O'lka aholisini islomlashtirish jarayoni g'oyat murakkab kechgan. Arab ma'murlari ko'p hollarda zo'rlik va kuch ishlatish yo'li bilan mahalliy xalq vakillarini islomni qabul qilishga undaganlar. Bunga ko'nmaganlar yoxud bosh tortganlar esa shafqatsiz jazolangan. Ko'p joylarda mahalliy kishilar noilojlikdan, qiyin-qistov asosida musul-monchilikni majburan qabul etgan bo'lsalar-da, biroq arablar ko'zdan nari ketishi bilan ular yana bu dindan qaytib o'zlarining eski diniy aqida va marosimlariga amal qila berganlar. Hatto arablar ishonchini qozonib musulmon dinini qabul qilgan Buxorxudot Tog'shoda ham islom dinini xo'ja ko'rsinga, yuzaki qabul qilgan bo'lib, aslida zardushtiylik ahkomlariga amal qilgan. U vafot etganida ham ajdodlari diniy marosimlariga ko'ra dafn etitgan. Bundan ko'rinadiki, islom dini va uning ruknlarining mahalliy xalq orasida yoyilishi nihoyatda qiyin, murakkab kechgan. Bu jarayonda behisob qurbonlar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |