«AQLIY HUJUM» YUZASIDAN SAVOLLAR
1. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va kadrlar tayyorlaSh Milliy dasturi nima maqsadda chiqarilgan?
2.Iqtisodiy muammo nima?
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR.
1.«Ta’lim to’g’risida»gi qonun va kadrlar tayyorlaSh Milliy dasturini o’rganish.
2.Kasbga yo’naltirilgan xozirgi kun ahvoli bilan tanishish.
3.Kasb haqida va kasbga yo’naltirish borasidagi olim va mutaffakkirlar fikrini o’rganish.
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Fanni o’qitishdan qanday maqsad ko’zlangan?
2. Fan oldiga qo’yilgan vazifa nimadan iborat?
3. Fanning mazmunini yoritib bering?
4.. Kasb tanlaShga yo’llashda fan-texnika rivojlanishining ahamiyati nimadan iborat?
2.Modul. Kasb hunarga yo`naltirish ishining pedagogic asoslari
2-Mavzu:Mehnat ta`limi o`qituvchisiga qo`yiladigan talablar,oqituvchining kasb hunarga yo`naltirishdagi faoliyati va boshqaruvchanligi. O`qituvchining psihologik- pedagogic, umumkasbiy tayyorgarligi Kasbga yo`naltirish bosqichlarining mazmuni; kuzatish,diagnostic suhbat,1-9 sihf, akademik litsey,kasb hunar kolleji.
REJA:
1 Mehnat ta`limi o`qituvchisiga qo`yiladigan talablar..
2.Kuzatish, diagnostik suxbatlar.
3.I-IV, V-VI, akadem lisey, kasb-xunar kolleji.
TAYANCH IBORALAR:
1. Kuzatish. 2. Diagnostik suxbat. 3. Anketalar.
Mehnat ta’limi о‘qituvchisi darslarga puxta tayyorgarlik kо‘rsagina, bu darslardagi ta’limtarbiya jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. О‘quv yili boshlanishi oldidan о‘qituvchi dasturdagi hamma mavzularni о‘rganish vaqtini taqsimlab chiqadi, о‘quv mashg‘ulotlarining jadvali va mazkur fanni о‘rganishga о‘quv rejasidan ajratilgan haftalik soatlarning miqdorini hisobga olgan holda unga muvofiq bо‘lgan taqvimiy muddatlarni о‘rnatadi. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash о‘qituvchisining о‘quv yiliga tayyorgarligi о‘quv rejasini, mehnat ta’limi va kasbga yо‘llash fanining о‘quv dasturini va taqvimiy mavzuli rejani о‘rganishdan boshlanadi. Mehnat ta’limi va kasbga yо‘llash о‘qituvchisi bu hujjatlar bilan tanishar ekan, tegishli sinf о‘quvchilarida umumiy mehnat bilimlari va amaliy kо‘nikmalarini qaysi mehnat turlari bо‘yicha va qanday hajmda shakllantirish lozimligini aniq tasavvur qiladi. Buning uchun qanday asbobuskunalar, moslamalar va ish qurollari kerakligi, о‘quvchilar mehnat ta’limi va kasbga yо‘llash dasturi talablarini tо‘liq bajarish uchun darslarda qanday buyumlarni tayyorlashlari kerakligini va shunga binoan ularni tayyorlash uchun qanday materiallar talab qilinishini bilib oladi. Mehnat о‘qituvchisi olingan ma’lumotlar asosida va mehnat ta’limi dasturidan foydalangan holda ancha batafsil rejalashtiruvchi hujjatlarni, ya’ni taqvimiy mavzuli rejani va о‘quv ishlab chiqarish ishlari rо‘yxatini tuzib chiqadi. Shunday tarzda belgilab chiqilgan dastur о‘qituvchi uchun fan yuzasidan ishlarning taqvimiy mavzuli rejasi sifatida xizmat qiladi.О‘quvchilar tayyorlashi uchun rejalashtirilgan buyumlarga mehnat ta’limi о‘qituvchisi texnikaviy hujjatlar ishlab chiqadi, zarur kо‘rgazmali qurollar tayyorlaydi, asbobuskunalarning, о‘quvchilar ish joyi va ish qurollarining texnikaviy holatini, shuningdek, о‘quv ustaxonalari binosining va ulardagi jihozlarning xavfsizlik texnikasi, sanitariyagigiyena talablariga muvofiq kelishi tekshirib chiqadi. О‘qituvchi mehnat ta’limi dasturidagi mavzularga tayyorlanar ekan, har bir mavzuning maqsadi va vazifalarini belgilaydi, ular bо‘yicha bilim va kо‘nikmalar mazmuni va darajasini aniqlaydi, о‘quvchilar bajarish lozim bо‘lgan amaliy ishlarning xarakteri va miqdorini belgilab chiqadi, mustaqil topshiriqlarning mazmuni va hajmini, ularning tobora murakkablashib borishini hisobga olgan holda о‘ylab kо‘radi, mavzuni muvaffaqiyatli о‘tish uchun moddiy asos tayyorlaydi.Darsga tayyorlanish vaqtida о‘qituvchi о‘tgan mashg‘ulotning mazmuni va natijalarini tahlil qilishi, ularning izchil aloqasini belgilab chiqishi, kelgusi darsning ta’lim va tarbiya maqsadini tо‘g‘ri belgilashi, darsning tuzilishini va uning har bir elementiga ajratiladigan vaqtni aniqlashi, mavzuga oid savollar tuzishi va kirish yо‘riqnomasi mazmunini ishlab chiqishi, asosiy mehnat usullarini tanlashi va о‘ylab chiqishi kerak.
Mehnat ta’limi о‘qituvchisi mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida darsning tashkiliy tomonlariga navbatchilarni tayinlash, о‘quvchilarga asbob va materiallar tarqatish, о‘quv ustaxonalarida tartibintizomning qat’iy saqlanishiga, ishlarga baho qо‘yish va ularni tahlil qilishga alohida e’tibor berishi kerak. Zamonaviy darsning tarkibiy tuzilishi о‘qituvchilarning boshqaruvchilik roli va о‘quvchilarning anglash faoliyatlarini tashkil etishning о‘ziga xosligini aks ettira turib, juda ham turli-tuman shakldaligi bilan farq qiladi. Darsning muvaffaqiyatli о‘tishi о‘qituvchi hamda о‘quvchilarning darsga tayyorlanishlariga bog‘liqdir.
Darsga miridan-sirigacha tayyorlanish, xususan yetarli darajada pedagogik ish tajribasiga ega bо‘lmagan yosh о‘qituvchilar uchun juda zarur.О‘qituvchining darsga bevosita tayyorlanishi har bir darsda qо‘llaniladigan mavzuni rejalashtirishni konkretlashtiradi. Darsning rejasi har bir о‘qituvchi uchun zarurdir. Odatda faqat uning hajmi farq qiladi: endigina о‘zining о‘qituvchilik faoliyatini boshlayotganlar о‘zlarining hamma harakatlari va darsning borishini tasvirlash, kichik bо‘laklarigacha kо‘rsatilgan mukammal ishlanma yozadilar. Tajribali о‘qituvchilar esa qisqa, ixcham reja tuzadilar.Darsning rejasi ixtiyoriy shaklda tuziladi, ammo unda quyidagi tarkibiy qismlarning aks etishini ta’minlash zarur: darsning о‘tkazilish muddati va uning mavzuiy reja bо‘yicha tartib raqami; о‘tkaziladigan sinfning, dars mavzusining nomi; ta’limning vazifalari, shakllantiriladigan bilim, iqtidor va kо‘nikmalar; о‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish; dars bosqichlarining davomiyligi va ushbu bosqichlarda vaqtning taxminiy taqsimlanishini kо‘rsatgan holdagi tarkibiy tuzilishi; о‘quv materialiniig mazmuni; darsning har bir qismida о‘qituvchi va о‘quvchining ish usullari hamda metodlari; ta’limning kо‘rgazmali va texnik vositalarini qо‘shib hisoblaganda darsni о‘tkazish zarur bо‘lgan о‘quv qurollari; darsda bevosita о‘tkaziladigan test sinovlari; uy vazifalari, topshiriqlar.
Darsning yutug‘i va uning natijalari nafaqat о‘qituvchining tayyorligiga, balki о‘quvchilarning tayyorgarliklariga ham bog‘liq bо‘ladi. О‘quvchilarning navbatdagi darsga (yoki darslarga) ma’lum maqsadga yо‘naltirilgan tayyorlanishlari ularda ijobiy psixologik kayfiyatni vujudga keltiradi, anglashga, bilishga bо‘lgan yuqori darajadagi qiziqishni tug‘diradi. О‘quvchilarni oldinda turgan darslarga tayyorlashda quyidagilarni nazarda tutadi: ularni oldinda turgan darsning dasturiy о‘rganish rejasi bilan tanishtirish; (bu xususan yuqori sinflar bilan о‘quv ishlarida juda ham zarurdir) о‘quvchilarning tushunishi mumkin bо‘lgan darslarning ayrim bо‘limlari bilan tanishish; oldinda turgan darsda kо‘tariladigan masalalar yuzasidan ilmiy-ommabop adabiyotlarni о‘qish, yangi materialni о‘rganishga kо‘maklashadigan kuzatishlar va uncha murakkab bо‘lmagan tajribalarni о‘tkazish.Dars hozirgi zamon о‘quv tarbiya jarayonida tahsil maqsadlarini amalga oshirishda asosiy ta’limi shakli hisoblanadi. Bir necha asrlar davomida ta’limning dars shaklidan boshqa bir yangi shaklini pedagogika nazariyasi ham, amaliyoti ham taklif etgancha yо‘q.
О‘tkaziladigan dars о‘quvchilarni ham, о‘qituvchilarni ham qanoatlantirish uchun ma’lum darajada umumiy talablarga javob berishi kerak. Ayrim olingan biron-bir dars fanning taqvimiy mavzuli rejasida о‘z о‘rniga ega bо‘lishi, maqsadi aniq belgilangan bо‘lishi kerak. Dars о‘tish jarayonida shakllantirilili lozim bо‘lgan bilim, iqtidor va kо‘nikmalar alohida aniqlanishi darkor. Shu bilan birga mazkur dars davomida bilim, iqtidor va kо‘nikmalarning erishiladigai darajasi ham belgilanishi ma’qul bо‘ladi. Darsda ishlatiladigan metodlar, vositalar turkumi aniq bо‘lishi oldindan belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Darsga qо‘yiladigan didaktik talablardan yana biri shuki, beriladigan о‘quv materiali sistemali ravishda osondan-qiyinga, oddiydan- murakkabga, о‘quvchilar yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilish kerak.О‘qituvchi darsga tayyorgarlik kо‘rar ekan, о‘quvchilar о‘quv faoliyatini aktivlashtiruvchi ijodiy fikrlash kо‘nikmalarini shakllantirishning muqobil rejalarini amalga oshirishni kо‘zda tutmog‘i lozim. Har bir dars ma’lum darajada g‘oyaviy yо‘nalgan aniq tarbiyaviy vazifalarni bajarishi, olingan ilmiy bnlimlar asosida dunyoqarashni, yuqori axloqiy fazilatlarni, estetik didni shakllantirib ta’limni xayot bilan mustaqil aloqalarini ta’minlashi zarur. О‘quvchilarda bilimga qiziqishni, bilimlarni mustaqil egallash kо‘nikmalarini qaror toptirish, ijodiy tashabbuskorlikni qо‘llab-quvvatlash, ularning tasavvurlari chuqurligi, rivojlanish darajasini hisobga olish kerakligini о‘qituvchi darsga tayyorgarlik kо‘rish jarayonida hisobga olishi kerak.Darsga tayyorgarlik kо‘rishda uni tashkil etishni aniq rejalashtirib olish kerak talablar: taqvimiy mavzuli reja asosida dars о‘tkazishning ishlab chiqilgan aniq rejasi mavjud bо‘lishi, dars о‘z vaqtida boshlanib, о‘z vaqtida tugashi kerak. Darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi va darsning boshidan to oxirigacha о‘quvchilar ongli intizomi ta’minlanmog‘i lozim. Darsni tashkil etishda turli-tuman vositalardan, о‘quv-texnik, kompyuter, statsionar va dinamik kо‘rgazmali qurollardan foydalanish kо‘zda tutiladi.Darsning tarkibiy tuzilishi о‘rganilayotgan materialning mazmuniga, darsda foydalaniladigan ta’limning usullari va metodlariga, о‘quvchilarning tayyorlanish hamda rivojlanish darajasiga, о‘quv jarayonida darsning о‘rniga bog‘liq bо‘ladi.
Mehnat ta’limi о‘qituvchisi darsga tayyorlanishida quyidagilarni hisobga olish zarur:
Darsning maqsadi:
a) darsning ta’limiy maqsadi: о‘quvchilarda yangi atamalarga oid tushunchalarni shakllantirish;
b) darsning tarbiyaviy maqsadi: о‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
v) darsning rivojlantiruvchi maqsadi: о‘quvchilarning tasavvuri, xotirasi, kuzatuvchanligi, tafakkuri, nutqi, о‘quv jarayonida kо‘nikma, о‘quv va malakalarini shakllantirish va ularni rivojlantirish.
Dars materialining murakkablik darajasini aniqlash: dars materialining amaliyot bilan va oldingi о‘tilgan materiallari bilan bevosita bog‘lanishini aniqlash, о‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun vazifa berish dars jihozini tayyorlash, qо‘shimcha beriladigan topshiriqlar hajmini aniqlash;
Darsning didiaktik vazifasini, ya’ni maqsadga olib keluvchi masalalarning ketma-ketligini aniqlash.
О‘qitish usullarining optimal variantlarni tanlash.
Darsning tuzilishini aniqlash: darsni samarali boshlash va vaqtni tо‘g‘ri taqsimlash, darsning rejasi va yaxlitligini, о‘quvchi va о‘qituvchi faoliyatining о‘zaro uzviyligini ta’minlash.
Darslar juda ham turli-tuman tarkibiy tuzilishlarga ega bо‘lib, darslarni bir marta doimiy ravishda mavjud bо‘ladigan kо‘rinish tarzida rejalashtirish va о‘zgarmaydigan qotib qolgan namuna asosida о‘tkazaverish mumkin emas. Darsning tarkibiy tuzilishiga yuqorida qayd etib о‘tilgan omillar qatorida mazkur sinfda ishlashning haqqoniy shart-sharoitlari, shuningdek, о‘qituvchi ish faoliyatining ijodiy xarakteri katta ta’sir kо‘rsatadi. Har bir dars boshqa darslardan hatto ular bitta fan, bitta mavzu yuzasidan teng, yonma-yon sinflarda о‘tkazilganda ham о‘zining о‘ziga xos jihatlariga kо‘ra farq qiladi. Darsda har doim о‘qituvchining maxsus «pedagogik yondoshuv tarzi»ni kо‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |