6-§. PASKALDA GRAFIK HOLATDA ISHLASH
Chiziqli tuzilmali dasturlar tuzishni to‘laroq ko‘rsatish uchun Paskal dasturidagi shakllar chizish bilan bog‘liq imkoniyatni ko‘rib chiqamiz.
Paskal dasturlash tili yordamida kompyuter ekranida turli rasmlar ham hosil qilish mumkin. Buning uchun Paskalning GRAPH (graf) moduliga nuqta, to‘g‘ri chiziq, to‘g‘ri to‘rtburchak, aylana kabi bir qancha shakllarni chizishga mo‘ljallangan protsedura va funksiyalari kiritilgan.
Shakl chizish protsedura va funksiyalaridan foydalanish uchun dastur boshida
Uses Graph; ko‘rsatmasi beriladi. Bu ko‘rsatma uning tarkibidagi protsedura va funksiyalardan foydalanish imkoniyatini beradi, xalos. Mazkur protsedura va funksiyalarning ishlashi uchun esa, ekran grafik holatga o‘tkazilishi zarur.
Grafik holatda kompyuter ekrani piksel deb ataluvchi mayda nuqtalardan tashkil topadi. Grafik holatda ham matnli holatdagi kabi yurgich mavjud bo‘lib, u nuqtadan iborat. Ekranda hosil bo‘ladigan barcha chizmalar yurgichning ekranda iz qoldirib yoki iz qoldirmasdan siljishi natijasida hosil bo‘ladi. Yurgichning ekranda turgan o‘rni uning koordinatasi bilan aniqlanadi. Koordinata boshi bo‘lgan (0,0) nuqta ekranning chap yuqori burchagida joylashgan. Ekran grafik holatga o‘tkazilganda yurgich koordinata boshida joylashadi. Koordinata o‘qlari X va Y koordinata boshidan mos ravishda o‘ngga va pastga qarab yo‘nalgan, ya’ni qiymatlar shu yo‘nalishlarda o‘sib boradi. Ekranning yurgich turgan nuqtasi joriy nuqta deyiladi. Ekrandagi nuqtalar soni ko‘pi bilan 640x480 ta (0..639x0..479) bo‘ladi.
Ekranni grafik holatga o‘tkazish uchun Graph modulining InitGraph(GD,GM,); protsedurasidan foydalaniladi, bu yerda GD (GraphDriver) va GM (GraphMode) – butun sonli o‘zgaruvchilar. Ularning qiymati kompyuterning grafik imkoniyatlariga va tanlangan grafik holatga bog‘liq. Agar GD:=0; (yoki GD:=Detect;) deb tanlansa, dastur tomonidan avtomatik ravishda eng samarali grafik holat aniqlanadi. – grafik holatda ishlashni ta’minlovchi BGI kengaytmali maxsus fayl joylashgan BGI katalogining to‘liq adresi bo‘lib, zamonaviy kompyuterlarda EGAVGA.BGI fayli qo‘llaniladi. Bu fayl joriy katalogda joylashgan bo‘lsa o‘rnida bo‘sh satr yozilishi kifoya.
Grafik holatdan chiqish, ya’ni matn holatiga qaytish uchun CloseGraph protsedurasidan foydalaniladi. Grafika bilan bog‘liq dasturlar, asosan, quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Uses Graph;
Var Gd, Gm : Integer;
{Grafika bilan bog‘liq masalaga mos o‘zgaruvchilar tavsifi }
Begin
Gd := 0; { Grafik drayverni avtomatik ravishda aniqlash }
InitGraph(Gd,Gm, ‘‘); { Grafik holatga o‘tish }
{ Grafika bilan bog‘liq masala yechimi yoziladigan qism } Readln; { Grafik ma’lumotni ko‘rib olish uchun dasturni to‘xtatish } CloseGraph; { Grafik holatdan chiqish } End.
Paskal tilida 16 xil rangdan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu ranglar 0 dan 15 gacha butun sonlar bilan kodlangan. Graph modulida har bir rang uchun maxsus o‘zgarmas (konstanta) ajratilgan bo‘lib, ular matn holatidagi ranglar bilan bir xil.
Graph modulida 80 ga yaqin protsedura va funksiyalar mavjud. Quyida ularning ba’zilari bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |