O’rta maxsus


-§. PASKAL GRAFIKASIDA USULLAR



Download 2,24 Mb.
bet39/54
Sana30.04.2022
Hajmi2,24 Mb.
#597939
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
paskal dt dars

7-§. PASKAL GRAFIKASIDA USULLAR


Paskalning turli rang va usulda bo‘yalgan shakllarni chizish protseduralari ham bor. Mazkur shakllarning chegara chiziqlari rangi biz yuqorida ko‘rgan SetColor protsedurasi bilan tanlanadi. Ularning ichini bo‘yash uchun rang va usul Paskalning SetFillStyle(usul,rang); protsedurasi yordamida belgilanadi, bu yerda rang – tanlanayotgan rang kodi, usul – bo‘yash usuli.
Paskalda shakllarning ichini tanlangan rang bilan bir necha xil usulda bo‘yash mumkin. Bo‘yash usullari ham ranglar kabi butun sonlar bilan kodlangan. Graph modulida har bir bo‘yash usuliga alohida konstantalar ham ajratilgan. Quyidagi jadvalda bo‘yash usullari, ularning kodlari va mos konstantalarning nomlari keltirilgan.
B o‘yash Kodi Konstanta usuli nomi
Fon rangi bilan bo‘yash 0 EmptyFill
Berilgan rang bilan bo‘yash 1 SolidFill
Qalin gorizontal chiziqlar bilan to‘ldirish 2 LineFill
Ingichka o‘ngga og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish 3 LtSlashFill
Qalin o‘ngga og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish 4 SlashFill
Qalin chapga og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish 5 BkSlashFill
Ingichka chapga og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish 6 LtBkSlashFill
Katak chiziq bilan to‘ldirish 7 HatchFill
Og‘ma katak chiziq bilan to‘ldirish 8 XHatchFill
Quyuq og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish 9 InterLeaveFill
Siyrak nuqtalar bilan to‘ldirish 10 WideDotFill
Quyuq nuqtalar bilan to‘ldirish 11 CloseDotFill
Foydalanuvchi belgilagan usulda bo‘yash 12 UserFill
Bar(X1,Y1,X2,Y2) protsedurasi ekranda yuqori chap burchagi (X1,Y1) va quyi o‘ng burchagi (X2,Y2) koordinatali nuqtalarda bo‘lgan, ichi joriy rang va usulda bo‘yalgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizadi.

Bar3D(X1,Y1,X2,Y2,a,b) protsedurasi joriy rang va usulda bo‘yalgan parallelepiped chizadi. Bu yerda a – parallelepiped yon tomonining uzunligi, b esa mantiqiy ifoda bo‘lib, uning qiymati “rost” bo‘lsa parallelepipedning yuqori qirrasi chiziladi, “yolg‘on” bo‘lsa chizilmaydi.
۩. Ichi qizil rangli qalin gorizontal chiziqlar bilin to‘ldirilgan to‘g‘ri to‘rtburchak va havorang paralelopiped chizing.
Uses Graph;
Var gd, gm : Integer;
Begin
Gd:=0; InitGraph(gd,gm, ‘‘);
SetFillStyle(2, 4); Bar(10,10,400,200);
SetFillStyle(1, 9); Bar3D(100,200,350,400,50,True); Readln; CloseGraph; End.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish