O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha



Download 7,03 Mb.
bet5/35
Sana24.01.2017
Hajmi7,03 Mb.
#988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35



Toshkent -2012
Kirish.

O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimov bugungi kun o’qituvchilari o’zlarida yuksak ma’naviy-axloqiy hamda kasbiy sifatlarni namoyon eta olishlari lozimligiga alohida urg’u bеradi: “Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifiy ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy fuqaro etib yеtishtirish uchun, eng avvalo tarbiyachining o’zi aynan shunday yuksak talablarga javob bеrishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kеrak” – dеgan edi. Darhaqiqat, o’qituvchi bilimdon, zukko hamda o’z kasb mahoratini muntazam takomillashtirib borish layoqatiga ega bo’lmas ekan, u alohida hurmatga loyiq ustoz, pеdagogik jarayonning faol boshqaruvchisi bo’la olmaydi.

Ta`limning yangi modelida jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishga e`tibor berilar ekan, psixologiya fanining vazifalari ham malakali mutaxassislar sifatida o`zligini, o`z qobiliyatlari, individualligi, ya`ni shaxsiy fazilat, xislatlarini bilgan tarzda ta`lim-tarbiya faoliyatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko`rsata oluvchi shaxslarni tarkib toptirishdir.

Psixologiya fanining o’qitishning maqsadi o`quvchilarni psixologiya fanining tarixiy taraqqiyoti, hozirgi zamon psixologlarining ilmiy yondoshishlari bilan, shuningdek, turli yoshdagi insonlarda o`qish jarayonida shaxs fazilatlarini shakllantirish qonuniyatlari bilan, kasbiy malakalarni egallash xususiyatlari bilan tanishtirishdir. Hozirgi zamon tarbiyachisi ijtimoiy-kasbiy vazifalarni bajarish uchun yuksak ma’naviy hislatlarga ega bo’lishi, umumiy va kasb madaniyati, ziyoliligi, axloqiy pokligi, faolligi, shaxsiy hissiyotlarga berilmasligi, ijodiy tasavvur egasi, psixik jihatdan sog’lom, davlatimiz fuqarosi sifatida ma’suliyatni his eta bilishi lozim. Tarbiyachilik kasbiga xos psixik holatlar va xarakter maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining o’ziga xos xususiyatlarini tarbiyalashning psixik asoslari va qonuniyatlari haqida bilim, ko’nikma va malakalar berishdan va ularni kasbiy faoliyatga tatbiq etishdan iborat.

Fanning mavzulari DTS va TTS asosida o’quvchilarga yetkazilishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni qamrab olgan. Har bir mavzu didaktika prinsiplariga asoslangan bo’lib, nazariy mavzular mazmuni asosiy tezislar orqali yoritilgan. Amaliy, seminar mashg’ulotlarini tashkil etish o’quvchilarda nazariy bilimlarini yanada mustahkamlashga va amaliy malakalar hosil bo’lishiga yordam beradi.

“Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”, “Bolajon” tayanch dasturi, “Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim” kabi mavzular asosida tahliliy o’rganish, nazariy va amaliy bilimlar birligini hosil qilinadi.

Fan mavzulari umumiy psixologiyadan asos sifatida foydalanilgan bo’lib, ilmiy tushunchalar, kategoriyalarni (shaxs, motivatsiya, faoliyat, , ong), tadqiqot metodlarni, maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasini qamrab oladi.

Mavzularni o’qitish va o’zlashtirish uchun turli metodlar, o’quv vositalari va ularga mos o’qitish shaklini tanlash o’qituvchining kasbiy mahoratidan kelib chiqadi. Ta’limda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida fanlararo bog’liqlik tanlanishi zarur.



Dastur maktabgacha va maxsus ta’lim muassasalarida ishlovchi sog’lom, barkamol avlodni tarbiyalashda yuksak insoniy fazilatlarga, ma’naviy qadriyatlarga oid ko’nikma va malakaga ega bo’lgan kichik mutaxassislarni tayyorlashni ko’zda tutadi.

Fanning maqsadi va vazifalari

Fanning maqsadi: O`quvchilarni hozirgi zamon bolalar psixologiyasi fanining ilmiy tushunchalari, qonuniyatlari, shaxs psixikasi, individual-psixologik xususiyatlari bilan, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarda psixik taraqqiyot qonuniyatlari, bola shaxsining shakllanishi muammolari haqida bilim berishdan iboratdir.

Fanning vazifasi: O’quvchilarni kasbiy malakalarni egallash va kasbiy faoliyatda qo’llashda psixologik bilimdonlikning zaruriy asoslarini tarkib toptirishdan iboratdir. Fanning nazariy, amaliy, seminar mavzularini o’qitishda interfaol uslublarni keng qo’llash, virtual vositalardan (multimediya, prezentatsiya) foydalanish bilimlarni tez, oson o’zlashtirib, uzoq vaqt xotiralarida saqlashlariga yordam beradi.
Fan bo’yicha o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar.

Bilimlar: Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishi kerak.

  • Psixologiya fanining predmeti, ijtimoiy fan sohasi sifatida va zamonaviy psixologik bilimlarining o`ziga xosligini bilishlari;

  • psixologiyaning sohalari, tarmoqlari va ilmiy tadqiqot metodlari;

  • psixikaning yuzaga kelishi va evolyutsiyasi, oliy nerv faoliyati va uning qonuniyatlari, odam psixikasining paydo bo`lishi va rivojlanishi;

  • shaxs psixologiyasi va shaxslararo munosabatlar, faoliyatning psixologik talqini, ehtiyoj va qiziqishlari;

  • shaxsning psixik jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, tafakkur, nutq, xayol, diqqat;

- shaxsning hissiy-irodaviy jarayonlari: his-tuyg`u, iroda;

  • shaxsning individual-psixologik xususiyatlari: qobiliyat, temperament va xarakter;

  • bolalar psixologiyasining predmeti va psixik taraqqiyot qonuniyatlari;

  • ilk va maktabgacha yoshdagi bola psixik taraqqiyoti va faoliyat turlari jarayonida psixikasining rivojlanishi;

  • maktabgacha yoshdagi bolalar psixik jarayonlari, holatlari va xususiyatlari;

  • bola shaxsining shakllanishi xususiyatlari;

  • psixodiagnostika metodikalari, bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash haqidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak.

Ko’nikma: Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak:

  • o`quvchilar psixologik tasavvurga ega bo`lishlari va ularni o`z kundalik tajribalarida qo`llay bilish;

  • “Ta`lim to`g`risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” , “Bolajon” tayanch dasturi, “Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim” psixologiyaning vazifalarini aniqlay olish;

  • psixologik metodlar asosida bolaning psixik jarayonlari va xususiyatlarini aniqlab berish;

  • “Men” – obrazi orqali o`z-o`zini anglash, baholash;

  • bilish jarayonlarini anglash va boshqarishga o`rgatish, o`z ustida ishlash ko`nikmasini hosil qilish;

  • bolalar psixik taraqqiyoti qonuniyatlari asosida kasbiy fazilatlarni shakllantirish;

  • bola psixik taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi yetakchi omillarni aniqlay olish;

Malaka:

  • o`quvchilar guruhlarida shaxslararo munosabatlarni o`rganish malakalariga ega bo`lish;

  • faoliyat turlarini farqlay bilish va o`zining ichki imkoniyatlarini hisobga olish;

  • bolalar psixologiyasi asosida turli yosh guruhidagi bolalar bilan individual munosabatda bo`lish;

  • mavzular asosida mustaqil izlanish – axborot kommunikatsion texnologiyalari internet saytlari, ommaviy axborot vositalaridan (gazeta, jurnal, teleko’rsatuvlar, qo’shimcha adabiyotlar, uslubiy tavsiyalardan); foydalana olish malakasi;

  • amaliyotda tajribalar o’tkazish va natijalarni tahlil qila olish malakalariga ega bo’lishlari kerak.

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi, uslubiy jihatdan

uzviyligi va ketma-ketligi

Bolalar psixologiyasi fani umumkasbiy fanlardan anatomiya, fiziologiya va gigiyena, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, umumta’lim fanlaridan oila psixologiyasi, maxsus fanlardan; maxsus psixologiya, korreksion ishlar metodikasi, defektologiya asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirish nazariyasi va metodikasi, bolalar adabiyoti, logopediya, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi, rasm, buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi kabi fanlar bilan o’zaro bog’langan. Maxsus fanlar psixologiya negizida ish ko’radilar.

Fanning 1-4 semestrlarda (pedagogik amaliyot 3-semestrdan boshlab o’tilishi sababli asosiy soatlar xajmi 2-kursda o’tilishi mavzularni amaliy kuzatishlar bilan bog’lab o’zlashtirishga yordam beradi) o’qitilishi yuqoridagi fanlarni egallashlari va o’zlashtirishlari uchun zamin xozirlaydi va fanlararo uzviylikni ta’minlaydi. Fan anatomiya fani bilan uzviy bog’langani sababli bir vaqtda yoki 1 semestr keyin o’qitilishi, maxsus psixologiya, oila psixologiyasi fanlar esa psixologiya kursi tugagach o’qitilishi maqsadga muvofiqdir. Fanning pedagogik amaliyot jarayoni bilan uzluksiz holda o’qitilishi o’quvchilarning nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llashga, bilim sohasidagi ko’nikma va malakalrni egallashlariga yordam beradi.

Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.

O’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishning mohiyatini anglab yеtish, boshqaruv psixologiyasini bilish, o’quv jarayoniga taalluqli qonun va qonuniyatlarini bilishi, dars jarayoni, dars tiplari va o’quvchilar faoliyatini tashkil etishni bilish, o’qitishning mеtod va shakllarini tanlash, ta’lim jarayoniga qo’llash malakalari, nazorat shakllari va o’qitish vositalarini tanlash va foydalanish, o’quv - tarbiyaviy jarayonni loyihalash malakalari mavjudligi har bir pedagog uchun zarurdir. O’qituvchi ma’lumotlarni to’plashi, tanlashi va qayta ishlashi, nazariy va amaliy jihatlarini ko’rib chiqishi, o’rganilgan axborotlardan pedagogik faoliyatda foydalanishi lozim. U shundagina o’quvchining bilish faoliyatini faollashtira oladi. Natijada ularning nazariy bilimi, amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.

Darslarni tashkil qilishda “Aqliy xujum”, “Tushunchalar tahlili”, “T-sxema”, “Case study”, “Charxpalak”, “BBB - tеxnologiyasi, Vеnn diagrammasi, “Insеrt”, “Xulosalash”, “Bumerang”, “6-3-5”, “Davra suhbati”, “Baliq sklеti”, “Moychеchak” kabi mеtodlarni, “Blis-o’yin”, “Beshinchisi ortiqcha”, “Issiq kartoshka”, “Qora quti” kabi o’yinli texnologiya metodlarini qo’llash lozim. O’quvchilarning dars jarayonidagi amaliy va mustaqil faoliyatlari natijasini baholashda test-topshiriq, og’zaki va yozma nazoratning texnologiyali usullarini qo’llash, o’z-o’zini va guruhi ishini xolisona va izohli baholashni tashkil etish zarur.

O’quvchilarning ushbu fanni samarali o’zlashtirishlarida zamonaviy pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish, multimediya tizimidan foydalanish, darslarni o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan holda tashkil etish muhim ahamiyatga ega.


Fan mavzulari bo’yicha o’qitish rejasi tarkibi


T/r

Fanning bo’limlari va

mavzular nomi

Hammasi

Umumiy yuklama, soat

Мustaqil ta’lim

Dars turi bo’yicha soatlar taqsimoti (Аuditoriya yuklamasi)

Ja’mi

Nazariy (ma’ruza)

Amaliy

Laboratoriya

Seminar

Kurs ishi (loyihasi)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10




1-bo’lim: Psixologiyaga kirish.

20

14

12

2










6

1.1.

Psixologiya fanining predmeti.

4

2

2













2

1.2.

Hozirgi zamon psixologiyasining vazifalari,

tarmoqlari va fanlar tizimida tutgan o’rni



4

2


2













2

1.3.

Psixologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari

6

4

3

1










2

1.4.

Psixikaning nerv-fiziologik asoslari

2

2

2
















1.5.

Psixika va ong taraqqiyoti

4

4

3

1













1

2

3

4

5

6

7

8

9

10




2-bo’lim: Shaxs va uning faoliyati.

22

14

8

4




2




8

2.1.

Shaxs psixologiyasi.

6

4

3

1










2

2.2.

Faoliyatning psixologik talqini.

6

4

2







2




2

2.3.

Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi.

4

2

1

1










2

2.4.

Diqqat

6

4

2

2










2




3-bo’lim: Shaxsning psixik jarayonlari.

26

18

10

6




2




8

3.1.

Sezgi

2

2

1

1













3.2.

Idrok

6

4

2

2










2

3.3.

Xotira

6

4

2

2










2

3.4.

Tafakkur

6

4

2







2




2

3.5.

Nutq

2

2

2
















3.6.

Xayol

4

2

1

1










2




IV-bo’lim: Shaxsning hissiy-irodaviy holatlari.

8

6

4

2










2

4.1.

His-tuyg’ular

4

4

2

2













4.2.

Iroda

4

2

2













2




V-bo’lim: Shaxsning individual-psixologik xususiyatlari.

8

6

4

2










2

5.1.

Temperament

4

2

1

1










2

5.2.

Xarakter

2

2

1

1













5.3.

Qobiliyatlar

2

2

2



















VI-bo’lim: Bolalar psixologiyasi.

16

12

9

1




2




4

6.1.

Bolalar psixologiyasining umumiy masalalari

2

2

2
















6.2.

Psixik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari

4

2

2













2

6.3.

Chaqaloqlik va go’daklik davrida psixik taraqqiyot.

4

4

2







2







6.4.

Ilk yosh davrida psixik taraqqiyot.

6

4

3

1










2




VII-bo’lim: Maktabgacha yoshdagi

bolalar faoliyatining psixologik

tavsifi.

10

6

5

1










4

7.1.

Maktabgacha yoshdagi bolalar taraqqiyoti va faoliyatining psixologik tavsifi.

2

2

2
















7.2.

Maktabgacha yoshdagi bola o’yin faoliyatining xususiyatlari.

4

2

1

1










2

7.3.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limiy mashg’ulotlari

1

1

1
















7.4.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining xususiyatlari

3

1

1













2




VIII-bo’lim: Maktabgacha yoshdagi bolalar psixik jarayonlarining tarkib topishi.

14

8

6

2










6

8.1.

Bolalarda sezgi va idrokning rivojlanishi.

2

2

2
















8.2.

Bolalarda diqqatning rivojlanishi.

3

1

1













2

8.3.

Bolalarda xotiraning rivojlanishi.

3

1




1










2

8.4.

Bolalarda tafakkurning rivojlanishi

4

2

1

1










2

8.5.

Bolalarda nutq va xayolning rivojlanishi.

2

2

2



















IX-bo’lim: Maktabgacha yoshdagi bolalar

shaxsining shakllanishi.

18

12

6

4




2




6

9.1.

Ilk yoshda bola shaxsining shakllanishi

6

4

2

2










2

9.2.

Kichik va o‘rta bog’cha yoshida shaxsning

shakllanishi



6

4

2

2










2

9.3.

Katta bog’cha yoshida shaxsning shakllanishi

6

4

2







2




2




X-bo’lim. Bolalar psixodiagnostikasi.

5

4

1

3










1

10.1.

Psixodiagnostika metodlari va ulardan foydalanish

2

2

1

1













10.2.

Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga psixik jihatdan tayyorlash.

3

2




2










1

Ja’mi:

147

100

65

27




8




47

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish