So‘nggi o‘rta asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya. XI – XV asr davomida yevropada xalqaro munosabatlarning ma'lum bir tizimi vujudga keldi; asta – sekin ayrim diplomatik an'analar va andozalar shakllana boshladi. Lekin, bu davrning xalqaro aloqalari doimiy xususiyatga ega emas edi: doimiy faoliyat ko‘rsatadigan elchilar va vakolatxonalar yo‘q edi, xalqaro huquq shakllanmagan edi. Ushbu davr xalqaro munosabatlarining rivojlanishiga bir necha faktorlar ta'sir ko‘rsatdi: ichki va tashqi savdoni kengaytirish, shaharlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq yevropaning iqtisodiy o‘sishi, yirik mamlaktalar hukmdorlarining boshqa davlatlarni qaram qilib olish xoxishi, elatlarning shakllanish jarayoni va davlatlarni barpo etilishi va boshqalar.
XI – XIII asrlarda yevropa va Sharq mamlakatlari o‘rtasida ko‘p tarmoqli aloqalar kengaydi va mustaqkamlandi. Bunga salib yurishlari, Genuya, Piza va Venetsiyadagi Italiyaning dengiz respublikalarining savdo faoliyati hamda Vizantiyaning vositachi roli sabab bo‘ldi. XIII asrning 40-nchi yillarida Markaziy yevropa mo‘g‘il istilosi xavfi ostida qoldi. Mo‘g‘ul – tatar otryadlari Adriatikagacha yetib bordi. Salib yurishlari va ichki ziddiyatlar bilan zaiflashgan G‘arbiy yevropa kuchli xavf oldida muxofazasiz edi. Lekin, mo‘g‘ullar Ruslarning qarshilik ko‘rsatishidan toliqqan holda, Qoradengiz va Volga orti cho‘llariga qarab harakat boshladilar. XIII asrning oxiri XIV asrning boshlariga kelib, Muqaddas rim imperiyasi xalqaro siyosatda yetakchi rolni qo‘ldan boy berdi. Papalikning ham siyosiy qudrati zaiflashdi. Xalqaro siyosatda asosiy o‘rinlarni Angliya, Fransiya, Kastiliya va Aragon egalladi.
Bu davrning eng yirik xalqaro mojarolaridan Fransiya va Angliya o‘rtasidagi (1337-1453) yuz yillik urushi bo‘ldi. Natijada, Fransiyaning g‘alabasi bilan tugagan yuz yillik urush muhim xalqaro asoratlarni olib keldi: Fransiya yevropa xalqaro siyosatiga juda katta ta'sir ko‘rsatadigan bo‘ldi. XI – XIII asr xalqaro munosabatlariga salib yurishlari katta ta'sir ko‘rsatdi.Salib yurishlari 1096 yildan to 1270 yilgacha, qariib ikki asr davom etgan G‘arbiy yevropa feodallarining bosqinchilik urishiga aylandi. Ularni (urushlarni) tashabbuskori urushlarga xristianlarni musulmonlarga qarshi kurashi ramzi misolida diniy tus bergan Katolik cherkovi edi. Salib yurishlari, sharqdagi boy yerlarni bosib olish, o‘z boylik va daromadlarining ko‘paytirish maqsadida bo‘lgan g‘arbiy yevropa feodallarining o‘sib borgan tajavvuzlaridan kelib chiqqan. Salib yurishlaridan sharqiy yerlarni bo‘ysindirish yo‘li bilan o‘z ta'sir doirasini kengaytirishga uringan katolik cherkovi manfaatdor edi. Salib yurishlari xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixida eng muhim davr hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |