OutText(S) protsedurasi string turdagi S matnni joriy nuqtadan, OutTextXY(X,Y,S) protsedurasi esa string turdagi S matnni (X,Y) koordinatali nuqtadan ekranga chiqaradi.
Grafik holatda shrift turi ikki xil bo‘lib matritsali (jadvalli) va vektorli deb ataladi. Grafik holatda matnni chiqarish usulini belgilash uchun SetTextStyle(F, Y, T) protsedurasi qo‘llanadi, bu yerda F, Y va T Word turida bo‘lib, F – shrift tartib raqami, Y – yozuvni chiqarish yo‘nalishi, T – shrift o‘lchamini asosiy o‘lchamga nisbatan oshirilishini belgilaydi.
Bitta belgini ekranga chiqarish uchun 8x8 piksellar matritsasi ajratiladi. Agar shrift turi F=0 (DefaultFont), ya’ni matritsali shrift bo‘lsa, u holda shriftni kattalashtirishda matritsa 8∙Tx8∙T pikselgacha oshadi, shuning uchun belgilar ko‘rinishi sifati kamayadi. Matritsali shriftda asosiy o‘lcham T=1 bo‘lib, T ning qiymati 1 dan 31 gacha o‘zgarishi mumkin.
Vektorli shrift turi tanlansa, ya’ni F=1 (TriplexFont – qalin) yoki 2 (SmallFont – kichiklashgan) yoki 3 (SansSerifFont – kitobiy) yoki 4 (GothicFont – gotik), belgilar kesmalardan hosil qilinadi. Bu holda shriftni kattalashtirishda belgilar ko‘rinishi sifati o‘zgarmaydi. Vektorli shriftda asosiy o‘lcham T=4 bo‘lib, T ning qiymati 1 dan 10 gacha o‘zgarishi mumkin.
Agar shrift yo‘nalishi Y=0 bo‘lsa, belgilar gorizontal bo‘yicha chapdan o‘ngga qarab chiqariladi. Agar shrift yo‘nalishi Y=1 bo‘lsa, belgilar vertikal bo‘yicha quyidan yuqoriga qarab belgilar 900 ga burilgan holatda chiqariladi.
Paskalda garfik holatda ekranga chiqarilayotgan matnni tekislash usulini tanlash mumkin. Buning uchun SetTextJustify(G, V) protsedurasi qo‘llanadi, bu yerda H – gorizontal bo‘yicha tekislash parametri H=0 (matn chiqarilayotgan nuqtadan o‘ngda) yoki H=1 (o‘rtadan tekislanish) yoki H=2 (matn chiqarilayotgan nuqtadan chapda) qiymatlarni, V – vertikal bo‘yicha tekislash parametri esa V=0 (matn chiqarilayotgan nuqtadan yuqorida) yoki V=1 (o‘rtadan tekislanish) yoki V=2 (matn chiqarilayotgan nuqtadan quyida) qiymatlarni qabul qiladi. Paskal dasturi ishga tushirilganda avtomatik ravishda H=0 va V=2 qiymatlar belgilanadi. ۩. “Infromatika”, “Algoritm” va “Dastur” so‘zlarini turli rangda turli qalinlikda ekranning turli joylarida chiqaruvchi dastur tuzing.
Yechim.
Grafik ekranga chiqariladigan belgilar rangi ham chiziq rangini tanlash SetColor(Rang) protsedurasi yordamida turlicha tanlanadi. Shrift formasi, yo‘nalishi va qalinligini SetTextStyle(F, Y, T) protsedurasi yordamida turlicha belgilaymiz.
Grafik yurgichni surish uchun MoveTo(X,Y) protsedurasini qo‘llaymiz. Matnni ekranga chiqarish uchun esa OutText(S) va OutTextXY(X,Y,S) protseduralaridan foydalanamiz.
|
Dasturi:
uses graph;
var gd, gm:integer; S: string;
begin
gd:=0; initgraph(gd, gm, ''); S:='Informatika'; SetColor(15); SetTextStyle(0, 0, 0); OutText(s);
SetColor(4); SetTextStyle(0, 0, 5); OutText(s);
SetColor(11); SetTextStyle(0, 0, 7); OutTextXY(0,50,s);
MoveTo(0,110); SetColor(1); SetTextStyle(1, 0, 1); OutText('Algoritm');
SetColor(12); SetTextStyle(1, 0, 5); OutText('Algoritm');
SetColor(11); SetTextStyle(1, 0, 10); OutTextXY(75,120,'Algoritm');
SetColor(14); MoveTo(0,250); SetTextStyle(3, 0, 1); OutText('Dastur');
SetColor(6); SetTextStyle(3, 1, 1); OutText('Dastur');
SetColor(2); SetTextStyle(3, 0, 5); OutTextXY(100,270,'Dastur');
SetColor(1); SetTextStyle(3, 0, 10); OutTextXY(250,220,'Dastur');
SetColor(9); MoveTo(30,370); SetTextStyle(4, 0, 5);
OutText(S+' Algoritm '+' Dastur'); ReadLn; CloseGraph; end.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |