Chunki, badiiy yetuk avloddan avlodga o’tib kelayotgan juda ko’plab xalq ijodiyotiga mansub kuy-qo’shiqlar, mumtoz va maqom ashulalari bevosita xalqning yaratuvchilik qudratini mahsuli bo’lib, ularning tarbiyaviy ta’siri, kuchi eng avvalo ular mazmunidagi go’zallik, ulug’vorlik, jo’shqinlik, tushkunliik, g’amginlik, ma’yuslik his tuyg’ularini uyg’otuvchi xususiyatlarga ega ekanligidir. Bunday asarlarni tinglash, tahlil qilish, yaratish tarixi mohir ijrochilari g’oyaviy-badiiy mazmuni haqidagi suhbatlar o’quvchi yoshlar qalbida ezgu his-tuyg’ular uyg’otadi. Ideal obrazlar timsolidagi olijanob fazilatlarni egallashga ilhomlantiradi. - Chunki, badiiy yetuk avloddan avlodga o’tib kelayotgan juda ko’plab xalq ijodiyotiga mansub kuy-qo’shiqlar, mumtoz va maqom ashulalari bevosita xalqning yaratuvchilik qudratini mahsuli bo’lib, ularning tarbiyaviy ta’siri, kuchi eng avvalo ular mazmunidagi go’zallik, ulug’vorlik, jo’shqinlik, tushkunliik, g’amginlik, ma’yuslik his tuyg’ularini uyg’otuvchi xususiyatlarga ega ekanligidir. Bunday asarlarni tinglash, tahlil qilish, yaratish tarixi mohir ijrochilari g’oyaviy-badiiy mazmuni haqidagi suhbatlar o’quvchi yoshlar qalbida ezgu his-tuyg’ular uyg’otadi. Ideal obrazlar timsolidagi olijanob fazilatlarni egallashga ilhomlantiradi.
Xalq qo’shiqlari o’zining shakl va janr xususiyatlariga ko’ra sertarmoqli bo’lib, ular orasida alla, qo’shiq, ashula, yalla, lapar va bolalar o’zbek musiqasining janrlari, qo’shiqlari ommaviyligi bilan ajralib turadi. Masalan, inson hayotida birinchi bo’lib eshitgan qo’shiq bu – alladir. Alla onalarning dil tubidan sizib chiqqan ezgu-umidlari, farzandining kelajagi haqidagi shirin orzulari ifodasidir. Allaning sehrli qudrati haqida buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino shunday yozadi: “Bolani mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo’llamoq kerak. Biri, bolani asta-sekin tebratish, ikkinchisi uni uxlatish uchun zarur musiqali alladir. Bu ikki narsani qabul miqdoriga qarab, bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo’lgan iste’dodini hosil qilinadi”. - Xalq qo’shiqlari o’zining shakl va janr xususiyatlariga ko’ra sertarmoqli bo’lib, ular orasida alla, qo’shiq, ashula, yalla, lapar va bolalar o’zbek musiqasining janrlari, qo’shiqlari ommaviyligi bilan ajralib turadi. Masalan, inson hayotida birinchi bo’lib eshitgan qo’shiq bu – alladir. Alla onalarning dil tubidan sizib chiqqan ezgu-umidlari, farzandining kelajagi haqidagi shirin orzulari ifodasidir. Allaning sehrli qudrati haqida buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino shunday yozadi: “Bolani mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo’llamoq kerak. Biri, bolani asta-sekin tebratish, ikkinchisi uni uxlatish uchun zarur musiqali alladir. Bu ikki narsani qabul miqdoriga qarab, bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo’lgan iste’dodini hosil qilinadi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |