“O’rta Osiyo hududida multimodal logistika markazlari tashkil qilish innovatsion investitsiyalarni jalb qilish vositasi sifatida”


Inqirozdan keyingi istiqbollar: ekspertlar tahlil va bashoratlari



Download 1,08 Mb.
bet5/6
Sana25.06.2022
Hajmi1,08 Mb.
#703483
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
logistika va menejment logistika-markazi

Inqirozdan keyingi istiqbollar: ekspertlar tahlil va bashoratlari

  • Tashkil qilingan multimodal logistika markazi va erkin iqtisodiy-industrial hudud yuqoridagi imkoniyatlardan tashqari o’zi joylashgan region uchun yangi ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar eshigini ochadi:
  • Birinchidan, tashkil qilingan multimodal logistika markazi va erkin iqtisodiy-industrial hudud O’zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy sohalarni innovatsion texnologiyalar bilan modernizatsiya qilish va mavjud resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Doimiy investitsion oqim natijasida hududning mahsulot ishlab chiqarish quvvati ortadi va bu dastlab ichki bozorni keyinchalik esa tashqi bozorni raqobatbardosh mahsulotlar bilan to’ldirishga hizmat qiladi. Yuqori texnologiyalar natijasida sifati ortgan mahsulotlar iste’moli yuqori bo’ladi. Chunki sifat jihatdan yuqori mahsulotlar ichki va tashqi bozorga eng qulay tranport turi bilan samarali yetkazib beriladi. Bu esa chetda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni shu hududda qayta ishlab, tayyor mahsulotga keltirish va mahalliy bozorlarga sotish imkoniyatini beradi. Bu esa yirik kompaniyalar ishlab chiqarishining hududga ko’chishiga va hududning butun qit’ada sanoat markaziga aylanishiga sabab bo’ladi. Chunki eng yirik transmilliy kompaniyalarning deyarli 90 % mahsulotlari qayerda transport logistikasi yaxshi bo’lsa, shu hududda ishlab chiqariladi yoki yig’iladi.
  • Ikkinchidan, nafaqat tashqi ishlab chiqaruvchilar va investorlar uchun, balki potensialega ega har bir ichki ishlab chiqaruvchilarga ham hududda faoliyat yuritishga teng imkoniyat yaratiladi. Mamlakat ichkarisidagi korxonalar kengaytirilib hududga ko’chiriladi va ishlab chiqarish quvvati yanada oshadi. Bu esa mamlakat iqtisodiy qudratini belgilovchi yalpi ichki mahsulot va zahiralarni ko’payishiga sabab bo’ladi. Qo’shimcha kapitalning ko’payishi turli xil zahira fondlarini tashkil qilishga va ularni muhim strategik maqsadlar tomon yo’naltirishga imkon yaratadi.
  • Uchinchidan, ishsizlik qisqaradi va aholining farovonlik darajasi oshadi. Ijtimoiy masalalar nisbatan oson hal qilinadi. Mamlakat asosini tashkil qiluvchi inson omili kuchayadi va bu o’z navbatida barcha sohalarga ijobiy ta’sir qiladi.
  • To’rtinchidan, Markaziy Osiyoda tashkil qilingan bu kabi “quruq port” lar hududga jahon iqtisodiyotida yangi strategik maqomni egallashga yordam beradi. Jahon iqtisodiyotining so’ngi 10-15 yil tendansiyalariga e’tibor beradigan bo’lsak, yevropa davlatlarining to’yingan iqtisodiyoti yirik iste’mol potensialiga va resurslarga ega bo’lgan Osiyo davlatlariga ehtiyoj seza boshladi. Inqiroz sababli iqtisodiy markazlarning Osiyo hududiga qarab siljishi tezlashdi va Yevropa tovar va xizmatlar oqimi texnologiyalar bilan birga Osiyoga qarab oqib kela boshladi. Tabiiyki, bu hol Osiyo mamlakatlarining tashqi savdo hajmini va iqtisodiy o’sishini oshirib yuboradi. Isbot tariqasida quyidagi faktlarni keltirib o’tamiz: ekspertlarning hisob-kitoblariga ko’ra, inqirozgacha Yevropa bilan Osiyo-Tinch okeani mintaqasining yillik savdo aylanmasi $ 600 mlrd ni tashkil qilgan. Shundan $ 50-120 mlrd i transport-logistika sohasiga tegishli bo’lib, yillik 6 % dan kam bo’lmagan o’sish darajasiga ega. Bundan tashqari Xitoy, Janubiy Koreya va Hindiston kabi katta potensialga ega davlatlarning rivojlanish templari kelajakda Osiyoda o’ziga xos “transport va savdo uchburchagi” hosil qilinishini ko’rsatadi. Ushbu davlatlar bilan Yevropa qit’asi o’rtasida ham iqtisodiy aloqalar rivojlanib transport-savdo yo’lini tashkil qiladi. Bu esa o’z navbatida ushbu yo’llar ustida joylashgan Rossiya ferderatsiyasi va Markaziy Osiyo davlatlarining transport logistika sohasidagi ahamiyatini yanada oshiradi. Bu mamlakatlar kelajakda nafaqat transport logistika xizmatlari orqali, balki erkin iqtisodiy hududlar va erkin shaharlar tashkil qilishi orqali mahalliy resurslardan optimal foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish hajmini bir necha marta oshirishi yoki shu yo’l bilan muhim strategik sanoat va moliyaviy markaz barpo qilishlari mumkin.
  • “Мировая практика создания мультимодальных логистических центров и возможности ее применения в условиях центральной азии” Нодир Жуманиязов, к.э.н. эксперт Центра политических исследований, (www.cpi.uz/ Main page/ Last entered on 15.11.2009)

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish