1-BOB BO`YICHA XULOSA
bobga xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning iqtisodiy hamda moliyaviy salohiyati va holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetakchi bo‘lib, foydalanuvchilarning turli toifalari: ta’sischi, aktsiyador, kreditor, investor, mol etkazib beruvchilar va boshqalar manfaatlarini qamrab oladi. Bunda foydalanuvchilarning har bir toifasi korxona moliyaviy holatini baholashda o‘z manfaatlaridan kelib chiqadi va o‘z mezonlariga amal qiladi. Bugungi kunda tahlilning asosi bo‘lgan moliyaviy hisobot korxonalar faoliyatini boshqarishda zarur bo‘lgan kerakli ma’lumotlarni etkazib berish, to‘g‘ri va mukammal boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi.
13F.G’ulomova “Buxgalteriya hisobini mustaqil o’rganish uchun qo’llanma” T: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi” 2009.
Jamiyatda moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ushbu foydalanuvchilar o‘z navbatida uchta guruhga bo‘linadi:
korxona boshqaruvchilari;
moliyaviy manfaatdor shaxslar;
moliyaviy manfaatdor bo‘lmagan shaxslar. Demak, 1-guruh ichki foydalanuvchiga va 2, 3-guruhlar
tashqi foydalanuvchiga bo‘linadi.
Tashqi foydalanuvchilarniasosan quyidagi
ko‘rsatkichlar qiziqtiradi:
Korxona aktivlari va passivlarining tuzilishi;
Korxonaning likvidligi;
O‘zining va jalb qilingan kapitalning hissasi;
Aktivlarning aylanish tezligi;
Barcha aktivlar va realizatsiya qilingan mahsulotning rentabelligi;
Korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda;
To‘langan dividendlarning hissasi (agar aktsionerlik kompaniyasi bo‘lsa).
Chunki axborotdan foydalanuvchilar o‘z manfaatini ko‘zlagan holda u yoki bu axborot manbalaridan foydalanadilar. Masalan, soliq organlari soliqqa tortish uchun moliyaviy hisobot, deklaratsiya va tekshiruv ma’lumotlaridan foydalanadilar, xaridor ham mahsulot narxining asoslanish darajasi haqidagi ma`lumotni moliyaviy hisobotdan oladilar.
Hisobot orqali sifat, miqdor va qiymat ko`rsatkichlari yordamida subyektning faoliyatiga tavsif beriladi. Tasdiqlangan shakllardagi buxgalteriya hisobotida sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar, ishlab chiqarish xarajati, subyektning mulki, moliyaviy holati va xo`jalik faoliyatining natijalari bo`yicha ma`lumotlar ma`lum tizizmda aks ettiriladi.
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlashimiz mumkinki, foydalanuvchilar ommasining hamda ma`lumotlar qamrovining kengligi moliyaviy hisobotning ahamiyati bozor iqtisodiyoti sharoitida naqadar yuksak ekanligini ko`rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |