2.2. Davlat boshqaruvida lavozim va mansablarning o‘rni.
XIX асрга келиб Ўрта Осиё хонликларида феодал-уруғчилик munosabatlari o‘zining avvalgi mavqeni yo‘qotishi hisobiga, bu davrda ular endi xonliklarning faxriy unvon va lavozimlarga aylangan.
Har bir xonlikda o‘zining ma’muriy tuzilishi, xalqining mentaletidan kelib chiqib o‘ziga xos unvon va lavozimlar mavjud bo‘lib kelgan. Ba’zi lavozimlar har uchala xonlikda ham mavjud bo‘lgan bo‘lsa, boshqalar faqat birgina xonlikda uchraydi.
Buxoro amirligi davlat muassasalari ma’muriy, moliya, qozilik, mirshablik va harbiy idoralarining o‘z amaldorlari bo‘lgan. Amir saroyida 30 ga yaqin amaldor xizmat qilib, mahalliy boshqaruv muassasalarida xizmat qiluvchilar 30 mingdan ortiq bo‘lgan. Shuningdek, amirlikka qarashli 40 ta beklik tepasida mahalliy qabila boshliqlari turgan.8
Buxoro amirlikda devonbegi, ko‘kaldosh, qo‘shbegi, mushrif, mirshab, dodhoh, inoq, miroxo‘r, dasturxonchi, kitobdor, to‘qsoba, parvonchi, sadr, shayxulislom, qozikalon, muftiy, muxtasib kabi yuqori martabali lavozimlar bor edi. Eng yuqori lavozim deb Qushbegi, ya’ni bosh vazir (vaziri buzruk) tan olingan. Barcha ijroiy xokimiyat qushbegining ko‘lida to‘plangan. Viloyat va tuman hokimlari ham uning tavsisiga binoan tayinlangan. U arkda yashagan.
Amirlikda moliya va xazina ishlarini devonbegi boshqargan. Mamlakatda yig‘iladigan soliqlar, uni undirish ishlarini nazorat qilib borgan. Jarima ishlarini ham devonbegi amalga oshirgan. Uning idorasi arkda pastda bo‘lganligi uchun, uni ba’zida quyi qo‘shbegi ham deb atashgan. Otaliq unvoni mang‘itlarga shayboniylar davridan meros qolgan bo‘lib, ular asosan amirlikning markaziy qismi, ya’ni Buxoro va Samarqandni sug‘orish ishlari, suv taqsimoti bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirgan.
Amirning do‘stu-dushmanlari haqida ma’lumot to‘plash ko‘kaldosh lavozimidagi kishi zimmasida bo‘lgan. Oliy hukmdor yorliklarini amaldorlar, umuman tegishli kishilarga yetkazish ishlariga parvonachi lavozimi mas’ul. Dodhoh esa aholidan tushadigan shikoyat va arizalarni hukmdorga yetkazib, uni javobi uchun javobgar bergan. Mazkur mansablarda o‘tirgan shaxsning nufuzi qanchalik yuqori bo‘lsa, lavozimlarning mavqei ham shunchalik yuqori bo‘lgan.
Inoq barcha xonliklarda mavjud lavozimlardan biri xisoblanib, ular o‘z lavozimiga ko‘ra, oliy hukmdor farmoiyishlarini hukumatdagi oddiy xizmatchilarga yetkazish, demak, buyruqlarini amalga oshirishni tashkil qilish va umuman hali davlat mansabini egallamagan, lekin xokimiyat xizmatida bo‘lganlar bilan shug‘illangan. Bu lavozim ikkiga bo‘lingan, ya’ni, katta inoq va kichik inoq shaklida.
To‘qsabo mansabi amirtug‘i sohibi hisoblangan. Bu mansabdagi kishilar ikki vazifani, ya’ni ham davlat bayroqdori, ham tantanali marosimlarda ishonchli shaxs sifatida hukmdor oldiga taom tortish kabi mas’uliyatli vazifani ham bajargan. Bundan tashqari unga biror tuman ham biriktirilgan. Keyinchalik bu mansab egasi hududi dodhoh kabi harbiy vakil darajasiga ko‘tarilgan.
Amirlikda harbiy ishlarni boshqargan vazirni – lashkari to‘pchiboshi deb ataganlar. U to‘pchilar qisminingqo‘mondoni hamda Buxoro garnizoni boshlig‘i bo‘lib, amalda esa harbiy vazir lavozimini boshqargan. Haram xodimlari boshlig‘i – bosh xoji deb atalsa, qurilish ishlariga rahbarlik qilgan kishi kutvol lavozimiga tayinlangan. Qo‘rchiboshi-qurol-aslahaga mas’ul bo‘lgan. Udaychi mansabidagi shaxs urush paytida harbiylarni turiga qarab taqsimlash ishiga rahbarlik qilgan. Shahar va yo‘llar xavfsizligi ta’minoti qorovulbegi lavozimidagi kishi zimmasida bo‘lgan.
O‘rta Osiyo xonliklarining siyosiy-manaviy hayotida ulamolarning ta’siri nihoyatda kuchli bo‘lib, eng yuqori lavozimda shayxulislom to‘rgan. Shayxulislom amir va xondan keyingi darajadagi mavqeiga ega edi. Shayxulislom xonliklardagi dunyoviy va diniy ishlarga faol qatnashib, ular mamlakatda shariat qoidalariga qay darajada amal qilinayotganligini nazorat qilib turgan. Ular davlatdagi adliya tizimini boshqaruvchi qozikalon bo‘ysungan. Qozikalonning vakolatlari nihoyatga keng bo‘lib, unga quydagilar kirgan: bozor, ko‘cha-ko‘ylardagi ahvol, madrasalardagi ta’lim tarbiya, vaqf ishlari, yo‘qolgan vaqf hujjatlarini tiklash, yetim va bevalar haq-xuquqini himoya qilish, karvon-saroydagi tartib va hakozalar. Buxoro oliy mahkamasida 40 nafar faqih (qonunshunos) faoliyat ko‘rsatgan.
Adliya sohasida muftiy, rais (muxtasib), sadr (vaqf malklari hisobati va nazorati bilan shug‘ullanuvchilar) kabi xizmat turlari ham mavjud edi.
Xonliklarda eng katta marosim va kengashlar diniy xodimlar ishtirokisiz o‘tmagan.
Xiva xonligida XIX asrda Avaz Xo‘ja, Islom Xo‘ja, Fazil Xo‘ja kabi el orasida hurmat qozongan shayxulislomlar o‘tgan.
Qozikalon huzurida qozi o‘rdi yoki qozi askar kabi lavozimlar ham bo‘lgan. Ular harbiy xizmatchilarning xon marosimlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishgan.
Rais – diniy lavozimdagi kishi esa, shariat tartib-qoidalari va diniy marosimlarning to‘g‘ri bajarilishi ustidan nazorat qilgan. Shuningdek, bozorda tosh-tarozi, narx-navoni kuzatish shaharlarda obodonchilik va xavfsizlik masalalari bilan ham ular shug‘ullangan.
Mutavvali lavozimidagi kishi esa vaqflarga qarashli yerlaridan keladigan daromadlarni boshqargan.
Buxoro qozikaloni huzirida a’lam va 12 muftiydan iborat muftiylar devoni faoliyat ko‘rsatgan.
Buxoro amirligidagi 27 ta beklikni har birini mahalliy qabila boshliqlari, yirik mulk egalari tomonidan boshqarilgan. Beklar amir tomonidan tayinlangan.
Ular ba’zi hollarda hokimlar ham deb atalgan. Hokim huzurida yuzlab mahalliy ma’murlar xizmat qilgan. Hokim va uning xizmatdagi kishilarga maosh davlat xazinasidan berilmagan. Ular aholidan olinadigan turli soliq va to‘lovlar hisobidan kun kechirganlar.
Harbiy sohada yuzboshi, mingboshi kabi lavozimlar mavjud bo‘lgan.
Xiva xonligida ham o‘ziga xos mansab va unvonlar bo‘lib, ularning jami soni 103 edi. Maosh oladiganlar soni 718 ta tashkil etgan.9 Naqib, arbob mansablari faqat Xiva xonlari arxivida qayd etiladi.
Arxiv hujjatlarida qayd etilishicha, har bir amaldorning vazifasi qat’iy qilib belgilanib qo‘yilgan. Ular o‘z mansablarini juda qadirlaganlar.
Xiva xonligida unvon va lavozimlar to‘g‘risida xonlik arxiv hujjatlari, Ogohiy, Bayoniy asarlari va sayyohlarning hikoyalarida bayon etiladi.
Har bir mansabdor ma’lum miqdorda maosh olganlar. Yuqori mansablarga xonning o‘zi maosh belgilagan, quyi mansablarga esa qo‘shbegi, mehtar va devonboshilar belgilagan.
Ogohiy va Bayoniy asarlarida ma’lumot berilishicha ba’zi mansablar otadan bolaga meros bo‘lib o‘tgan. Buni Muhammad Raximxon maxsus farmon bilan mustahkamlaydi.
Rus sayohi Danilevskiyning ta’kidlashicha Xiva xonligida 2 minga yaqin amaldor va ruhoniylar oilasi bo‘lgan.
Xiva xonligida eng yuqori unvonlardan biri – Amirlumora hisoblangan. Bu unvonga xonning eng yaqin qarindoshlari sazavor bo‘lgan. Masalan, 1873 yil Xivaga kelgan A.A. Kun Sayid Muhammad Rahimxonning amakisi amirlumor unvoniga ega ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, u viloyat hokimi ham hisoblanib, davlatda to‘planadigan o‘lponlarga javobgar bo‘lgan.
Xiva xonligida naqib unvlni xon tomonidan sayid va xo‘jalarga in’om etilgan.
Inoqlik unvoni Muhammad Amin vafotidan so‘ng ta’sis etilgan. 1856-1857 yillarda bu unvon egasining maoshi 400 tilla, 1858 yili 300 tilla bo‘lgan.
Abulg‘ozi xon tantanali marosimlarda o‘tirish uchun inoqlarga to‘rtata joy ajratgan.10 Bu imtiyoz 1873 yilga qadar davom etgan. Inoqlardan biri xonning chap tomonida, Amirulumarodan keying o‘tirgan va ulug‘ inoq deb atalgan. Boshqa inoqlar ham xonning chap tomonida, yigirmanchi o‘rindan boshlab o‘tirgan.
Yangi xon taxtga ko‘tarilishi paytida inoqlar oq namatning to‘rt burchagidan ushlab, bo‘lajak hukmdorni uch marta osmonga irg‘itar edilar, bu inoqlarning asosiy va faxriy burchi edi.
Manbalarda 1840-1873 yillarda inoqlik unvonini olgan 32 ta kishining ismi-sharfi qayd etgan.
Otaliq so‘zi “ota” so‘zidan olingan. Manbalarda qayd etilishicha Abdulg‘ozi o‘z yonida o‘tirmoq uchun to‘rt otaliqqa joy belgilagan.
Bir otaliq xondan nari, to‘qqizinchi o‘rinda o‘tirgan, uch otaliq esa shayxulislomdan keyin o‘n bir va o‘n to‘rtinchi o‘rini egallagan. Buxoro amirligida esa aksincha, otaliq martaba jihatidan inoqdan yuqori turgan.
Xiva xonligida otaliq unvonidagi kishilar 100 tilladan maosh olgan. 1858 yilda ularning maoshlari ko‘tarilgan. Masalan, otaliq 150 tilla maosh olgan. Otaliq qilich va pichoq taqib yurgan.11
Otaliq unvonini berilishi haqida Ogohiy shunday yozadi: “Juma kuni rabbialoxir oyining to‘rtinchi kuni 12 kuni 1268 yili (1853 y 15 yanvar) xon hazratlari o‘zlarining Xudoyor biy va Shomurod inoq degan mashhur ayonlarni Guxlan urushidan bo‘lgan askarlar bilan Marv viloyatida, Marv shahri yaqinidagi xandaqda qolgan Xiva qo‘shniga yordamga yo‘llaganlar. Sari fitnachilarni mag‘lub etib, tumtaraqay qilgan Olloyorxonga janob hazrat otaliq unvonini berganlar, shuningdek unga oltin pichoq, zarbob chapon vav ko‘p miqdorda pul yuborilgan.12
Shuningdek, Xiva xonligida kam maosh oluvchi otaliqlar ham bo‘lgan. Masalan, Hasan otaliq o‘n tilla, Pahlavon otaliq olti tilla olgan. Otaliq unvoni o‘zbeklar bilan birga boshqa urug‘lar vakillariga ham barilgan. Masalan, 1871-1872 yillar xon turkman urug‘idan olti kishiga otaliq unvoni berilgan. 1873 yili qoraqalpoqlardan ham to‘rt kishiga otaliq unvoni berilgan.
Xivadagi imtiyozli lavozimlardan biri biy hisoblangan. Biy o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq urug‘ boshliqlarining martabasi hisoblangan. Biylar tinchlik davrida o‘lpon to‘plasa, urush vaqtida qo‘shinda mingboshi vazifasida xizmat qilgan.
Sayyidnazar biy va Xudoyor biylarning har qaysi 100 tilladan maosh olgan. Xudoyor biy o‘sha yillarda Go‘rlan urug‘idan bo‘lgan ming navkarga, Bekman biy mang‘it urug‘idan bo‘lgan uch yuz navkarga sarkardalik qilgan.
Y. Bayoniy o‘z asarida Qo‘tlimurod biy haqida ma’lumot berib, uning qo‘ng‘irot urug‘idan 600 navkarga sarkardalik qilgan. Shuningdek, u qo‘ng‘irotlar urug‘idan birinchi bo‘lib maosh oladigan lavozimga o‘tirgan.
Xiva xonligida “to‘ra”, “bek” kabi mansablar ham bo‘lgan. Xonning o‘g‘li to‘ra deb, aka-ukalarining farzandlari esa bek nomi bilan yuritilgan. Masalan, Qutlimarodning o‘g‘li Abdullaxon taxtga o‘tirguncha bek deb atalgan. Beklar xonning har xil topshiriqlarini bajarar va urush safarlariga chiqqanlar. Manbalarda har biri 100 tilladan maosh olgan 12 ta bek tilga olinadi.
Beklarbegi asosan qoraqalpoqlar va boshqa ko‘chmanchi chorvador xalqlarning oqsaqollariga beriladigan faxriy unvondir. Uning vazifasiga o‘z urug‘laridan yig‘iladigan harajatlarning to‘g‘riligini tekshirib turish va ularni xazinaga topshirilishi ustidan nazorat olib borish yuklatilgan.
1873 yillari Qoraqolpoqlarni ikkita beklarbegi birlashtirib turgan. Ularning biri Qo‘ng‘irot urug‘iga, ikkinchisi mang‘itlarga boshliq edi. Qoraqolpoqdagi barcha otalik va biylar shularga itoat etgan.
Beklarga qo‘shin sarkardasi bo‘lib, uning yuzboshilari bo‘lgan. Beklarbegi xonning yonidan joy olmagan.
Yuqorida nomlari zikr etilgan mansablarning barchasi xon tomnidan tayilanib, ularga davlat xazinasidan maosh to‘lab kelingan. Lavozimlar nasildan-nasilga meros bo‘lib o‘tgan. Bu lavozimlar va ularni taynlanishi tartibi bilan bekor qilinadi.
Xiva xonligida xonning eng yaqin maslahatchilari mehtar, qo‘shbegi va devonbegi hisoblangan
Taxtga xon nomzodini ko‘rsatishda mehtar, qushbegi va yasovulboshi katta rol o‘ynaganlar.
Mehtar bosh vazir bo‘lib, u xonlikda molyaviy, soliq ishlari, irrigatsiya inshoatlari qurilishi, amaldorlarni tayinlash, tashqi davlatlar bilan aloqa bog‘lash vazifalarini bajargan. Urush davrida mehtar qo‘shinga boshliq bo‘lgan.
Sayyoh N.N. Muravyov mehtarning vazifasi haqida shunday yozadi: .. Xon xazinasi mehtarning ixtiyorida bo‘lib, daromad-buromadni hisobga olib boradi, ajnabiy elchilarni qabul qilish va ularni boqish ham uning ixtiyorida, xon Xivadan safar qilgan mahalda xonlikni boshqarishni unga tanishtirib ketadi, ba’zan esa o‘z hokimiyatini ham ishonib topshirib qo‘yadi.13
N.N. Muravyov qo‘shbegi haqida shunday yozadi: “Ikkinchi vazir bo‘lgan qo‘shbegi ham kengash a’zosidir. U, xon singari, qiyot-qung‘irot urug‘idandir. U, da’voda janjal ishlarida o‘z qabiladoshlarining vakili hisoblanadi, uni hamma hurmat qiladi.... Uning vazifasi har jihatdan birinchi vazir vazifasiga o‘xshash, tom ma’nosi bilan olganda, u birinchi vazir yordamchisi hisoblanadi. Xonning katta amaldorlaridan uchinchisi xo‘jash mahrom, deb ataladi.... Bu uch shaxs (mehtar, qushbegi va xo‘jash maxrom? Xon huzurida alohida ishonchga egadirlar va ular xonlikda muhim o‘rinlarni ishg‘ol etadilar. Ularning yonida bittadan mirzalar va bir necha devonbeglari bo‘ladi. Devonbegilarning mansabi past darajada bo‘lib, ulardan yugurdaklik o‘rnida foydalaniladi va ajnabiy elchilarga mirshab qilib qo‘yiladi.14
Xivada quyidagi shaxslar mehtar bo‘lganlar:
1. Muhammad Yoqubboy mehtar Yusuf mehtarning o‘g‘li (1839-
1840, 1856-1857 yy).
2. Muhammad Rahimboy (1857-1866 yy).
3. Bobo mingboshi mehtar (1866-1868 yy).
4. Muhammad Rahim mehtar. (1867-1868 yy).
Xiva xonligida bojbon lavozimidagi shaxs savdogarlarda va bozorda sotiladigan mollardan zakot to‘plagan. Yasovulboshi esa qal’a soqchilari boshlig‘i hamda qazuv ishlarini nazorat qilib turgan. Miroblar esa irrigatsiya qurilishlariga bevosita rahbarlik qilgan. Masalan, Munis va Ogohiylar bosh mirob vazifasida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, xonning yaqin maslahatchilaridan hisoblangan.
Mirzaboshi esa saroyda davlat hujjatlarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullangan. Bu vazifada shoir va bastakor Muhammad Pahlavonniyoz (Komil Xorazmiy) uzoq yillar xizmat qilgan. Uning vafotidan so‘ng o‘g‘li Muhammad Rasul Mirzaboshi bo‘lgan.
Xon saroyida razvetka ishlari bilan maxsus mahkama “buxrilar” shug‘ullangan. Buxrilar savdogar, darvesh va elchilar libosida chet davlatlarda bo‘lib, xonga zarur ma’lumotlarni yetkazib turgan.
Qo‘qon xonligidagi mansab va lavozimlar ko‘p jihatdan Buxoro va Xiva xonligidagilarga juda o‘xshash edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |