Islomiy qadriyatlar va hozirgi davr. Kishilarni o'tmishga, undagi qadriyatlarga, ma'naviy madaniyatga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash ularga shaxsiy va ijtimoiy hayotda to'g'ri yo'l topishda yordam beradi. Bunday yo'l topa olmagan kishilar o'zlarini qiyin ahvolga solib qqo'yadilar. Haddan tashqari chetga chiqishlar esa ko'pincha haqiqatning ayon bo'lmay qolishiga olib keladi.
Dinda umuminsoniy qadriyatlar juda ko'p. Hozirgi zamon ruhoniylari ham dahriylar kabi unutgan bu qadriyatlarni tiklamoqdalar; zamona ehtiyoji va manfaatlariga xizmat qiladiganlarni qayta tilga kirgizmoqdalar. Biz ularga bu xayrli ishda ittifoqchi va xayrixohmiz.
Hozirgi diniy uyushmalar rahbariyatining xalq ommasi, jumladan oddiy dindorlar orasida hurmat va obro'ga tobora ko'proq ena bo'lib borayotganligining o'z sabablari bor. Bulardan biri, ular dunyoviy bilim, ilm-fan, madaniyat, ma'naviyat, e'tiqod va imonni tan olib,e'tirof etmoqdalar.
Hozir oliy islom o'quv yurtlarida 19 -20 turdagi fanlardan dars o'tilib, imtihon olinadi. Bu o'quv predmetlarining yarmidan ko'pi dunyoviy bilimlar ekanligi hammamizga ma'lum. Bu hol hozirgi zamon ruhoniylarining ilm-fandan iborat qadriyatlarga har qachongidan ham katta e'tibor berayotganliklarining ishonchli, diqqatga sazovor dalilidir. Yana bu – Muhammad (s.a.v.)ning «Ilmga nisbatan go'yo cho'pon kabi posbon bo'linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qiluvchi bo'lmanglar», «Ilm o'rganish har bir mo'min uchun farzdir», «Shahid qonidan ko'ra olimning siyohi muqaddasdir», «Ilm ibodatdan afzaldir» - degan da'vatu hikmatlariga hozirgi zamon din ahllari sobitqadamlik bilan amal qilmoqdalar. Biz ham ularni targ'ib qilamiz.
Islomning muhim talablaridan biri har bir inson imonli, e'tiqodli bo'lishi lozimligidir.
Biz xalqimizning diniy e'tiqodini endi g'oyat hurmat qilamiz, uni umuminsoniy ma'naviy madaniyatning uzviy qismi, deb qadrlaymiz. Chunki hozirgi diniy ta'limotda birinchi navbatda insoniy elementlar ustun turadi.
Hadislardagi da'vat, pand-nasihatlarning hozirgi zamon bilan hamohang bo'lgani, ayniqsa mamlakatimizdagi turli millatlar orasida noxush voqealar yuz berib turgan davr taqozosiga muvofiq keladigan odamlarni do'stliq hamkorlikka chaqiriqlardir. Hadislarning birida «Salomlashib yuringlar, odamlarga taom yediringlar… uzaro birodar bo'linglar» deyilgan. Ularning yana birida, «Mo'minlar uzaro do'stlashishda, rahm-shafqatda va mehru-oqibatda go'yoki bir tananing a'zolaridir. Uning biror a'zosi og'risa, unga qo'shilib qolgan a'zolari ham bedorlik va og'riq bilan alam chekadi».
Hadislarda xayriya, ya'ni saxovat, muruvvat, shafqat, hadya, xayru sadaqa kabi masalalarga juda ko'p o'rin va e'tibor berilgan. Ularning birida «sadaqa va xayru ehson qtltsh yuli bilan rizqu nasibalaringizga baraka tilanglar», deyilsa, ikkinchisida, «Tangri g'am-tashvishli odamlarga yordam beradiganlarni do'st tutadi» deb ta'kidlanadi; uchinchisida «ochlarga ovqat bering, bemorlarni borib ko'ring va hojatmandning hojatini chiqaring» deyiladi. Yana birida «bir-biringizga ehson qilinglar, chunki ehson muhabbatni oshiradi va dildagi g'amliklarni yo'qotadi», degan da'vatlar, hikmatlar olg'a suriladi.
Shuni e'tirof etishimiz kerakki, dingina emas, balki ilm-fanning birgina o'ziyoq insonni yuksak fazilatli qilishga qodir emas. Buning uchun ijtimoiy tuzum, moddiy omil, iqtisodiy zamin, ahloqiy tarbiya, boy ma'naviy hayot va hokazolar mavjud bo'lishi kerak. Bunda dinning real qadriyatlari ishtirok etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |