Klavish yoki klavishlar juftligi
15
|
Shift +Tab
|
104-113
|
F31+F40 (Alt+F1 – Alt+F10)
|
16-25
|
Alt +
Q/W/E/R/T/Y/U/I/O/P
|
114
|
Ctrl+PrtSc (ekrandan nusxa)
|
30-38
|
Alt + A/S/D/F/G/H/J/K/L
|
115
|
Ctrl+ Strelka chapga
|
44-50
|
Alt + Z/X/C/V/B/N/M
|
116
|
Ctrl+Strelka o‘ngga
|
59-68
|
F1-F10
|
117
|
Ctrl+End (matn oxiriga)
|
71
|
Home (satr boshiga)
|
118
|
Ctrl+PgDn (sahifa quyiga)
|
72
|
Strelka yuqoriga
|
119
|
Ctrl+Home (matn boshiga)
|
73
|
PgUp (sahifa yuqoriga)
|
120-131
|
Alt+1/2/3/4/5/6/7/8/9/0/-/=
|
75
|
Strelka chapga
|
132
|
Ctrl+PgUp (sahifa yuqoriga)
|
77
|
Strelka o‘ngga
|
133
|
F11
|
79
|
End (satr oxiriga)
|
134
|
F12
|
80
|
Strelka quyga
|
135
|
Shift+F11
|
81
|
PgDn (sahifa quyiga)
|
136
|
Shift+F13
|
82
|
Ins (joylashtirish)
|
137
|
Ctrl+F11
|
83
|
Del (o‘chirish)
|
138
|
Ctrl+F12
|
84-93
|
F11-F20 (Shift+F1 – Shift+F10)
|
139
|
Alt+F11
|
94-103
|
F21-F30 (Ctrl+F1 – Ctrl+F10)
|
140
|
Alt+F12
|
Kodi #0 dan #31 gacha bo‘lgan 32 ta boshqaruv belgilari matnda probel, chop etish operatorlarida esa belgi yoki buyruq sifatida olinadi. Masalan, yangi satrga o‘tkazish (yurgichni keyingi satrning yurgich turgan ustundan keyingi ustuniga o‘tkazish) belgisi lf ning kodi #10, karetkani qaytarish (yurgichni shu satrning o‘zini boshiga qaytarish) belgisi cr ning kodi #13, bu ikkala kod ketma-ket yozilsa yurgich Enter klavishi bosilgandagi kabi keyingi satrning boshiga o‘tkaziladi. Umuman, quyidagi jadvalda ba’zi boshqaruv belgilarini ishi izohlangan.
Kod
|
Belgi
|
Ishi
|
7
|
bel
|
Qo‘ng‘iroq; bu belgi ekranda aks etayotganda tovush ham chiqariladi
|
9
|
ht
|
Gorizontal tabulyatsiya; kursorni 8 talab pozitsiyaga suradi: 1, 9, 17, 25
|
11
|
vt
|
Vertikal tabulyatsiya; ekranda maxsus belgiga almashtiriladi
|
26
|
eof
|
Faylning oxiri; klaviaturadan Ctrl+Z orqali kiritiladi, ekranda maxsus belgiga almashtiriladi
|
27
|
esc
|
Ishning oxiri; klaviaturadan Esc orqali kiritiladi, ekranda maxsus belgiga almashtiriladi
|
2-BOB. PASCAL DASTURLASH TILIDA MIQDORLAR 1-§. PASKAL DASTURLASH TILI ALIFBOSI VA STRUKTURASI
Har qanday dasturlash tili kabi Pascal dasturlash tili ham o‘zining alifbosi va sintaksis qoidalariga ega.
Pascal dasturlash tili ASCII kodli belgilar to‘plamini o‘z ichiga oladi, masalan:
Lotin alifbosining 26 ta bosh va kichik harflari : Aa, Bb, Cc, Dd, Ee, Ff, Gg,
Hh, Ii, Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Oo, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Uu, Vv, Ww, Xx, Yy, Zz
(izohlar va matnlar yozish uchun kirill harflarini ham qo‘llash mumkin);
O‘nta arab raqami: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9;
O‘n oltilik sonlar: 0 dan 9 gacha arab raqamlari va A, B, C, D, E, F va a, b, c, d, e, f harflar;
Maxsus belgilar: . (nuqta), , (vergul), : (ikki nuqta); ; (nuqtali vergul), ' (apostrof), " (qo‘shtirnoq), ! (undov), ? (so‘roq), % (foiz), $ (dollar), @ (tijorat belgisi), & (ampersand), # (panjara), ^ (urg‘u berish); turli qavslar: (, ), {, }, [, ]; juft belgilar: :=, .. , (*, *), (., .).
Boshqaruv belgilari: #0 dan #31 gacha kodli belgilar (# – belgi kodini o‘nlikdagi qiymatini bildiradi, boshqaruv belgilari ishlaganda ekranda aks etmaydi).
Pascal tilida, asosan, quyidagi amallar va ularga mos belgilar ishlatiladi: Arifmetik amallar: + (qo‘shish), – (ayirish), * (ko‘paytirish), / (bo‘lish);
Munosabat amallari: = (teng), < (kichik), > (katta); juft belgilar: <> (teng emas), <= (katta emas), >= (kichik emas);
Mantiqiy amallar: AND (“VA” – mantiqiy ko‘paytirish amali); OR (“YOKI” – mantiqiy qo‘shish amali); NOT (“EMAS” – mantiqiy inkor amali); XOR (o‘xshashlikni inkor etish amali).
Barcha dasturlash tillari kabi Paskal dasturlash tili ham o‘zining imlosi, yozish qonun va qoidalariga ega bo‘lib, ular asosida yuqorida keltirilgan harflar, belgilar va amallar yordamida ko‘rsatma va buyruqlar tuziladi. Har bir ko‘rsatma yoki buyruq “;” (nuqtali vergul) belgisi bilan yakunlanadi. Dastur matnida bir satrga ko‘pi bilan 127 ta belgi yozish mumkin.
Ba’zan, dastur tushunarli bo‘lishi uchun unga izohlar kiritiladi. Izohlar yordamida dastur va uning qismlari qanday vazifani bajarishi tavsiflanadi. Paskalda izoh { va } yoki (* va *) ko‘rinishdagi qavslar ichiga yoziladi. Masalan, {bu izoh misol uchun keltirildi} yoki (* izohni shunday yozsa ham bo‘ladi *).
Odatda Paskal tilidagi dasturlar Program maxsus so‘zi bilan boshlanadi. Bu so‘zdan keyin dastur nomi yoziladi. Masalan: Program kvadrat_tenglama; {kvadrat tenglama yechish dasturi.}
Dastur nomi dastur vazifasiga mos bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bu zarur dasturni boshqa dasturlar orasidan tez ajratib olish imkonini beradi. Ta’kidlash joizki, dastur nomi dastur ishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi va umuman olganda, dasturga nom berish shart ham emas.
Paskal dasturlash tilida dastur yozishda quyidagilar qo‘llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |