O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha


Foydalanilgan asosiy dasrliklar va o’quv qo’llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo’shimcha adabiyotlar ro’yhati



Download 7,03 Mb.
bet9/35
Sana24.01.2017
Hajmi7,03 Mb.
#988
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35

Foydalanilgan asosiy dasrliklar va o’quv qo’llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo’shimcha adabiyotlar ro’yhati:


1. Q.Sodiqov. Kichik maktab yoshidagi bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasi. Darslik. -T.: O’qituvchi, 2004.

2. Aminov. Odam va uning salomatligi.

3. A.Ahmedov. Odam anatomiyasi. Darslik. -T.: O’qituvchi, 2003.

4. O’quvchilarni sanitariya – meditsina tayyorgarligi.

5. Kichik maktab yoshidagi bolallarni chiniqtirish.

6. S.S.Solihxojaeva. Bolalar va o’smirlar gigienasi. Qo’llanma. -T.: O’qituvchi, 1991.

7. Axborot-resurs markazining bev sayti Stul 0708 @mail.ru www. Toshped.zn.uz.

8. ARMning electron pochta manzili: Saodat@mail.ru.

9. Ta’lim muassasasi internetga “ZIYO-NET” tarmog’i orqali ulangan. Kollejning veb sayti www. Toshped.zn.uz.

10. Kollejning electron pochtasi: E-mail.toshpedkollej @mail.ru. mavjud.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB –HUNAR TA’LIMI MARKAZI



Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141701-2.04

2012 yil 15 аvgust





Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan


G E N E T I K A A S O S L A R I

FANIDAN O’QUV DASTURI

Fan dasturi oily va o‘rta maxsus . kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil 24 iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.


Fan dasturi Toshkent pedagogika kollejida ishlab chiqildi bilim sohasi bo’yicha sho’ba kelishuvidan o’tkazildi (16.07.2012 y. № 1 sonli).


Tuzuvchilar:

Fayzullayev Saidnosir Burxonovich



Nizomiy nomidagi TDPU Biologiya fanlari nomzodi, dotsent
















Asqarova Zulfiya Asralovna




Toshkent pedagogika kolleji o`qituvchisi

























Taqrizchilar:

Haydarova Pardaxol Boboqulovna



Nizomiy nomli pedagogika universiteti biologiya fanlar nomzodi
















Akramova Dildora Asrarovna



Olmazor tumani 68- MTM mudirasi















Toshkent -2012
KIRISH

Odam genetikasi - tibbiyotning nazariy asosi sifatida odam irsiyati va o’zgaruvchanligi haqidagi fan. Odam genetikasi tarixi, odam irsiyatini o`rganish uslublari, odamda belgilarni irsiylanish qonuniyati, o’zgaruvchanlik odam populyatsiyasining genetik strukturasi, xromosoma va gen kasalliklari, irsiy kasalliklar tashxisi va profilaktikasi haqidagi bilimlar, ko`nikma va malakalarni berishni belgilab beradi.

Ushbu dastur kollej o’quvchilarini talim olish jarayonida biologiya va anatomiya fanlarini o’rganish bilan bir vaqtda odam genetikasiga oid asosiy malumotlar bilan tanishtirishni ko’zda tutadi.

Faning maqsad va vazifalari.

Faning maqsadi : O’quvchilarga genetika fanining rivojlanish tarixi, uning bosqichlari, xujayraning tuzilishi, G.Mendelning asosiy qonuniyatlari, belgilarning irsiylanishi haqida ma’lumot, irsiy kasalliklar tasnifi, odam genetikasinig tekshirish usullari hamda irsiy kaslliklar kelib chiqishining oldini olish va davolash usullari haqida ma’lumot berish.

Fanning vazifasi : Maktabgacha talim muassalari yoshidagi bolalarni bir tomonlama sog’lom va barkamol qilib tarbiyalash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ona sog’lig’ini mustaxkamlash va sog’lom farzand tug’ilishi, sog’lom ona va sog’lom bola maqsadli vazifasini amalga oshirishdan iborat.

Fan bo’yicha o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar.

Bilimlar : “Genetika” fanining asosiy o’ziga xos xususiyatlari,odam genetikasining pedagogikada tutgan o’rni, hamda ushbu fan bo’yicha bilim berishda turli metod va usullarni o’rgatish. Dars davomida ma’ruza, suhbat, mustaqil ish, baxs-munozara, yangi pedagogik texnologiya va axborot texnologiyalardan foydalangan holda o’tkazish.

Ko’nikmalar :O’quvchilarda fan mavzulariga oid turli qo’shimcha adabyotlardan foydalanish, internet ma’lumotlardan, ilmiy jurnallarni ko’rib chiqish; mavzularga oid qo’shimcha to’plagan ma’lumotlar asosida referatlar, dokladlar, albomlar tayyorlash hamda o’z ustida ishlash, izlanish, o’z bilimlarini oshirib kengaytirib borish orqali ko’nikma malakalarini rivojlantirishdir.

Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi, uslubiy jixatdan uzviyligi va ketma-ketligi.

“Genetika asoslari” fani mutaxasislik fani hisoblanib u bir semestrda o’qitiladi.Fanni o’qitishda umum talim fanlardan “Biologiya” va “Anatomiya, fiziologiya va gigiyena”, fanlariga bog’lab olib boriladi.O’quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, ko’nikma malakalarini rivojlantirish maqsadida turli usullardan foydalaniladi. Turli metod va usullardan foydalanish jarayonida ular bosqich bilan ketma-ketlikda qo’llanilishi lozim, bunda metod va tehnologiyalar mavzuning vazifasi va mazmunidan kelib chiqqan holda tanlanadi.



Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik tehnologiyalar.

Fanni o’qitishda qo’llaniladigan zamonaviy axborot tehnologiyalari alohida ahamiyatga ega. O’quv mashg’ulotini sifatli va qiziqarli tashkil etish maqsadida axborot texnologiyalaridan foydalanish o’quvchilarining kasbiy tayyorgarligi va ko’nikmalarini rivojlantirishda muhim omil bo’lib hisoblanadi.

Talim metodlarini tanlashda har bir darsning vasifasi va mazmunidan kelib chiqan holda yondoshish kerak. Buning uchun dars oqilona tashkil etilishi hamda ta’lim oluvchilarning qiziqishini hisobga olish, o’quv materialini alohida bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochib berishda har bir usuldan o’z o’rnida foydalanish. Fanni o’qitishda “Tarmoqlash” , “Sinkveen “ , “BBB” , “ Aqliy hujjum “ , “ Romashka metodi “ , “ O’rgimchak to’ri “ , “ Issiq kartoshka “ , ‘

”Baxs-munozara” kabi tehnologiyalardan shuningdek , audio , video, kompyuter tehnikasidan foydalaniladi.

Baxolash-ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida oldindan belgilangan mezonlar asosida o’lchash, natijalarni aniqlash va taxlil qilishdan iborat. Talim oluvchilarning bilimlarini baholashda og’zaki va yozma shakllardan foydalaniladi.

Test usuli, reyting tizimi ta’lim oluvchilarining bilim va ko’nikmalarini egallash jarayonini nazorat qilishdan esa pedagogik jarayon natijalarini holisona baholashda foydalaniladi.

Baxolash “5” balli tizim asosida amalga oshiriladi.

Qoniqarsiz 55% dan past

Qoniqarli 55%-69% gacha

Yaxshi 70%-85% gacha



A’lo 86% - 100% gacha
Baholash mezonlari



Mezonlar

2

3

4

5

1

Uyga vazifa













2

Tartib odobiga













3

Darsda qatnashishi













4

Guruhdagi faolligi














Fan mavzulari bo’yicha o’qitish rejasi tarkibi




Fanning bo’limlari va mavzular nomi

Hammasi

Auditoriya mashg’ulotlari (soati)

Jami

Nazariy

Amaliy

Seminar

Kurs ishi

Mustaqil ish

Bolalar organizminng o’sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari

1.

Odam genetikasining rivojlanish tarixi, yutuqlari va o’rganish usullari

2

2

2













2.

Irsiyatning sitologik asoslari

3

2

2










1

3.

Irsiyatning biokimyoviy asoslari

4

2

2










2

4.

Odamda ayrim belgilarning irsiylanishida G.Mendel qonunlari

2

2

2













5.

Odamda belgilarning irsiylanishida gennlarning o’zaro ta’siri

2

2

2













6.

Odamda belgilarning birikkan holda irsiylanishi

4

2

2










2

7.

Irsiyat va muhit. O’zgaruvchanlik qonuniyatlari

4

2

2










2

8.

Irsiy kasalliklar patologiyasi

4

2

2










2

9.

Odam genetikasining tekshirish usullari

4

2

2










2

10.

Irsiy kasalliklar profilaktikasi

2

2

2
















Jami:

31

20

20










11


Fan mashg’ulotlarining mazmuni.

ASOSIY QISM.

  1. ODAM GENETIKASINI RIVOJLANISH TARIXI, YUTUQLARI VA O`RGANISH USULLARI.

(Nazariy)

O`quvchi bilishi kerak:

• Genetika fanining irsiyat va o`zgaruvchanlik haqidagi fan ekanligini;

• Genetikaning rivojlanish tarixi va bosqichlarini;

• Odam genetikasi -genetikaning yetakchi tarmog`i ekanligini, o`rganish usullarini;

• Odam genetikasining pedagogikada tutgan o`rnini;

• Mamlakatimizda genetikani rivojlanishiga hissa qo`shgan olimlar va ularning qilgan ishlarini.



O`quv axborot mazmuni.

Genetika - tushunchasi.Genetikani boshqa fanlar orasidagi o`rni. Genetika irsiyat va o`zgaruvchanlik qonuniyatlarini o`rganadigan fan. Irsiyat va o`zgaruvchanlik barcha tirik organizmlarning, shu jumladan odamning umumbiologik xususiyati ekanligi.

Genetikaning rivojlanish tarixi (klassik genetika davri, neoklassistizim davri, sintetik genetika davri) va tarmoqlari.

Odam genetikasining rivojlanish tarixi, yutuqlari va o`rganish usullari. Pedagogika kollejlari o`quvchilarini tayyorlashda odam genetikasi fanining o`rni.Mamlakatimizda genetikaning rivojlanishiga o`z hissasini qo`shgan olimlar, ularning ishlari va yutuqlari.



  1. IRSIYATNING SITOLOGIK ASOSLARI (Nazariy)

O`quvchi bilishi kerak:

• Hujayraning tuzilishi va funksiyalarini;

• Xromosomalarning hujayrada joylashgan o`rni va tuzilishini;

• Mitoz siklida xromosomalarni dinamik o`zgarishini;

• Mitozning biologik ahamiyatini;

• Meyoz siklida xromosomalarni dinamik o`zgarishini;

• Konyugatsiya va krossingoverning mohiyatlarini;

• Meyozning biologik ahamiyatini;

• Meyozdagi xatoliklar oqibatini.

O`quv axborot mazmuni.

Hujayra tirik materiyaning asosiy yashash shaklidir.Hujayraning tuzilishi va funksiyasi. Ko`p hujayrali organizmlardagi o`zak va maxsus hujayralar. O`zak va maxsus (ixtisoslashgan) hujayralarning asosiy hususiyatlari.

Yadroning tuzilishi, unda xromosomalarning joylanishi. Xromosomaning tuzilishi va funksiyasi. Xromosomalarning bo`yalish xususiyati va uni odam kariotipini aniqlashdagi ahamiyati. Odam kariotipi va idiogrammasi.

Hujayra sikli.Hujayraning asosiy bo`linish usullari: amitoz, mitoz va meyoz. Hujayraning mitotik siklida xromosomalarni dinamik o`zgarishi.Mitozning biologik ahamiyati.

Meyoz - jinsiy hujayralarning hosil bo`lish usuli. Spermatogenez va ovogenez, ularning biologik ahamiyati. Meyoz davrida xromosomalarda sodir bo`ladigan o`zgarishlar. Meyozning biologik ahamiyati. Meyoz fazalarida xromosomalarda sodir bo`ladigan xatoliklar va ularning oqibatlari. Qirqdan oshgan ayollarda meyoz fazalaridagi xatoliklarning (chastotasining) ko`payishi.


  1. IRSIYATNING BIOKIMYOVIY ASOSLARI.

(Nazariy)

O`quvchi bilishi kerak:

• Nuklein kislotalar va ularning xillarini. Nuklein kislotalarni irsiyatda tutgan o`rnini;

• Oqsil sintezida ishtirok etuvchi aminokislotalar nomini;

• DNK replikastiyasi va uning ahamiyatini. DNK replikastiyasida fermentlarning ahamiyatini;

• Genlarning tuzilishini. Genetik kod va uning ahamiyatini. :

O`quvchi bajarishi kerak.

• Nuklein kislotalarning tuzilishi bo`yicha masalalar yecha olishi;

• Oqsil biosinteziga tegishli masalalarni yecha olishi;

• Masalalar yechishda genetik kodni ishlata olishni.



O`quv axborot mazmuni.

Irsiyatning molekulyar asoslari va ularning kimyoviy tarkibi, strukturasini o`rganishdagi kashfiyotlar.

Nuklein kislotalar. Ularning kimyoviy tuzilishi, xillari va vazifalari. Nuklein kislotalarning irsiyatda tutgan o`rni. DNK replikastiyasi va uning irsiyatdagi ahamiyati. Oqsil sintezida ishtirok etuvchi aminokislotalar. DNK ning ikki hissa oshish jarayonida fermentlar (DNK - polimeraza, RNK - polimeraza, endonukleaza va DNK - ligazalar).

Genlarning tuzilishi va genetik axborot. Hujayrada irsiy axborotni replikastiyasi, transkripstiyasi va translyatsiyasi. Genetik kod va uning ahamiyati.

Nuklein kislotalarning tuzilishi, soni bo`yicha masalalarni yechish. DNK ning ikki hissa oshishi, oqsil biosinteziga tegishli masalalarni yechish.Oqsil biosintezi bosqichlarini o`rganish.Masalalar yechishda genetik koddan foydalanish.

* Mustaqil ish: Nuklein kislotalar.Oqsil biosintezi va gen uzunligini topish bo`yicha masalalarni yechish. Tranlyatsiya va genini kodlash bo`yicha masalalarni yechish.


  1. ODAMDA AYRIM BELGILARNING IRSIYLANISHIDA G.MENDEL QONUNLARI.

(Nazariy)

O`quvchi bilishi kerak:

• G. Mendelning asosiy qonuniyatlarini;

• Dominant, restessiv, gomozigot, geterozigot. fenotip va genotip tushunchalarini;

• Monoduragay chatishtirishning mohiyatlarini;

• Diduragay va poliduragay chatishtirishning mohiyatini;

• Oraliq irsiylanishning mohiyatini;

• Gametalar sofligi gipotizasini.

O`quvchi bajarishi kerak,

Monoduragay, diduragay va poliduragay chatishtirish bo`yicha masalalar yecha

olishi;

• Odamdagi dominant va restessiv genlarni farqlay olishi;



• Berilgan belgilarni gametalarga ajrata olishi;

O`quv axborot mazmuni:

G.Mendel - genetika fanining asoschisidir. Dominant va restessiv belgilar. Gomozigot, geterozigot, genotip va fenotip haqida tushuncha.

G.Mendelning asosiy qonuniyatlari. Monoduragay, diduragay, poliduragay chatishtirish va ularning sitologik mohiyatlari. Birinchi avlod dominantlik qonuni, ikkinchi avlod duragaylarida belgilarning ajralish qonuni.Avlod duragaylarini nasillanishida belgilarning mustaqil holda kombinastiyalanishi.Belgilarning ajralish qoidasining buzilishi.Oraliq formadagi irsiylanish, bekkross - tahliliy chatishtirish.

Monoduragay.diduragay va poliduragay chatishtirish usullari misolida, odam belgi xususiyatlarini avloddan-avlodga berilishini o`rganish.



5. ODAMDA BELGILARNING IRSIYLANISHIDA GENLARNING

O`ZARO TA’SIRI.

(Nazariy)

O`quvchi bilishi kerak:

• Allel genlarning o`zaro tasirlarini;

• Noallel genlarning o`zaro tasirlarini;

• Qon guruhlari va rezus faktorini irsiylanishini.



O`quvchi bajarishi kerak.

• Qon guruhlari va rezus - faktor bo`yicha masala yecha olishi;

• epistaz, polimeriya, komplementarlik bo`yicha masalalar yecha olishi;

O`quv axborot mazmuni:

Genlarning o`zaro ta’siri (alel va noallel genlarning ta’siri). Odamda noallelgenlarning o`zaro ta’siri natijasida belgilarning namoyon bo`lishi. Genlarning o`zaro ta’sir turlari va odamda shular asosida irsiylanuvchi belgilar. Penetrantlik va ekspressivlik.




  1. ODAMDA BELGILARNING BIRIKKAN HOLDA IRSIYLANISHI.

(Nazariy)

O`quvchi bilishi kerak:

• T. Morgan nazariyasini.

• Birikkan holda irsiylanishni.

• Jinsga bog`liq holda irsiylanishni;

• Irsiy belgilar va kasalliklarning G. Mendel va T. Morgan qonunlariga tegishliligini ajrata bilishni.

O`quvchi bajarishi kerak.

• Birikkan holda irsiylanish bo`yicha masalalar yecha olishi;

• Jinsga bog`liq holda irsiylanish bo`yicha masala yecha olishi.

O`quv axborot mazmuni:

T. Morganning xromosoma nazariyasi. Jins genetikasi. Genlarning xromosomada chiziqli joylanishi va birikkan holda irsiylanishi. Birikkan holda irsiylanuvchi belgilar. Krossingoverlangan gametalar, ularning ahamiyati.Genlar orasidagi masofa.Odam xromosomalarining birikish guruhlari.Odam xromosomalarining xaritasi.Odam genetik xaritasini tuzishning ahamiyati.

T.Morganning xromosoma nazariyasini mohiyatini o`rganish. Birikkan holda va jinsga bog`liq bo`lgan holda belgilar va xususiyatlarni normal va patologiyada irsiylanish qonuniyatlarini o`rganish.

* Mustaqil ish: Monoduragay, diduragay va poliduragay chatishtirish bo`yicha masalalarni yechish. T.Morganning nazariyasi asosida genlar orasidagi masofani aniqlash bo`yicha masalalarni yechish.


  1. IRSIYAT VA MUHIT. O`ZGARUVCHANLIK QONUNIYATLARI.

(Nazariy)

O`quvchi bilishi kerak:

• O`zgaruvchanlikning turlarini. Fenotipik va genotipik o`zgaruvchanlikning farqlarini;

• Fenokopiyani fizik, kimyoviy va biologik ta’sirlar hisobiga yuzaga chiqishini;

• Mutastiyalar, ularning kelib chiqish sabablarini. Mutatsiya turlarini;

• Gen mutatsiyalarini. Xromosoma mutatsiyalari.Genom mutatsiyalari. Genom mutatsiya-larining mexanizmlarini.

O`quv axborot mazmuni:

Belgilarning rivojlanishida genotip va atrof muhit omillari ta’sirining ahamiyati. O`zgaruvchanlik va uning turlari. Irsiy va irsiy bo`lmagan o`zgaruvchanlik. Modifikatsion o`zgaruvchanlik va uning adaptiv harakteri. Reaksiya normasi.Odamdagi modifikatsion o’zgaruvchanlikka misollar. Fenokopiyalar va ularning paydo bo`lish mexanizmlari

Genetik materiallarning o’zgarishlari - mutatsiyalar. Spontan va indukstion mutatsiyalar. Ekzogen va endogen, fizikaviy, ximiyaviy va biologik mutagen omillar. Mutastiya turlari: gen, xromosom va genom mutatsiyalar.

Gen mutatsiyalari va ularning mexanizmlari. Gen mutatsiyalarining chastotasi. Xromosom mutatsiyalari (aberrastiyalar) - inversiya, deletsiya, dublikatsiya, translokatsiya va transpozitsiyalar. Genom mutatsiyalar - trisomiya, monosomiya, poliploidiya va aneuploidiya ularning hosil bo`lish mexanizmlari.



* Mustastil ish: Irsiy va noirsiy o`zgaruvchanlik mutatsiyalariga tegishli bo`lgan yangi ma’lumotlar bo`yicha ma’ruza yoki referat tayyorlash (jurnallar, qo`shimcha adabiyotlar va internet ma’lumotlaridan foydalanilgan holda).

8. IRSIY KASALLIKLAR PATOLOGIYASI.

(Nazariy)

O`quvchi bilishi kerak:

• Irsiy kasalliklarning tasnifini (klassifikapiyasini) va irsiylanish mexanizmini.

• Sog`lom odam somatik hujayrasining yadrosidagi xromosomalar sonini, xillarini va shaklini;

• Xromosomalarning Denver tasnifini;

• Gen kasalliklari. Ularning qanday tipda nasllanishini;

• Xromosom kasalliklari, ularning kelib chiqish mexanizmlari va irsiylanishini;

• Multifaktorial kasalliklar tasnifi va klinik belgilarini.

O`quv axborot mazmuni:

Irsiy kasalliklarning tasnifi va nasllanish mexanizmi. Irsiy patologiyalarning yuzaga chiqishida o`ziga xos xususiyatlar. Gen kasalliklari: aminokislotalar, oqsil, uglevodlar, lipidlar va garmonlar almashinuvining buzilishi.

Aminokislotalar almashinuvining buzilishi: autosoma - dominant tipda irsiylanuvchi kasalliklar, autosoma - retsessiv tipda irsiylanuvchi kasalliklar. Uglevodlar almashinuvining buzilishi: autosom - dominant va autosom retsessiv tipda irsiylanuvchi kasalliklar. Lipidlar almashinuvining buzilishi: autosom dominant va retsessiv tipda irsiylanuvchi kasalliklar.

X - xromosomaga birikkan kasalliklar. Xromosom kasalliklar: autosom trisomiyalar, jinsiy xromosomalar polisomiyasi va monosomiyasi.

Multifaktorial kasalliklar.Rivojlanish nuqsonlari.

* Mustastil ish: Autosom dominant va restessiv tipda irsiylanuvchi va X-xromosomaga birikkan kasalliklar bo`yicha albomlar, tablitsalar, stendlar tayyorlash. Multifaktorial kasalliklar va ularni oldini olish choralari haqida ma’ruzalar, referat yoki albomlar tayyorlash.

9. ODAM GENETIKASINING TEKSHIRISH USULLARI.

(Nazariy)

O`quvchi bilishi kerak:

• Shajara tuzishda ishlatiladigan shartli belgilarni va avlodlar shajarasini tuzish hamda uni tahlil qilishni;

• Avlodlar shajarasiga qarab irsiy kasalliklarning nasllanish tipini aniqlashni;

• Tashqi muhit omillarining inson organizmiga ta’sirini o`rganishda egizaklar usuli

• Biokimyoviy usullar asosida gen mutatsiyalari, yoki mutant genlarni aniqlashni.

O`quvchi bajarishi kerak:

• Avlodlar shajarasini tuzish va tahlil qilishni;

• Avlodlar shajarasi asosida irsiy kasalliklarning nasllanish tiplarini aniqlashni;

• Irsiy kasalliklarning monozigot va dizigot egizaklarda kechishini oldindan kura olishni;



O`quv axborot mazmuni:

Odam - genetik tekshirish obyekti sifatida. Odam irsiyatini o`rganishning geneologik, egizaklar, biokimyoviy, sitogenetik, ontogenetik, populyatsion-statistik va h.k. usullari.

Geneologik usul - avlodlar shajarasini tuzish usuli.Geneologik usulni ishlatishda qo`llaniladigan shartli belgilar.Avlodlar shajarasini tahlil qilib, irsiy kasalliklarning autosom - retsessiv, autosom - dominant yoki jinsga birikkan holda irsiylanishini aniqlash.

Egizaklar haqida tushuncha. Egizaklarni tabiatdan: monozigot va dizigotali bo’lishi. Egizaklarni o`rganish usuli - organizm belgilarini shakllanishida genotip va atrof muhit omillari ta’sirini aniqlash vositasi ekanligi.

Odam irsiyatini o`rganishning biokimyoviy usuli va uning ahamiyati. Odam irsiyatini o`rganishda qo`llaniladigan usullarning asosiy mohiyatini o`zlashtirish avlodlar shajarasini tuzishni va uni tahlil qilishni o`rganish. Autosom dominant va autosom retsessiv tipda irsiylanuvchi belgi va kasalliklar bo`yicha masalalar yechish.

X- dominant va retsessiv tipda irsiylanuvchi kasalliklar bo`yicha masalalar yechish.



* Mustastil ish: Odam irsiyatini o`rganishda qo`llaniladigan usullar haqidagi yangiliklar, O`zbekistonning buyuk siymolari, olimlari yoki fuqarolarining avlodlar shajarasini tuzish.
10. IRSIY KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI.

(Nazariy)

O`quvchi bilishi kerak:

• Irsiy kasalliklar profilaktikasining turlarini;

• Irsiy kasalliklarning kelib chiqishining oldini olishni;

• Tibbiy - genetik maslahatning asosiy prinsiplarini;

• Irsiy kasalliklarning davolash turlari haqidagi tushunchalarni;

O`quvaxborotmazmuni:

Irsiy kasalliklarning profilaktika turlari va formalari. Tibbiy genetik maslahat uyushtirilishining mohiyati.Perspektiv maslahat, retrospektiv maslahat.Qon-qarindoshlik nikohlarining oqibatlari.Perental diagnostika. Irsiy kasalliklarni davolash: simptomatik. patogenetik, etiologic, xirurgik. Farmokogenetik davolash. Tibbiyot genetikasining huquqiy va etik tomonlari.



Fan dasturining informatsiyon – uslubiy ta’minoti

O’qitishda axborot texnologiyalari va texnik vositalaridan foydalanish samaradorligini oshiruvchi: kompyuter, multimediya vositalari proyektor, video – ko’z (glazok) kabi didaktik vositalaridan keng foydalanish zarur. O’quvchilarning fanni puxta o’zlashtirishini ta’minlash maqsadida o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan, yangi information va pedogogik tehnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, elektron materiallardan foydalaniladi.



Foydalanilgan asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar elektron ta’lim resurslari hamda adabyotlar ro’yhati.

1. Fayzullayev S.S;, Gofurov A.T., Matchonov B.E. «Odam genetikasi». Toshkent, «Ijod dunyosi», 2003 y.

2. Olimxujayeva P.R., Inogamova D.R. «Tibbiyot genetikasi». Toshkent, «Ilm-Ziyo» 2009 y.

3. В.А.Шевченко., Н.А. Топорнина., Н.С.Стволинская. «Генетика человека» M., «Владос», 2002 г.

4. Н.А.Тонорнина., Н.С.Стволинская. «Генетика человека», (практикум). - M., Владос, 2001 г.

5. Gofurov A.T., Fayzullayev S.S., Holmatov X. «Genetikadan masala va mashqlar». -T.: o`qituvchi. 1991 y.

6. NishonboyevK., XamrayevaF.A., EshonqulovO.E. «Tibbiyot genetikasi». Toshkent, «Abu ali Ibn Sino», 2000 y.

7. Nishonboyev K., Xamidov J.X., «Tibbiy biologiya va genetika». Toshkent, «O’zbekiston Milliy enstiklopediyasi», 2005y.

8. Inogamova D.R. «Tibbiyot genetikasi fanidan didaktik materiallar va masalalar to’plami». Toshkent, «Turon Iqbol», 2005y.

Ushbu fanni o’qitishda turli axborot kominikatsiya resurslaridan hamda boshqa o’quv, ilmiy va uslubiy ma’lumotlar manbalaridan keng foydalaniladi.

Ta’lim muassasasi internetga “ ZIYO-NET” tarmog’i orqali ulangan

Kollejning VEB sayti www.toshped.zn.uz

Kollejning elektron pochtasi E-mail.toshpedkollej@mail.ru mavjud.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB –HUNAR TA’LIMI MARKAZI


Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141701-2.05

2012 yil 15 аvgust





Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan



DEFEKTOLOGIYA ASOSLARI

FANIDAN O’QUV DASTURI

Fan dasturi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil 24 iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.


Fan dasturi Toshkent pedagogika kollejida ishlab chiqildi bilim sohasi bo’yicha sho’ba kelishuvidan o’tkazildi (16.07.2012 y. № 1 sonli).


Tuzuvchilar:

Raxmonova Valida Sabirovna



TDPU pedagogika fanlari nomzodi, professor




Abduqodirova Feruza

Abduqaxxarovna







Toshkent pedagogika kolleji katta o’qituvchisi













Taqrizchilar:

Nurkeldiyeva Dilbar Ahmadovna



TDPU pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
















Ismoilova Dilnoza Toxirovna



250-maxsus “ko’p ixtisosli” maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi















Toshkent -2012

KIRISH

Mazkur dastur Pedagogika kollejining “Maktabgacha ta`lim” yo`nalishidagi “Ixtisoslashtirilgan bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi ”ixtisosligida bilim oluvchi o`quvchilar uchun tuzildi.

Dasturda “Defektologiya asoslari” fanining eng asosiy bo`limlari qamrab olingan.

Ushbu dasturda bolalarda ruhiy va jismoniy rivojlanishida kuzatiladigan kamchiliklarning turlari, kelib chiqish sabablari, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarning xususiyatlari, ularni rivojlantirish, korreksiyalash usullari va vositalari yoritib berildi.

Fanni o’qitishdan maqsad – o’quvchilarda ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar uchun maxsus muassasalarda korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari hamda usullari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.

“Defektologiya asoslari” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan ishlar doirasida o’quvchilar:

- rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarni rivojlantirish va korreksiyalash jarayonida maxsus ta’lim-tarbiyaning rolini anglab yetishi, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar uchun maxsus muassasalar tizimining ishi haqida tushunchaga ega bo’lishi, korreksion-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish, tahlil etish va baholash to’g’risidagi bilimga ega bo’lishi, maxsus va umumta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya berish usullarini to’g’ri ta’riflab bera olishi kerak;

- rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar nuqsonlarini tasniflash, maxsus adabiyotlarni tahlil etish, bolalardagi kamchiliklarni korreksiyalash,o’qitish va tarbiyalash uchun didaktik materiallarni tanlash va ulardan to’g’ri foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

- korreksion pedagogik jarayonni nazariy-amaliy tahlil etish, ta’limni tashkil etish shakllari, usullarini amalda samarali qo’llash, ota-onalar bilan ishlash, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar ta’lim-tarbiya nazariyasini amalda qo’llash malakalariga ega bo’lishi shart.

Fanning maqsadi va vazifalari

Fanning maqsadi: O‘quvchilarga maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida nuqsonli bo‘lgan bolalarning kamchiliklarini aniqlash, o‘rganish, bartaraf etish qonuniyatlarini bilib olish. Ravon va to‘g‘ri nutqning yuzaga chiqarishga oid ishlarini rejalashtirish va o‘tkazish usullari haqida tushuncha berish. Shuningdek, umumta’lim maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlari uchun zamin yaratish va jamiyatning faol a’zolariga aylantirish.

Fanning vazifalari: O’quvchilarni kasbiy malakalarni egallash va kasbiy faoliyatga qo’llashda defektologik bilimdonlikning zaruriy asoslarini tarkib toptirishdan iboratdir. Fanning nazariy, amaliy mavzularini o’qitishda interfaol uslublarni keng qo’llash, virtual vositalardan (multimediya, prezentatsiya) foydalanish orqali bilimlarni tez, oson o’zlashtirib, uzoq vaqt xotiralarida saqlashlariga yordam berish.

Fan bo’yicha o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar

Bilimlar: Maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan kamchiliklarini aniqlash, tekshirish va bartaraf etish metodikalarini o‘rgatish. O‘quv mashg‘ulotlarini turli shakllarda suhbat, amaliy ish, bahs-munozara, ilg‘or pedagogik innavotsion va axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘tkazish.

Ko‘nikma: Maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini aniqlash, tekshirish va bartaraf etish metodikalarini ta’riflab berish, malaka va ko‘nikmalarini ta’lim jarayonida qo‘llash;

o‘quvchilar mustaqil bilim olish jarayonining tashkiliy va o‘quv uslubiy ta’minoti; turli ko‘rinishdagi mashg‘ulotlarni yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkazish. Shuningdek, o‘quvchilar maxsus pedagogika bo‘yicha o‘quv uslubiy materiallarini ishlab chiqish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.



Malaka:

-кorreksion pedagogikasi asosida turli yosh guruhidagi bolalarga individual munosabatda bo’lish;

-mavzular asosida mustaqil izlanish – axborot vositalaridan kommunikatsion texnalogiyalari, internet saytlari, ommaviy axborot vositalaridan (gazeta, jurnal, teleko’rsatuvlar, qo’shimcha adabiyotlar, uslubiy tavsiyalardan) foydalana olish;

-amaliyotda elementar tajribalar o’tkazish va natijalarni tahlil qila olish malakalariga ega bo’lishlsri kerak.



Fаnning o’quv rеjаdаgi bоshqа fаnlаr bilаn bоg’liqligi, uslubiy jihаtdаn uzviyligi vа kеtmа-kеtligi

Defektologiya asoslari fаni umumkаsbiy fаnlаrdаn аnаtоmiya, fiziоlоgiya vа gigiеnа, mаktаbgаchа tа’lim pеdаgоgikаsi, umumtа’lim fаnlаridаn оilа psiхоlоgiyasi, mахsus fаnlаrdаn: kоrrеktsiоn ishlаr mеtоdikаsi, mахsus psixologiya, maxsus pedagogika, mаktаbgаchа yoshdаgi bоlаlаr nutqini o’stirish nаzаriyasi vа mеtоdikаsi, bоlаlаr аdаbiyoti, lоgоpеdiya, mаktаbgаchа tа’lim yoshidаgi bоlаlаrning mаtеmаtik tushunchаlаrini rivоjlаntirish nаzаriyasi vа mеtоdikаsi, rаsm, buyumlаr yasаsh vа tаsviriy fаоliyat mеtоdikаsi kаbi fаnlаr bilаn o’zаrо bоg’lаngаn.



Fаnni o’qitishdа fоydаlаnilаdigаn zаmоnаviy ахbоrоt vа pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr

O’qituvchi mа’lumоtlаrni to’plаshi, tаnlаshi vа qаytа ishlаshi, nаzаriy vа аmаliy jihаtlаrini ko’rib chiqishi, o’rgаnilgаn ахbоrоtlаrdаn pеdаgоgik fаоliyatdа fоydаlаnishi lоzim. U shundаginа o’quvchining bilish fаоliyatini fаоllаshtirа оlаdi. Nаtijаdа ulаrning nаzаriy bilimi, аmаliy ko’nikmа vа mаlаkаlаrini shаkllаntirаdi.

O’quvchilаrning ushbu fаnni sаmаrаli o’zlаshtirishlаridа zаmоnаviy pеdаgоgik tехnоlоgiya mеtоdlаridаn fоydаlаnish, yangi infоrmаtsiоn-pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrni tаdbiq qilish, multimеdiya tizimidаn fоydаlаnish, dаrslаrni o’quvchi shахsigа yo’nаltirilgаn hоldа tаshkil еtish muhim аhаmiyatgа еgа.

Dаrslаrni tаshkil еtishdа “Аqliy hujum”, “BBB tехnоlоgiyasi”, “Chаrхpаlаk”, “Bumеrаng”, “Klаstеr”, “Nilufаr guli”, “Хulоsаlаsh” kаbi strategiyalarni, “Blits-o’yin”, “Bеshinchisi оrtiqchа”, “O’rgimchаk to’ri”, “Qоrа quti”, “Issiq kаrtоshkа” kаbi o’yini tехnоlоgiya mеtоdlаrini qo’llаsh lоzim. O’quvchilаrning dаrs jаrаyonidаgi аmаliy vа mustаqil fаоliyatlаri nаtijаsini bаhоlаshdа tеst-tоpshiriq, оg’zаki vа yozmа nаzоrаtning tехnоlоgiyali usullаrini qo’llаsh, o’z-o’zini vа guruhining ishini хоlisоnа vа izоhli bаhоlаshni tаshkil еtish zаrur.



O’quv-tаrbiyaviy jаrаyonni tаshkil qilishning mоhiyatini аnglаb еtish, bоshqаruv psiхоlоgiyasini bilish, o’quv jаrаyonigа tааlluqli qоnun vа qоnuniyatlаrini bilishi, dаrs jаrаyonini, dаrs tiplаri vа o’quvchilаr fаоliyatini tаshkil еtishni bilish, o’qitishning mеtоd vа shаkllаrini tаnlаsh, tа’lim jаrаyonidа qo’llаsh mаlаkаlаri, nаzоrаt shаkllаri vа o’qitish vоsitаlаrini tаnlаsh vа fоydаlаnish, o’quv-tаrbiyaviy jаrаyonini lоyihаlаsh mаlаkаlаri mаvjudligi hаr bir pеdаgоg uchun zаrurdir.
Defektologiya asoslari ” fan mavzulari bo’yicha o’qitish rejasi tarkibi




Fanning bo’limlari va mavzular nomi

Umumiy yuklama, soat

Hammasi

Darslar turi boyicha soatlar taqsimoti

(Auditoriya yuklamalari)

Mustaqil ish

Jami

Nazariy (ma’ruza)

Amaliy

Laboratoriya ishi

Seminar

Kurs ishi (loyihasi)

1

Defektologiya fani, uning predmeti, maqsadi, vazifalari, tamoillari

3

3

2

1













2

Maktabgacha yoshdagi ko’rishida nuqsoni bor bolalar

6

4

2

2










2

3

Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bor bolalar

6

4

2

2










2

4

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar, aqli zaiflik darajalari

6

4

2

2










2

5

Maktabgacha yoshdagi psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar

8

6

4

2










2

6

Maktabgacha yoshdagi nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalar

7

5

4

1










2

7

Nutq nuqsonlarini oldini olish va bartaraf etish yo’llari

7

4

2

2










3

8

Maktabgacha yoshdagi tayanch-harakat a’zolari apparatida nuqsoni bor bolalar

6

4

3

1










2

9

Maktabgacha yoshdagi autizm sindromiga chalingan bolalar

4

2

1

1










2

10

Maktabgacha yoshdagi murakkab nuqsonli bolalar

6

4

2

2










2

J A M I :

59

40

24

16










19


Fanning mazmuni

Kursning metodologik mazmunini O‘zbekiston Respublikasning ta’lim sohasidagi siyosati kadrlar tayyorlash milliy modeli; XXI asr maxsus pedagogika obrazi; O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va Respublika hukumatining me’yoriy hujjatlari; Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari, maxsus ta’limning hozirgi davrda ustuvor yo‘nalishlari, umumiy va maxsus pedagogika – logopediya fanlarining yutuqlari tashkil etadi.



ASOSIY QISM

Defektologiya fani, uning predmeti, maqsadi, vazifalari, tamoillari

Maxsus yordamga muhtoj bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish. Defektologiya fanining maqsadi va vazifalari. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion, kompensatsiya, adaptatsiya (moslashish), reabilitatsiya ishlari. Defektologiya fanining yo’nalishlari.

Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning o’ziga xos xususiyatlari. Sensor nuqsonli bolalar. Motor nuqsonli bolalar.

Maktabgacha yoshdagi ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar

Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar. Tug’ma va orttirilgan ko’rish nuqsonlari va ularning kelib chiqish sabablari.



Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar

Kar, zaif eshituvchi va kech kar bo’lgan bolalar. Ushbu nuqsonlarning kelib chiqish sabablari, turlari.



Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar, ularning darajalari, ta’rifi

Aqli zaif bolalar (yengil, o‘rta, og’ir va o’ta og’ir). Maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari va yordamchi mehnat ta’limi maktablari.



Maktabgacha yoshdagi psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar

Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar. Psixik rivojlanishi orqada qolish sabablari, turlari. Psixik rivojlanisi sustlashgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari.



Maktabgacha yoshdagi nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalar

Nutq kamchiliklarni sabablari, alomatlari. Nutq nuqsonlarining tasnifi. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari.



Tayanch apparatida nuqsoni bor bolalar

Tayanch apparatida nuqsoni bor bolalar. Bolalar tayanch apparatida kuzatiladigan nuqson turlari. Nuqsonlarning kelib chiqish sabablari. Tayanch apparatida nuqsoni bor bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalari.



Maktabgacha yoshdagi serebral falaj bo’lgan bolalar

Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar. Serebral falajlik kasalligi, uning xususiyatlari, turlari. Bolalarda namoyon bo’lish alomatlari.



Maktabgacha yoshdagi autizm sindromiga chalingan bolalar

Autizm sindromiga chalingan bolalar. “Autizm sindromi”ga ta’rif. Autizmning sabablari, turlari. Maxsus ta’lim va tarbiyani tashkil etish yo’llari.



Maktabgacha yoshdagi murakkab nuqsonli bolalar

Murakkab nuqsonlikka ta’rif. Murakkab nuqsonlarning birga kelish turlari. Birlamchi va ikkilamchi nuqsonlar. Kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, alomatlari



Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar

Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar o’quv jarayonida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar, alohida yordamga muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar, ulardagi ta’lim-tarbiya jarayonining o’ziga xos tomonlari bilan tanishadilar. Eshitishida, ko’rishida, harakat-tayanch a’zolarida, nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar, psixik rivojlanishi sust, aqli zaif bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadilar.

Amaliy mashg’ulot nazariy bilimlarni amalda qo’llashga o’rgatadi. Amaliy mashg’ulotda maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya ishlarining tashkil etilishi amalda kuzatiladi, nazariy bilimlar mustahkamlanadi, o’quvchilar mustaqil ravishda adabiyotlar ustida ishlab, o’z o’rganganlarini auditoriyada o’qituvchining rahbarligida muhokama etishga o’rganadilar, alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim-tarbiyasiga oid hujjatlar, adabiyotlar bilan tanishadilar.

Amaliy mashg’ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari:



  1. Sensor nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan muassasalarda ta’lim jarayonining o’ziga xosligi. Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar bilan tanishtirish. Kar, zaif eshituvchi bolalar bilan tanishtirish. Maxsus muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayoni mazmuni.

  2. Motor nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar. Og’ir nutqiy nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan maktabgacha tarbiya muassasalarida olib boriladigan ishlar. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar uchun tashkil etilgan maktabgacha tarbiya muassasalari va maktab-internatda olib boriladigan ishlar, ularning o’ziga xosligi.

  3. Aqliy nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar. Yordamchi MTM va undagi ta’lim-tarbiya jarayoni. Yordamchi maktab va maktab-internatlarda olib boriladigan ishlar. Maxsus maktab-internatda olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarning o’ziga xosligi.

  4. O’zbekistonda maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar va ularga bolalarni qabul qilish qoidalari. Psixologik-pedagogik va tibbiy-logopedik komissiya va uning faoliyati. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi va uning faoliyati. Alohida yordamga muhtoj bolalarni maxsus muassasalarga saralash tamoyillari.

Mustaqil ishlarga ko‘rsatmalar

O‘qituvchi mustaqil ish soatlarini uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rar ekan, o‘quvchilarning mustaqil o‘rganishlari uchun o‘quv materiallarini tanlaydi, o‘quv faoliyati, maqsadi, vazifasi, natijasi va uning baholash mezonini belgilaydi. O‘qituvchilar o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mustaqil ishlarni o‘z vaqtida yig‘ib, baholab, ularning eng yaxshi natijalarini metod xonaga topshiradilar. O‘quvchilarning joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazorat ishlarini baholash jarayonida ularni ushbu fandan nazariy va amaliy bajargan mustaqil ishlarining natijalarini hisobga olgan holda baholanadilar.

O‘quvchilarning mustaqil ishlarini baholash tartibi: har bir fan o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha o‘quvchilarga fanning chuqur o‘zlashtirishni ta’minlashlari uchun nazariy va amaliy jihatdan mustaqil ishlar berish va natijalarini baholash bo‘yicha alohida qayd jurnali yuritadi, hamda har 45 kunda guruh o‘quvchilarining mustaqil ish natijalari fan kafedralarida muhokama qilinib, natijalar umumlashtiriladi. Har 45 kunda mustaqil ish natijalari o‘rganilib, metod xonada “monitoringi” chiqarib qo‘yiladi. O‘quvchilarda o‘z bilimini tekshirish malakasini rivojlantirish maqsadida uyda kitob bilan ishlash orqali darsda olingan bilimlarini mustahkamlash, qo‘shimcha adabiyot, ro‘znoma, jurnallardan yangiliklarni o‘rganish, o‘quvchilarning o‘quv materiali mazmunini tushunish uchun ularni reja asosida o‘qish, korreksion-rivojlantiriuvchi didaktik o‘yinlar, konspekt yozish kabi amaliy ishlarga o‘rgatiladi. O‘quvchilarni mashg‘ulotga jalb qilish uchun mustaqil soatni noan’anaviy usullarda va har xil o‘yinlardan foydalangan holda tashkil etiladi. Mustaqil soatlarda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorlikda ishlaydi.

5. Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

Mustaqil ishning asosiy maqsadi o’qituvchining rahbarligi va nazorati ostida o’quvchilarda muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

O’quvchilar uchun mustaqil ishning vazifalari quyidagilardan iborat.


  • yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;

  • kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash;

  • axborot manbalaridan samarali foydalanish;

  • an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;

  • Internet tarmog’idan maqsadli foydalanish;

  • berilgan topshiriqning ratsional yechimini belgilash;

  • ma’lumotlar bazasini tahlil etish;

  • topshiriqlarni bajarish ishiga tizimli va ijodiy yondashish;

Mustaqil ta’lim o’quvchilarning, nazariy bilimlarini yanada boyitish, darsdan tashqari holatda mustaqil bilim ko’nikmalarini egallashlari uchun manba bo’lib xizmat qiladi.



Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:

  1. Defektologiya fanining maqsad va vazifalari.

  2. Aqli zaif bolalar tavsifi.

  3. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar.

  4. Ko’rishida nuqsoni bor bolalar.

  5. Eshitishida nuqsoni bo’llgan bolalar.

  6. Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar.

  7. Nutqidagi nuqsonlarni oldini olish.

  8. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar.

  9. Murakkab nuqsonli bolalar.

  10. Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar tashxisi.

  11. Tibbiy-pedagogik psixologik komissiya faoliyati.

  12. O’zbekistonda rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar va ularning faoliyati.

Oraliq nazorat uchun savollar

  1. Defektologiya fani qanday fan?

  2. Korrektsiya deganda nimani tushunasiz?

  3. Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar toifalari.

  4. Aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar.

  5. Yengil darajadagi aqli zaiflik.

  6. O‘rta darajadagi aqli zaiflik.

  7. Og’ir va o’ta og’ir darajadagi aqli zaiflik.

  8. Anomaliyaning kelib chiqish sabablari.

  9. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar.

  10. Zaif eshituvchi bolalar.

  11. Kar bolalar.

  12. Kech kar bo’lib qolgan bolalar.

  13. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar.

  14. Zaif ko’ruvchi bolalar.

  15. Nutq nuqsonlarining turlari.

  16. Nutq nuqsoniga ega bolalar bilan ishlash usullari.

Yakuniy nazorat uchun savollar

  1. Defektologiya fani qanday fan?

  2. Korreksiya deganda nimani tushunasiz?

  3. Korreksion pedagogika qanday fan?

  4. Ijtimoiy reabilitatsiya deganda nimani tushunasiz?

  5. Aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar.

  6. Yengil darajadagi aqli zaif bolalar.

  7. O‘rta darajadagi aqli zaif bolalar.

  8. Og’ir va o’ta og’ir darajadagi aqli zaif bolalar.

  9. Anomaliyaning kelib chiqish sabablari.

  10. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar.

  11. Zaif eshituvchi bolalar.

  12. Kar bolalar.

  13. Kech kar bo’lgan bolalar.

  14. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar.

  15. Zaif ko’ruvchi bolalar.

  16. Defektologiya fani, vazifalari.

  17. Eshitishida nuqsoni bor bolalar.

  18. Nutqiy bog’chalarda ta’lim-tarbiya jarayonlari.

  19. Oligofren bolalar va ularning tavsifi.

  20. Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar.

  21. Zaif eshituvchi bolalar maktab-internatida ta’lim-tarbiya jarayoni.

  22. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar uchun tashkil etilgan muassasalarda ta’lim tarbiya jarayonlari.

  23. Motor nuqsonli bolalar va ularning tasnifi.

  24. Tovushlar talaffuzida kuzatiladigan nuqsonlar.

  25. Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar.

  26. Tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish yo’llari, usullari.

  27. Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar, ularning tasnifi.

  28. O’zbekistonda rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar.

  29. Maxsus muassasalarda olib boriladigan ishlarning o’ziga xos xususiyatlari.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

  1. Ayupova M.Y. Logopediya. T.: O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2007.

  2. Дефектологический словарь. M.: Владос, 2001y.

  3. Лапшин В.A., Пузанов Б.П. Основи дефектологии. M.: Просвещение, 1990.

  4. Mo’minova L.R. Logopediya. T., 2006 y.

  5. Po’latova P. Maxsus pedagogika (Oligofrenopedagogika). T.:«G’afur G’ulom», 2007.

  6. Raxmanova V.S. Maxsus pedagogika. T.: G’ofur G’ulom, 2004 y.

  7. www. Ziyo.net

  8. Рахманова В.С. Коррекцион педагогика ва логопедия. Т., Молия Иктисод 2007.

  9. http: //www//uralrti/ru.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB –HUNAR TA’LIMI MARKAZI


Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141701-2.08

2012 yil 15 аvgust





Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli



buyrug’i bilan tasdiqlangan


BOLALAR ADABIYOTI VA IFODALI O’QISH
FANIDAN O’QUV DASTURI
Fan dasturi oily va o‘rta maxsus . kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil 24 iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Fan dasturi Toshkent pedagogika kollejida ishlab chiqildi bilim sohasi bo’yicha sho’ba kelishuvidan o’tkazildi. (16.07.2012 y. № 1 sonli)


Tuzuvchilar:

Raimshukurova Mohigul Ziyadullaevna



Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchilari
















Isomiddinova Mavluda Yigitaliyevna



Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchilari

























Taqrizchilar:

Mirqosimova Marg’uba Mirqobilovna



TDPU O’zbek adabiyoti tarixi kafedrasi o’qituvchisi: p.f.d. prof.
















Bo’stonqulova Muborak Alisherovna



Toshkent shahar Uchtepa tumani 436 – MTM mudirasi













Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish