O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha


MTMda va oilada bolalarga ekologik tarbiya berish



Download 7,03 Mb.
bet20/35
Sana24.01.2017
Hajmi7,03 Mb.
#988
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35

4. MTMda va oilada bolalarga ekologik tarbiya berish.

Umumiy ekologiya haqida tushuncha. Ekologiya fanining asoschilari va ta’lim-tarbiyada tutgan o’rni. Umumiy ekologiyaning vazifalari. Hozirgi zamon ekologiyasining sohalari. MTM da va oilada bolalarga ekologik tarbiya berish. Ekologiyani muhofaza qilish bo’yicha qabul qilingan qarorlar.



Amaliy mashg’ulot. Umumiy ekologiyaning vazifalarini yoritish. Hozirgi zamon ekologiyasining sohalaridan misollar keltirish. Ekologik xaritalar tayyorlash.

III. MTM da va oilada ta’lim-tarbiya va bolalarni tabiat bilan tanishtirish.

5. MTM da va oilada bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dasturning mohiyati va vazifalari.

Dasturning mazmuni. MTM da va oilada bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dastur vazifalari. Bolalarni jismonan rivojlantirish, nutqini, tafakkurini va ma’nan yetukligini o’stirish. Dasturdan tabiatga oid mashg’ulotlarni rejalashtirish.

IV. MTM da va oilada bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodi va shakllari.

6. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodlari.

Tabiat bilan tanishtirish metodlarini xilma-xilligi. Kuzatish-ta’lim berishning yetakchi uslubi. MTM da va oilada tajriba, o’yin, mehnatni tashkil etish va mehnat, o’yin turlarini yoritish. Tabiat bilan tanishtirishda qo’shimcha metodlaridan foydalanish.



Mustaqil ish. Kuzatish turiga ko’rgazmalar tayyorlash, o’tkazish mumkin bo’lgan tajribalardan namunalar keltirish.

7. Tabiat bilan tanishtirish shakllari.

Tabiat bilan tanishtirish shakllarining turlari. MTM da va oilada mashg’ulotning ahamiyati, qismlari va ularni tashkil etish. Mashg’ulotda kuzatishlar o’tkazish. Tabiatda sayr va ekskursiyani ahamiyati hamda ularni tashkil etish. Sayr va ekskursiya uchun mehnat qurollarini, o’yinchoqlarini tanlash va ularga rahbarlik qilish.



Mustaqil ish. Mustaqil tabiatga oid mashg’ulot ishlanmasini tuzish, sayr va ekskursiya uchun mehnat qurollarini ro’yhatini to’plash, rasmlarini chizish. Krossvordlar tuzish.

V. MTM da va oilada tabiat burchagi.

8. Bola shaxsini shakllantirishda rivojlantiruvchi muhitda “Tabiat burchagini”

tashkil etish.

Tabiat burchagining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. MTM da va oilada tabiat burchagini to’g’ri tashkil etish. Tabiat burchagiga qo’yiladigan talablar. Turli guruhlarda tabiat burchagini tashkil etish. Tabiat burchagiga ob’yektlarni to’g’ri tanlash, kerakli anjomlar.



9. Tabiat burchagida va oilada boqiladigan qushlar, baliqlar.

Tabiat burchagiga qushlar tanlash, ularga qafaslar tayyorlash. Qushlar uchun maxsus donlar, ko’katlar tanlash. Kasalliklardan saqlash. Baliqlar uchun akvarium tanlash. Akvariumbop o’simliklar tanlash. Baliqlar zararkunandalari va akvariumbop baliqlar tanlash.



Amaliy ish. Qushlarga va baliqlarga ta’rif berish. Qafaslarni turlaridan namunalar keltirish. Jonzodlarni rasmlaridan chizish va test savollari tuzish.

10. Tabiat burchagida va oilada boqiladigan hayvonlar, tavsiya etiladigan gullar.

Tabiat burchagiga tavsiya etiladigan hayvonlar, gullar. Hayvonlarga qisqacha ta’rif, ularni ozuqalari, yashash sharoitlari va bir- biridan farqi. Tabiat burchagida o’stirish mumkin bo’lgan gullarni yashash sharoitlari, zararkunandalari, ozuqalari. Hayvonlar va o’simliklar bilan to’g’ri munosabatda bo’lish.



Mustaqil ish. Tabiat burchagida boqiladigan hayvonlar haqida tushuncha, ularga ta’rif. Hayvonlarni rasmlaridan chizish. O’simliklar haqida tushuncha, zararkunandalari haqida ma’lumot va ularning rasmlaridan to’plash.

11. Tabiat burchagida boqiladigan jonivorlarga mashg’ulot tuzish, ob-havo kalendari va navbatchilik.

Tabiat burchagida jonivorlarni boqishning asosiy maqsadi. Qushlarni, baliqlarni, hayvonlarni to’g’ri parvarishlash. Bolalar bilan gullarga to’g’ri munosabatda bo’lish. Mashg’ulotni bolalarni yosh guruhlarini hisobga olgan holda rejalashtirish. Mashg’ulotga mos ko’rgazmalar tayyorlash. Ob-havo kalendarini ahamiyati. Har bir yosh guruh uchun ob-havo kalendari tuzish. Turli yosh guruhlarida navbatchilik burchagini tashkil etish.



Amaliy mashg’ulot. Mustaqil mashg’ulot ishlanmasidan tuzish. Mashg’ulotga oid rasmlar chizish va to’plash. Guruhlar bo’yicha ob-havo kalendarini yasash. Har bir yosh guruhda navbatchilik burchagini tashkil etilishini nazorat qilish va navbatchilik burchagidan namunalar keltirish.

12.Turli yosh guruhlarida va oilada tabiat burchagidagi mehnatini tashkil etish, saqlanadigan mehnat qurollari.

Tabiat burchagidagi mehnatda tarbiyachining rahbarligi. Guruhlar bo’yicha tabiat burchagida mehnatni tashkil etish. Tabiat burchagida boqiladigan jonivorlarga mehr bilan qarashni tarbiyalash. Burchakda saqlanadigan mehnat qurollari va bolalarni yoshiga mosligi.



Seminar mashg’ulot. Tarbiyachi tomonidan mehnatlarni tashkil etish. Jonivorlarni farqlashga, to’g’ri ozuqlantirishga, tagini tozalashga odatlantirish. Bolalarni mustaqil mehnat qilishga o’rgatish.

VI. MTM da va oilada yer maydonchasi.

13. Bolalar bog’chasida va oilada yer maydonchasining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati.

MTM da va oilada bolalarni tabiat bilan tanishtirishda maydonning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Yer maydonchasini to’g’ri tashkil etish. Maydonni ko’kalamzorlashtirish va chiroyli bezatish. Yer maydonchasida o’yinlar, sayr, mashg’ulot o’tkazish. Ko’chatlar yetishtirish, maysazorlar tashkil etish. Ko’p yillik gul o’simliklar tanlash va joylashtirish.



14. Gulzorga o’simliklarni tanlash, turli yo’llar bilan ko’paytirish.

Bolalarni yoshiga mos o’simliklar tanlash. Ularni to’g’ri parvarishlash va ekish. Bir-biridan farqlashga o’rgatish. O’simliklarni kundalik kuzatish (suv quyish, tagini yumshatish, o’g’itlash, to’g’ri parvarishlash). O’simliklarni ko’paytirish turlari ularni farqi, o’xshashligi. Yerni va o’g’itni tayyorlash.



Amaliy mashg’ulot.Tanlangan o’simliklarni bolalar bilan ekish. Ko’paytirish turlari orqali ba’zi o’simliklarni ekishga tayyorlash. O’simliklarni ekish yo’llarini o’xshashliklarini aniqlash.

15. Yer maydonchasida va oilada boqish mumkin bo’lgan hayvonlar, parrandalar.

Yer maydonchasida boqish mumkin bo’lgan hayvonlarni tanlash. Ular haqida ma’lumotlar berish. Hayvonlarni ozuqasi, yashash sharoiti, tabiatdagi o’rni. Yer maydonchasida boqish uchun tavsiya etiladugan parrandalar, ularni ozuqasi va yashash sharoiti. Hayvon va parrandalarni boqishdan maqsadi.



Amaliy ish: Mavzuga mos hayvon va parrandalar rasmlarini chizish.

Mustaqil ish. Mavzuga mos ko’rgazmalar tayyorlash va jonivorlar haqida test savollari tuzish.

16. Yer maydonchasida va oilada qushlarni boqish, sun’iy uyalar qurish.

Yer maydonchasida uchraydigan qushlar va ularga ta’rif. Qushlarni boqish, ularga turli xil sun’iy uyalar qurish. Sun’iy uyalarni foydali tomoni haqida tushuncha berish. Mavsumni o’zgarishida qushlar hayoti bilan tanishtirsh. Analiz qilishga o’rgatish. Kuzatuvchanlikni rivojlantirish.



Amaliy mashg’ulot. Qushlarni kuzatish, ularni farqlash, ozuqalari haqida ma’lumotlar to’plash.

Mustaqil ish: Sun’iy uyalardan namunalar yasash. Kuzatuvchanlikni davom ettirish.

VII. MTM da va oilada bolalarni xonaki va yovvoyi hayvonlar bilan tanishtirish.

17. MTM da va oilada bolalarni honaki hayvonlar bilan tanishtirish.

MTM da va oilada xonaki hayvonlar haqida umumiy tushuncha. Ularning tashqi ko’rinishi, harakati, hayot kechirishi, xulqi, tashqi muhitga moslashishi. Hayvonlarda yil fasllariga nisbatan o’zgaruvchanlikning yuzaga kelishi. Honaki hayvonlarni farqlash. Uy hayvonlaridan olinadigan mahsulotlar. Honaki hayvonlarning tabiatdagi o’rni.



Mustaqil ish. Honaki hayvonlar haqida krosvordlar tuzish. Ularning rasmlarini chizish, ozuqalarini bir-biridan farqlash. Qo’shimcha uy hayvonlari haqida ma’lumotlar to’plash.

18. MTM da va oilada bolalarni yovvoyi hayvonlar bilan tanishtirish.

MTM da va oilada yovvoyi hayvonlar haqida umumiy tushuncha. Ularning tashqi ko’rinishi, harakati, hayot kechirishi, xulqi, tashqi muhitga moslashishi. Hayvonlarda yil fasllariga nisbatan o’zgaruvchanlikning yuzaga kelishi. Yovvoyi hayvonlarni farqlash. Yovvoyi hayvonlaridan olinadigan mahsulotlar. Yovvoyi hayvonlarning tabiatdagi o’rni.



Amaliy ish.Yovvoyi hayvonlar haqida krosvordlar tuzish. Ularning rasmlarini chizish, ozuqalarini bir-biridan farqlash. Qo’shimcha yovvoyi hayvonlar haqida ma’lumotlar to’plash.

19. MTM da va oilada bolalarni hashorat, qushlar bilan tanishtirish.

Hashoratlar va qushlar bilan tanishtirishning ahamiyati. Hashorat va qushlarni ko’rinishi, tuzilishi, turi, harakati, hayot kechirishi va tabiatdagi o’rni, ozuqlanishi haqida ma’lumot. Hashoratlar va qushlarni turlarini bir-biridan farqlash. Sayr va ekskursiyada hashoratlar va qushlarni kuzatish.



Amaliy ish. Hashoratlar va qushlar haqida tushuncha to’plash. Kuzatuvchanlik asosida to’plangan bilimlarni muhokama qilish. Hashoratlar va qushlarni ayrim turlaridan ma’lumotlar to’plash. Test savollar tuzish.

20. Guruhlar bo’yicha va oilada bolalarni hayvonlar, qushlar va hashoratlar bilan tanishtirish.

Har bir guruh bo’yicha tanishtiriladigan jonzodlarni tanlash, ularni yashash sharoitlarini farqlash. Kichik yosh guruhlarida hayvonlarni, qushlarni, hashoratlarni umumiy ko’rinishi, ozuqlanishi, yashash sharoiti haqida tushuncha berish. Katta guruhlarda bu jonzodlarni nasl qoldirishi, ularni boqishi, parvarishlashi haqida ma’lumot berish.



Amaliy ish. Kichik guruhlarda tanishtiriladigan jonzodlardan namunalar keltirish. Katta guruhlardan farqlashga o’rgatish. Hayvon haqida so’z o’yinini tuzib kelish.

VIII. MTM da va oilada bolalarni yilning turli fasllaridagi tabiat bilan tanishtirish.

21. Yil fasllariga tavsifnoma.

Yil fasllarida mavsumiy o’zgarishlarning ahamiyati. Yil fasllarida o’simliklar, qushlar, hayvonlar, hashoratlar hayoti. Qishloq xo’jalik ishlarida asosiy o’zgarishlar. MTM da va oilada bolalarni yil fasllari bilan tanishtirishning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati.



Mustaqil ish.Yil fasllariga taaluqli referat yozish. Fasllarni bir-biridan farqlash. Fasllarga oid rasmlar to’plash.

22. Kuz. Kuz faslida o’zgarishlar va o’simliklardan gerbariylar tayyorlash.

Tabiatda sodir bo’ladigan mavsumiy o’zgarishlar. O’simliklar va hashoratlar, hayvonlar va qushlar hayoti. Qishloq xo’jalik ishlari. Kuzda pishadigan mevalar, sabzavotlar, poliz ekinlari. Bolalarni kuz fasli bilan tanishtirishning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati.



Amaliy ish. O’simliklar, hashoratlar, qushlar, hayvonlar hayotiga taaluqli ma’lumotlarni to’plash. Faslga oid referat yozish. Kuzda pishadigan asosiy meva sabzavotlarni nomini yozish va rasmini chizish. Gerbariylardan namunalar tayyorlash.

23. Har bir yosh guruh bolalarini kuz fasli bilan tanishtirish.

Guruhlar bo’yicha bolalarni kuz fasli bilan tanishtirishning ahamiyati. Ob-havodagi o’zgarishlarni kuzatish. O’simliklar dunyosidagi o’zgarishlar. Hayvonot olami, qushlar, hashoratlar bilan tanishtirish. Tabiat birchagidagi, yer maydonchasidagi mehnat. Kattalar mehnatining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati.



24. Bolalar bog’chasida guruhlar bo’yicha kuz fasli bilan tanishtiruvchi mashg’ulot ishlanmasini tuzish.

Faslga oid mashg’ulotlar tanlash va tashkil etish. Mashg’ulotlarni maqsadini, tayyorgarligini, borishini aniq yoritib berish. Yakunlashda she’rlardan, ashulalardan, topishmoqlardan foydalanish.



Amaliy mashg’ulot. Mustaqil mashg’ulot ishlanmasidan tuzish. Mashg’ulotga oid ko’rgazmali qurollar tayyorlash.

Mustaqil ish: Mashg’ulotlarni guruhlar bo’yicha murakkablashuvi jadvalini tayyorlash. Qish.

25. Qish fasliga tavsifnoma.

Qish fasli bilan tanishtirishning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Ob-havodagi asosiy o’zgarishlar bilan tanishtirish. O’simliklar dunyosi. Qushlar va hayvonlar hayoti. Kattalar mehnati bilan tanishtirish. Tabiat burchagidagi va yer maydonchasidagi mehnat. Issiqhonaga ekskursiya uyushtirish.



Mustaqil ish. Qish fasliga oid referat yozish. Faslga oid manzarali rasmlar chizish.

Amaliy ish: Qishda uxlaydigan hayvonlar haqida ma’lumot to’plash.

26. Har bir yosh guruh bolalarini qish fasli bilan tanishtirish.

Har bir yosh guruh bolalarini qish fasli bilan tanishtirishning ahamiyati. Jonsiz tabiat bilan tanishtirish. O’simliklar dunyosi, qushlar va hayvonlar haqida ma’lumot. Kattalar mehnati bilan tanishtirish. Tabiat burchagidagi va yer maydonchasidagi mehnat.

Bahor.

27. Bolalarni bahor fasli bilan tanishtirish.

Bolalarni bahor fasli bilan tanishtirishning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Bahor faslida sodir bo’ladigan mavsumiy o’zgarishlar. O’simliklar, hashoratlar, qushlar va hayvonlar hayoti. Asosiy qishloq xo’jalik ishlari. Kattalar mehnati bilan tanishtirish. Yer maydonchasidagi ishlar.



Mustaqil ish. Bahor fasliga doir referat yozish. Birinchi uchib keladigan qushlar, gullaydigan gullar, daraxtlar haqida ma’lumotlar to’plash. Qishloq xo’jalik ishlari bilan, yer maydonchasidagi ishlarni farqlash.

28. Har bir yosh guruh bolalarini bahor fasli bilan tanishtirish.

Har bir yosh guruh bolalarini bahor fasli bilan tanishtirishning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Bolalarni jonsiz tabiat bilan tanishtirish. O’simliklarni kuzatish, hayvonot olami bilan tanishtirish. Qushlar va hashoratlar hayoti. Kattalar mehnati bilan tanishtirish. Tabiat burchagidagi va yer maydonchasidagi mehnat. Birinchi gullaydigan gullarni, daraxtlarni kuzatish. Bahorda bolalaydigan hayvonlar haqida ma’lumot berish.



Amaliy ish. Guruhlar bo’yicha bahor fasli bilan tanishtirishga ma’lumotlar berish. Bahorda bolalaydigan hayvonlarning rasmlaridan namunalar keltirish. Birinchi gullaydigan gullarni, daraxtlarni amaliyotda bolalar bilan kuzatish.

29. Guruhlar bo’yicha bahor fasli bilan tanishtiruvchi mashg’ulot tuzish.

Mashg’ulotlar bolalarni yoshiga mos bo’lishi. Har bir tanlangan mashg’ulot rejalashtirilgan bilimlar asosida bo’lishi. Mashg’ulotlarda tajriba, kuzatishlardan foydalanish. Mashg’ulot ishlanmasidan namuna ko’rsatish.



Amaliy mashg’ulot. Mustaqil mashg’ulot ishlanmasidan tuzish.

Mustaqil ish: Mashg’ulotlarda o’tkazilgan va kuzatilgan tajribalardan namunalar keltirish. Yoz.

30. Yoz fasliga tavsifnoma va guruhlar bo’yicha bolalarni yoz fasli bilan tanishtirish.

Yoz fasli bilan tanishtirishning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Ob-havoda sodir bo’ladigan mavsumiy o’zgarishlar. O’simliklar hayotidagi o’zgarishlar. Hayvonlar, qushlar, hashoratlar hayoti. Qishloq xo’jalik ishlari. Polizga, bog’ga, dalaga ekskursiya uyushtirish. Kattalar mehnati bilan tanishtirish.



Mustaqil ish. Yoz fasliga referat yozish. Uyushtirilgan ekskursiyalarni taasurotlaridan misollar keltirish. Kattalar mehnatiga yordamlashishni rejalashtirish.

31. Guruhlar bo’yicha yoz fasli bilan tanishtiruvchi mashg’ulot ishlanmasini tuzish.

Mashg’ulotlarni o’yin hamda kuzatishlar asosida tashkil etish. Mashg’ulotni mehnat bilan bog’lash, ochiq havoda o’tkazish. Turli xil sayr va ekskursiyalar uyushtirish. Birgalikda mehnat qilishni taklif etish.



Amaliy mashg’ulot. Yozgi mashg’ulotlarni o’yin tarzida tashkil etish. Bolalar bilan birgalikda mehnat qilish.

Mustaqil ish: Ko’rgazmalardan namunalar tayyorlash.

Kurs ishlari loyixalari bo`yicha ko`rsatmalar:

Tanlangan kurs ishi mavzulari o`quvchilarning o`quv yurtida o`qish davrida olgan nazariy bilimlari va amaliy ko`nikmalariga mos ravishda bo`lishi kеrak. Kurs ishi ta'lim soxasidagi dolzarb masalalar bo`yicha tanlanishi hamda fan uyushmalarining yig`ilishida tasdiqlanishi kеrak. Kurs ishining mazmuni maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ilg`or pеdagogik tеxnologiyalar, matbuotdagi oynomalarda chiqayotgan yangiliklardan foydalangan holda yozilishi kеrak. Kurs ishi mavzusini o`qituvchi o`quv yilining boshida bеrishi hamda ularga rahbarlik qilishi kеrak. Vaqti - vaqti bilan mavzuga mos suxbatlar o`tkazish, uning maqsadi, mohiyati, namunaviy rеjasi, zarur matеriallaridan topish haqida tushuncha bеrish.

Kurs ishini baholashda fanga mosligi, dolzarbligi, ta'lim sohasidagi ahamiyati, uning sifati, bеzatilishi, mustaqil fikri, amaliyotdagi kuzatuv ishlari, hamda qo`shimcha adabiyotlardan kеng foydalanganligi inobatga olinadi.
Kurs ishi mavzulari namunasi.


  1. MTM da va oilada tabiat burchagini tashkil etishning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati.

  2. Har bir yosh guruhda tabiat burchagini tashkil etish.

  3. MTM da va oilada yer maydonchasini tashkil etish.

  4. MTM da va oilada bolalarni honaki va yovvoyi hayvonlar bilan tanishtirish.

  5. MTM da va oilada bolalarni qushlar va hashoratlar hayoti bilan tanishtirish..

  6. MTM da va oilada bolalarni yil fasllari bilan tanishtirishning ahamiyati.

Fanni o’qitishda quyidagi vositalardan foydalaniladi: shirmalar, rasmlar, jadvallar, sxemalar, kodoskop, slaydalar, videoglaz, magnitafon, multimediya, televizor, videomagnitafon.
Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. «Bolajon tayanch dasturi». Toshkent - 2010 .

  2. P.Yusupova. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ekologik tarbiya bеrish». T.O’qituvchi. Qo’llanma-1995 .

  3. A.S.Markovskaya.«Bolalar bog`chasida tabiat burchagi» T.O’qituvchi. Qo’llanma-1991 .

  4. O.Hasanboyeva. H.Jabborova. Z.Nodirova. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi. T-Cho’lpon Qo’llanma-. 2006.

  5. Sh.M.Kamolho’jayev. «Tabiatshunoslik asoslari». T-«Moliya» yil. Qo’llanma-2002

  6. H.S.Yoldoshev.SH.M.Avazov. «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish asoslari» T-«Mehnat» Qo’llanma-2003 .

  7. I.Xolliyev. A.Ikromov. «Ekologiya» T-«Mehnat» Qo’llanma-2001.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB –HUNAR TA’LIMI MARKAZI


Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141701-2.13

2012 yil 15 аvgust





Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan



MUSIQA SAVODI, METODIKASI VA RITMIKA

FANIDAN O’QUV DASTURI

Fan dasturi oily va o‘rta maxsus . kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil 24 iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.


Fan dasturi Toshkent pedagogika kollejida ishlab chiqildi bilim sohasi bo’yicha sho’ba kelishuvidan o’tkazildi. (16.07.2012 y. № 1 sonli)


Tuzuvchilar:

Mahmudova Sumbula Abdumalikovna



Toshkent pedagogika kolleji o`qituvchisi
















Masharipova Nasiba Ruzmatovna



Toshkent pedagogika kolleji o`qituvchisi

























Taqrizchilar:

Sharipova Gulnora Matbulalovna



Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fanlar nomzodi, dotsent
















Yusupova Nafisa Yusupovna



Toshkent pedagogika kolleji o`qituvchisi













Toshkent -2012

Kirish
O`zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan keyin ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma`rifiy rivojlanishning o`ziga xos yo`lini tanlashi natijasoda musiqa madaniyati sohasida ham olib borilayotgan ishlarni isloh qilish va musiqa o`qitishni tubdan qayta tashkil etish zaruratini kun tartibiga qo`ydi. O`sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama kamol topishi, ularda san`atga bo`lgan tushunchalarni rivojlantirish va jahon san`at asarlari bilan tanishtirish hamda o`rgatish eng muhim vazifalardandir.

Musiqa uslubiyoti fani talabalarda musiqa madaniyati darslarini tashkil etish uslublarini, musiqa bilan tarbiya berish ko`nikmalarini shakllantiradi. Bu fan talabalarning san`atga bo`lgan ehtiyojini o`stirish bastakorlar va kompozitorlar tamonidan yaratilgan mumtoz asarlarini qadrlash, ularni ijodiy izlanishga va qobiliyatlarini rivojlantirishga o`rgatadi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “ Ta`lim to`g`risida “gi Qonunni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga asosan hozirgi kunda ta`lim sohasiga juda katta e`tibor berilmoqda. O`qitishning yangi zamonaviy texnologiyalari va electron variant tizimlariga asoslangan holda darsliklar yaratish davr talabi bo`lmoqda. Musiqa madaniyati o`quv madaniyati o`quv predmeti o`quvchilarning ma`naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga milliy g`urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalgam oshirishga ijobiy mahorat,nafosat va badiiy didni o`stirishga, fikr doirasini kengaytirishga mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi.



Fanning maqsad va vazifalari.

Fanning maqsadi: MTM da va oilada tarbiyalanuvchilarga madaniy, ma’naviy, yetuk shaxs etib tarbiyalashda go’zallik qonuniyatlari asosida xizmat qilishdan iborat. Maktabgacha ta’lim standartida dastur istiqboliga mo’ljallangan talablar asosida milliy ruh, milliy musiqa ohanglarini imkon qadar o’zida mujassam etib, musiqada zaruriy bilim va amaliy malakalarni tarkib toptirish asosiy maqsadi hisoblanadi

O’quvchilarning musiqaviy ko’nikma va malakalarini rivojlantirish, hamda musiqa haqida tushuncha berish bilan musiqadan ta’sirlanishini tarkib toptirish, musiqa adabiyotlaridan foydalanish, musiqa tinglash, qo’shiq aytish, musiqaviy ritmik harakat bajarishga o`quvchilarni jalb qilish, musiqa fanini amaliyot bilan bog’lash, mavzularga mos ko’rgazmali qurollar tayyorlash, o’quvchilarni boy me’rosimizdan bahramand etish, bo’lajak pedagogik faoliyatlarida bilimlarini qo’llay bilishlariga o`rgatish fanning asosiy maqsadidir.



Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish