O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan fondlar
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida mavjud bo‘lgan hujjatlar arxiv qoidasiga muofiq saqlanmoqda. Arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtirish maqsadida “Ko‘rsatgich” (Putevoditel)lar nashr qilingan. Bular esa arxivda saqlanayotgan fondlarning ma’no va mazmunini ochib beradi hamda hujjatlarni o‘rganuvchilarga qulaylik tug‘diradi. Bugungi kunga qadar beshta Ko‘rsatgich nashr etildi.
Oktyabr inqilobidan oldingi arxiv fondlarida saqlanayotgan hujjatlar uchun tuzilgan ko‘rsatgich bilan tanishib chiqamiz. Bu ko‘rsatgich 7 bo‘limdan iborat. I b o‘ l i m “Davlat ma’muriy boshqaruv organlari” deb ataladi. U yetti bobdan iborat. Birinchi bob – “Turkiston viloyat Boshqaruv organlari” haqidagi hujjatlar 336-fondda;
Do'stlaringiz bilan baham: |