O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS PROFFESONAL TA’LIMINING O‘QUV DASTURI
Kasbning (mutaxassislikning) kodi va 5.52.01.02 - Dasturiy inginiring nomi: Malaka nomi: 1. Amaliy dasturlash bo‘yicha mutaxassis
2. Mobil dasturlash bo‘yicha mutaxassis
O‘quv dasturining nomi: Web texnologiyalar o‘quv amaliyoti O‘quv dasturidagi tartib raqami: 3.2.4
Soatlar soni: 90
Toshkent – 2021
Ishlab chiqdi: Mirzaxidova M.M. TATT maxsus fan o‘qituvchisi;
Djurayev A.I. TATT maxsus fan o‘qituvchisi;
Taqrizchi:
O‘quv dasturiga umumiy talablar
Dasturning nomi
Web texnologiyalar o ‘quv amaliyoti
Ajratilgan soatlar
90
Мavzular soni
15
Dasturning maqsadi
WEB dasturlash bo‘yicha bilimlarni egallash, HTML5, CSS va JavaScript imkoniyatlarini o‘zlashtirish, shuningdek WEB - hujjatlarni tashkil qilish va yaratish
O‘zlashtirish natijalari
web -sayt arxitekturasi;
web -saytga joylashtirilgan tasvirlarni qayta ishlash uchun grafik muharrirlardan foydalanish;
web -sahifalar yaratish uchun HTML gipermatnli belgilash tilidan foydalanish;
JavaScript yordamida dinamik web -sahifalar yaratish;
web -sahifalar yaratish uchun obyektga yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanish;
Bilim
WEB -sahifalarni yaratish usullari;
WEB-saytlar uchun dasturiy ta’minotni loyihalashning asosiy usullari va vositalari;
HTML5, CSS3, JavaScript xususiyatlari;
ma’lumotlar bazalariga WEB-interfeyslarni joriy etish usullari;
HTML5 -da CSS3 kaskadli uslublar jadvalidan foydalanish;
shartli va sikklli operatorlardan foydalanish;
protsedura va funktsiyalardan foydalanish;
Ko‘nikmalar
HTML5 asosiy teglari yordamida matnli hujjatlarni ishlab chiqish;
dinamik sahifalar yaratish;
tarmoq ilovalarini ishlab chiqish;
WEB-saytlarni forma elementlaridan foydalanib elektron pochta orqali interaktiv ma’lumotlarni yuborish;
kaskadli uslublar jadvallari yordamida WEB -saytlarni ishlab chiqish;
rasmning barcha formatlari bilan ishlash;
ma’lumotlar turlari, operatorlar bilan ishlash;
o‘z protseduralarini va funktsiyalarini yaratish;
dasturiy mahsulotlarni mustaqil ishlab chiqa olish;
sayt tarkibiga e’tibor qaratib, web -sayt dizaynini yaratish;
logotip va dizaynni o‘z ichiga olgan holda saytning kontseptsiyasi, tuzilishini ishlab chiqa olish;
har qanday murakkablikdagi dasturlar va saytlar yaratish.