2-usul: dastur ishga tushirilgach, ekranda satr boshida yurgich chiqadi va dastur a ning qiymati kiritilishini kutib turadi. Masalan, a ning qiymati sifatida 10 ni kiritamiz, so‘ng ENTER klav-
ishini bosib b ni qiymati sifatida 11 deb kiritamiz. Endi ENTER klavishi bosilsa ekranda quyidagilar aks etadi:
10 11 a+b=21
3–misol. Var
a, b, g, m:Integer;
Begin
Read(a, b);
Read(g); m:=a+g+b;
WriteLn(‘Natija= ‘, m); End.
|
4–misol. Var
a, b, g, m:Integer;
Begin
Readln(a, b);
Read(g); m:=a+g+b; WriteLn(‘Natija= ‘, m); End.
|
3-misolda ham qiymat kiritish 1-usul yoki 2-usullardan birida amalga oshirilishi mumkin.
|
4-misolda a va b o‘zgaruvchilarning qiymati probel yoki yordamida kiritilishi mumkin. O‘zgaruvchi g o‘zgaruvchining qiymatini kiritilgach ENTER ekranda quyidagilardan biri bo‘lishi mumkin.
|
ENTER
|
klavishlari b
|
ning qiymatini kiritish uchun klavishini bosish shart. Bu holda
|
10 11
12
Natija= 33
|
10
11
12
Natija= 33
|
O‘zgaruvchilarga qiymat berishda o‘zlashtirish operatori ishlatilsa, dastur bitta qiymat uchun bajarilaveradi, ya’ni o‘zgaruvchining qiymati xotiraga bir marta kiritiladi. Biror o‘zgaruvchi qiymatini almashtirish uchun esa har safar dastur matnini o‘zgartirish zarur bo‘ladi.
Dasturda biror o‘zgaruvchiga qiymat berishda kiritish protsedurasi qo‘llanilgan bo‘lsa, u holda dasturni ishga tushirib o‘zgaruvchining qiymatini klaviaturadan kiritilaveradi, ya’ni muloqot usulda o‘zgartirilaveradi.
Muloqot usulida ozgina noqulaylik bor, ya’ni qaysi o‘zgaruvchiga qiymat kiritayotganimizni yodda saqlab turishimiz shart. Bu noqulaylikdan qutulish uchun Write yoki Writeln protsedurasidan foydalanib izoh kiritish mumkin. Masalan,
Write(‘a=‘); Readln(a); Write(‘b=‘); Readln(b); yozilsa, qaysi o‘zgaruvchiga qiymat kiritilayotganini ekranda ko‘rib turish mumkin.
Readln protsedurasi beradigan yana bir imkoniyat bor. Ma’lumki, Paskal dasturlash tili amallarni shunchalik tez bajaradiki, natijani ko‘rib olishga ulgurmaymiz va ekrandagi natijani ko‘rish uchun ALT+F5 klavishlar juftligidan foydalanishga majbur bo‘lamiz. Barcha natijalar ekranga chiqarilganidan so‘ng natijani ko‘rib olgunimizcha dasturni “kuttirish”, ya’ni dastur ishini kerakli joyda to‘xtatib turish uchun end. dan avval ro‘yxatsiz readln protsedurasini yozish kifoya. Bunday holda dastur ishini davom ettirish uchun ENTER klavishi bosiladi. Albatta, bu protsedura kutilgan natijani berishi uchun undan avval yozilgan oxirgi kiritish protsedurasi ham LN qo‘shimchasi bilan yozilgan bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |