Yuqoridagi sohalar ichida yuqori ahamiyat kasb etuvchilaridan biri bu transport logistika sohasidir. Logistika markazlarining tashkil topishi va Osiyodagi tashkil qilinish asoslari - Logistika sohasining xalqaro miqiyosda va kompleks holda faoliyat yuritishiga asoslangan yangi ko’rinishi multimodal logistika markazlarining paydo bo’lishi bu borada yangi davrni boshlab berdi. Xalqaro savdo va munosabatlarni rivojlantirishda eng asosiy vosita hisoblangan intermodal logistika sohasi tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ayni paytda jahonda 3 mingdan ortiq turli xil logistika markazlari mavjud bo`lib, ularning eng asosiy qismi Osiyo va Yevropa mintaqalarida joylashgan. Yevropa qit`asida logistika markazlari tashkil qilinganiga atigi 10-15 yil bo`lishiga qaramasdan, hozir ular joylashgan hudud qit`alarning sanoat markaziga aylanib ulgurdi. Yevropa transport logistikasi sohasidagi tovar aylanmasi yiliga € 800 mlrd ni tashkil qiladi va bir yilda € 120-140 mlrd qiymatidagi logistika shartnomalari imzolanadi. Logistika xizmatlar sohasi esayiliga 4-8 % lik o`sish darajasini ko`rsatadi. Hozirgi kunda xalqaro konferensiya va shu kabi yig`inlarning asosiy masalalari qatoridan transport logistikasini rivojlantirish masalalari o`rin olgan.
- “Rossiyadagi logistika markazlari”. G.Manjosov, N.Ovcharenko. “KIA-center” (www.transport.ru, last entered 12.11.2009 year)
Antverpen, Rotterdam, Gamburg, Shanhai, Bremen, Bazel, Keyptaun, Barselona, Muhlhouse(Fransiya), Sankt-Piterburg, Rostok(Germaniya), Tokiyo, Florensiya, Gong-Kong, Santos(Brazilya), Melbrun, LongBeach(AQSH), Jidda(Saudiya Arabistoni), Siyetl(AQSH), Busan(J Koreya), Los Anjeles, Singapur, Nyu Jersi(AQSH), Koub(Yaponiya), Rajarhat( Hindiston) - Antverpen, Rotterdam, Gamburg, Shanhai, Bremen, Bazel, Keyptaun, Barselona, Muhlhouse(Fransiya), Sankt-Piterburg, Rostok(Germaniya), Tokiyo, Florensiya, Gong-Kong, Santos(Brazilya), Melbrun, LongBeach(AQSH), Jidda(Saudiya Arabistoni), Siyetl(AQSH), Busan(J Koreya), Los Anjeles, Singapur, Nyu Jersi(AQSH), Koub(Yaponiya), Rajarhat( Hindiston)
- Osiyoda esa multimodal logistika markazlari, asosan, dengiz portlari yaqinida tashkil qilingan va hozirda rivojlanish natijasida asta-sekin quruqlikka o`tib bormoqda. Osiyoda eng yirik logistika markazlari Singapur (Singapur), Gon-Kong, Xitoy (Gvang Yang, Guan Chjou), Koreya (Busan, Incheon), Malayziya (Batam), Tayvan, Filippin, Yaponiya kabi davlatlar hududlarida joylashgan. Bulardan Singapur logistika markazi eng yirik hisoblanib, aynan shu sohada aholining 6 % dan ko`prog`i band va YaIM ning 10 % dan ortiq qismi ularning xissasiga tog`ri keladi. Xitoy logistika markazlari ko`proq ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo`lib, u yerda deyarli barcha turdagi elektronika, tekstil, maishiy va boshqa turdagi tovarlar ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |