O‘rta osiyo xalqlar adabiyoti kirish


ABBOSO‘GLI OG‘A BOKIXONOV



Download 3,85 Mb.
bet7/17
Sana23.07.2022
Hajmi3,85 Mb.
#841249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
O`rta Osiyo seminar

ABBOSO‘GLI OG‘A BOKIXONOV
(1794-1847)
XIX asr ozarbayjon adabiyotining rivojida Abboso‘g‘li og‘a Bokixonov ijodi muhim ahami­yatga ega. U “Gudsi” (ziyoratgoh ma`nosini angla­tadi) taxallusi ostida ijod qiladi. U ozarbayjon xonlari avlodi vakili bo‘lganligi sababli ham uning ta`limiga e`tibor qaratashadi. 1826-1829-yillarda Rossiya, Eron hamda Turkiya bilan muzokaralarda tarjimon sifatida ishtirok etadi. Natijada bu davlatlar orasida “turkmanchay” shartnomasi imzolanadi (1828). 1833-yilda Rossiya bo‘ylab sayohatga chiqadi. Peterburg, Varshava, Riga va Odessada bo‘ladi. U A.S.Pushkin, V.K.Kyuxelbeker, A.A.Bestujev-Marlinskiy, X.Abovyan va A.Chavchavadze hamda Tadeush Zaboloskiy bilan tanishadi. Ular orasida o‘rtoqlik rishtalari o‘rnatiladi. Bokixonov nomi ozrbayjon prozasining rivoji bilan belgilanadi. U “Asker haqida kitob” (1830) asarini yaratadi. Bu asar xalq og‘zaki ijodi an`analari asosida yaratilganligi bilan muhim ahamiyatga ega. U satirik asarlar muallifi hamdir. “Tabriz xalqiga murojaat”, “Dehqonlarning shohga yo‘llagan arzi” shular jumlasidandir. Bokixonov ishqiy mavzudagi asarlari mumtoz adabiyot an`analari asosida yuzaga kelgan. Natijada uning asarlari ruhiy-falsafiy jihatdan yetuklikka erishadi. U she`riyatga novatorona yondashgan holda avtobiografik xarakterga ega asarlar hamda she`riy maktublar yaratadi. Uning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asari “Guliston erami” deb nomlanadi. Bu asar 1834-44-yillarda yaratilgan bo‘lib tarix-jug‘rofik jihatdan muhim manbadir. Bokixonov tarjima bilan ham shug‘ullanadi. Rus adibi I.A.Krilovning asarlarini ozarbayjon tiliga tarjima qiladi.

MIRZA FATALI OXUNDOV
(1812-1878)
Buyuk ozarbayjon demokrat shoiri va mutafakkiri Mirza Fatali Oxundov 1812-yili Nuh shahrida tug‘ildi. U dastlab diniy maktabda o‘qiydi. Keyinchalik rus-tatar bilim yurtida ta`lim olib, rus tili va rus madaniyatini yaxshi o‘rgandi. Bilim yurtini bitirgandan so‘ng, umrining oxirigacha Tiflis hokimi qoshida tarjimon bo‘lib ishladi.
Oxundov rus va ozarbayjon xalqlari do‘stligini kuylovchi she`rlar 1837-yilda esa “Pushkin vafotiga” nomli dostonini yozdi.
Dramaturg M.F.Oxundovning nasriy asarlari orasida xalq og‘zaki ijodi materiallaridan keng foydalanib yozilgan “Aldangan yulduzlar” povesti mashhurdir.
Oxundov o‘zining she`riy va sahna asarlari, “Aldangan yulduzlar” povesti bilan ozarbayjon realistik adabiyotini boshlab bergan va demokratik tendensiyani rivoj­lantirgan buyuk adibdir.
U faylasuf sifatida 1864-1865-yillarda “Kamol ud-Davla maktublari” nomli traktatini yaratib, unda ilg‘or falsafiy qarashlarni bayon qildi. U ozarbayjon xalqining qoloq bo‘lib qolishiga asosan savodsizlik sababchi, deb bildi. Shuning uchun Oxundov lotin grafikasi asosida ozarbayjon alfavitini ishlab chiqdi. U birinchi bo‘lib ozarbayjon dramaturgiyasiga va teatriga asos soldi. U jaholatni, hukmron tuzumdagi illatlarni tanqid qilib “Mullo Ibrohim Halil kimyogar”, “Xasis kishining sarguzashti”, “Tabiatshunos Musye Jardon” singari komediyalarini yaratdi. Bu asarlar A. Gribo­yedovning “Aqllilik balosi” asariga o‘xshash tarzda yozilgan. Oxundov bu asarlarini 1850-1852-yillarda yozdi. Shu bilan birga Oxundov talantli shoir ham edi. U rus she`riyatidan o‘rganib, uni sharq poetikasining go‘zal an`analari bilan boyitgan lirik asarlar ijod qildi. Pushkin obrazi yaratilgan “Sharq poemasi” asari o‘ta mahorat bilan yozilgan. U birinchi bo‘lib Ozarbayjon adabiyotida “Aldangan yulduzlar” nomli povest yozdi. Yozuvchining bu asari folklor asarlari asosida yozilgan. Adibning maktub formasida yozgan “Hind shahzodasi Kamol – ud Davlaning Eron shahzodasi Jamol – ud Davlaga yozgan uch maktubi va undan olgan javobi” nomli falsafiy traktati ham katta ahamiyatga ega. Bu bilan M. Oxundov rus demokratlari yo‘lidan borayot­ganini isbotladi. Bu asarlari bilan M.F.Oxundov Ozarbayjon adabiyotida realistik prozaning shakllanishiga ham asos soldi.
M.F.Oxundovning adabiy merosi:
1) “Hikoyati Mulla Ibrohin Xalil kimyogar” (1851)
2) “Hikoyati Mus`e Jordan Hakim nabotat va darvesh mastali Shoh” (1851)
3) “Sargujashti vaziri xoni Lankaron” (1852)
4) “Hikoyati xirsi quldurbosan” (1852)
5) “Xoji Qora” (1852)
6) “Murofiya vakillarining hikoyati” (1856)
7) “Aldangan yulduzlar” (1857)
Xullas, ozarbayjon klassik adabiyoti juda qadimgi va boy tarixga ega. Ozar xalqini butun olamga tanitgan buyuk allomalar ijodi turk dunyosining faxri bo‘lib hisoblanadi.



Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish