ajdarog’iz, chinni gullar, kartoshka gul, moychechaklar, flokslar, semizo’tlar va boshqa gullar gullay boshlaydi.
Adabiyotlar ro`yxati:
1..O.Hasanboyeva. H.Jabborova. Z.Nodirova. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi. — T.: Cho‘lpon Qo‘llanma -. 2006.
2.Sh.M.Kamolho‘jayev. «Tabiatshunoslik asoslari». — T.: «Moliya» yil. Qo‘llanma-2002
2.H.S. Yoldoshev. SH.M.Avazov. «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish asoslari» — T.: «Mehnat» Qo‘llanma-2003 .
3.I.Xolliyev. A.Ikromov . «Ekologiya» — T.: «Mehnat» Qo‘llanma-2001.
4.«Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim». — T.: 2012.
Do'stlaringiz bilan baham: |