O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha


Bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirishda maktab va MTM, MTM va oilaning hamkorlikdagi ishi (Amaliy)



Download 7,03 Mb.
bet14/35
Sana24.01.2017
Hajmi7,03 Mb.
#988
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35

39. Bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirishda maktab va MTM, MTM va oilaning hamkorlikdagi ishi (Amaliy)

Bolalarni ilk matematik tasavvurlarini o’stirishda maktab va MTM, MTM va oilaning hamkorlikdagi ishining muhimligi. Bolalarni maktabga tayyorlashga oid ishlarni yo’lga qo’yishda tarbiyachi va mudiraning roli. MTM va maktab jamoatchiligining oila bilan o’zaro hamkorligi ota-onalar obro’yini hurmat qilishga asoslanadi.

Ota-onalar majlisining taxmihiy tematikasi. Bolalarni maktabga tayyorlash bilan bog’liq jarayon qayerda qanday, kimlar tomonidan amalga oshiriladi? Bolalarni ilk matematik tasavvurlarini o’stirishda maktab va MTM, MTM va oilaning hamkorlikdagi ishining axamiyati.

Bolalarni maktabga tayyorlashda “Rivojlantiruvchi o`yinlar”ning o`rni.Rivojlantiruvchi o`yinlarni bolalarga o`ynatishdan maqsad bolalarning umumiy rivojlanish saviyasini oshirishdir.Olti yoshli bolalarni maktabga psixologik ko`rikka tayyorlash. Bolalarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida nashrga chiqqan qo’llanmalar bilan ota-onalarni tanishtirish. Bolalarga individual yondashib ularni matematik mazmundagi qiziqarli topshiriqlarni bajarishga o’rgatish usullari bilan tanishtirish. O’yinga rahbarlik qilish haqida tushuncha berish. Bolalarni maktabga tayyorlash bilan bog’liq jarayon qayerda, qanday va kimlar tomonidan amalga oshirilishi haqida. Bolalarga matematik bilim berishda ota-onalar uyda qanday ishlarni davom ettirishlari, qaysi qo’llanmalardan foydalanishlari lozimligi haqida tarbiyachi tomonidan uyushtiriladigan suhbatlar.



Mustaqil ish: Oilada tarbiyalanayotgan bolalarni matematik tushunchalarini rivojlantirishga oid ota-onalar uchun maslahatlar, tavsiyalar, ko’chma papkalar namunalarini tuzish.

40. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirishda MTM va oilaning aloqasi (Amaliy)

Bolalarning matematik bilimlarini rivojlantirishda MTM va oilaning aloqasi. Bolani sanashga qanday o’rgatish kеrak? Sanoq mashg’ulotlarini oilada tashkil etish.

Bolalarning aqliy rivojlanishida o’lchash bilan tanishtirishning ahamiyati. Matematikaga oid ko’rgazmali qurollar, oilada maktabga tayyorlashga oid yangi o’quv qo’llanmalar bilan tanishuv.

Ota-onalar farzandlarini matеmatikaga o’rgatish ishini masalalardan boshlashlari. Ota-onalar farzandlari bilan shug’ullanganlarida o’yin mеtodlaridan foydalanishlari.Bolalarning oiladagi o’yinlarini qiziqarli matеmatik o’yin qo’llanmalari asosida tashkil etish(ota-onalar uchun maslahatlardan namuna).

Ota-onalar majlisining taxminiy tеmatikasi. MTM-larga qatnamaydigan olti yoshli bolalarni maktabda o’qishga tayyorlashda foydalaniladigan mashg’ulotlar jadvali. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning matеma­tik tushunchalarini rivojlantirishda oila bilan ishlashining ahamiyati.

Amaliy mashg`ulot-aniq maqsadga qaratilgan va ta`lim beruvchi tomonidan boshqarib turiladigan , aniq bir topshiriqni bajarish uchun kerakli nazariy darslarda olingan maxsus bilimlar asosida malaka va ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida olib boriladigan rejali didaktik harakatlarga aytiladi.

Nazaruy darsda kerakli maxsus bilimlar amaliy darsga nisbatan ilgariroq berilishi ta`minlanlanadi. Amaliy mashg`ulotlarda ta`lim beruvchi ish o`rnida faqat ish topshiriqlariga tegishli qo`shimcha bilimlarni berishi kerak. Agarda amaliy mashg`ulotlarda ta`lim beruvchi ta`lim oluvchilarning dastlabki bilimlarida kamchilik borligini aniqlasa, u kerakli nazariy bilimlarni beradi.



Seminarlar: Seminar mashg’ulotlarini tayyorlash jarayonida o’quvchilarga adabiyotlardagi materiallarni qunt bilan o’rganib chiqish, fanga doir referat tayyorlash, amaliy matematik topshiriqlar bajarish shuningdek ish natijalari jamoa bo’lib muhokama qilishni tavsiya etish. Seminar darslarda o’quvchilarni olgan nazariy bilimi va amaliy malakalari baholanadi. Seminarlarni tashkil etishda va o’tkazishda ilg’or pedagogik va innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish shakllari, (guruhlarda ishlash, davra suhbatlari, muhokamalar) metodlari va ta’lim vositalari, multimedia tizimlari, kodoskoplardan foydalaniladi.

Mustaqil ishlarga ko’rsatmalar

O’qituvchi mustaqil ish soatlarini uyushtirishga tayyorgarlik ko’rar ekan o’quvchilarning mustaqil o’rganishlari uchun o’quv materialini tanlaydi, o’quv faoliyati, maqsadi, vazifasi , natijasi va uning baholash mezonini belgilaydi. O`qituvchilar o`quvchilar tomonidan bajarilgan mustaqil ishlarni o`z vaqtida yig`ib, baholab, ularning eng yaxshi natijalarini mеtod xonaga topshiradilar. O`quvchilarning joriy nazorat , oraliq nazorat va yakuniy nazorat ishlarini baholash jarayonida ularni fanlardan nazariy va amaliy bajargan mustaqil ishlarining natijalarini hisobga olgan holda baholanadilar. O`quvchilarning mustaqil ishlarini baholash tartibi, asosan, har bir fan o`qituvchisi o`z fani bo`yicha o`quvchilarga fanni chuqur o`zlashtirishni ta'minlashlari uchun nazariy va amaliy jihatdan mustaqil ishlar bеrish va natijalarini baholash bo`yicha alohida qayd jurnali yuritadi, hamda har 45 kunda guruh o`quvchilarining mustaqil ish natijalari fan kafеdralarida muhokama qilinib, natijalar umumlashtiriladi. Har 45 kunda mustaqil ish natijalari o`rganilib mеtod xonaga «monitoringi» chiqarib qo`yiladi.

O`quvchilarda o`z bilimini tеkshirish malakasini rivojlantirish maqsadida uyda kitob bilan ishlash orqali darsda olingan bilimlarni mustahkamlash, qo`shimcha adabiyot, ro`znoma, jurnallardan yangiliklarni o`rganish, o`quvchilarning o`quv matеriali mazmunini tushinish uchun ularni rеja asosida o`qish , mantiqiy tuzilmaviy sxеmalar, jadvallar, rasmlar shaklida ifodalash, konspеkt yozish kabi amaliy ishlarga o`rgatiladi. O’quvchilarni mashg’ulotlarga jalb qilish uchun mustaqil soatni noan’anaviy usullarda va har xil o’yinlardan foydalangan holda tashkil etiladi. Mustaqil soatlarda o’qituvchi va o’quvchi hamkorlikda ishlaydi. Mashg’ulotlarni “Zinama - zina”, “Mo’jizalar maydoni”, “Aqliy hujum”, “Intelektual ring” kabi o’yinlar yordamida tashkil etish o’quvchilarni ijodiy fikrlashga va mustaqil izlanishga o’rgatadi. Bunda imkon boricha axborot texnologiyalari, kompyuterlar, radio tarmoqlari va boshqa o’quv-texnik vositalaridan unumli foydalanish ularning fanga bo’lgan qiziqishini yanada orttiradi.



Kurs ishlarini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar :

Kurs ishi mavzulari ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar bo’yicha tanlanib u fan uyushma yig’ilishlarida ko’rib chiqilib tasdiqlanadi. Kurs ishi mazmuni MTM-lardagi ilg’or pedagogik texnologiyalar, matbuotdagi yangiliklar, o’quvchilarning o’quv yurtida o’qish davrida olgan nazariy bilimlari va amaliy ko’nikmalariga mos bo’lishi kerak. Kurs ishi mavzusi o’quvchilarga o’quv yili boshida berilib ularga rahbar tayinlanadi va ular bilan kurs ishi mavzularini yoritish bo’yicha maslaxatlar tashkil etiladi. Ushbu maslaxatlar chog’ida o’quvchilarga kurs ishining maqsadi, mohiyati uning bajarilishining namunaviy rejasi, zarur bo’lgan materiallarni topish usullari bo`yicha ko`rsatmalar beriladi. Kurs ishini baholashda mavzuning dolzarbligi, ta’lim sohasidagi ahamiyati uning sifati va bezatilishi, o’quvchining amaliyotdagi kuzatuv ishlari, mustaqil fikrlari, ijodiy ishlari, qo’shimcha adabiyotlardan kengroq foydalanganligi inobatga olinadi.



Kurs ishiga rahbarlarik qilishda quyidagilar e’tiborga olinadi. Kurs ishi mavzularini tanlash va har bir bitiruvchi uchun individual topshiriqlar berish. Kurs ishi mavzusini yoritishda kerak bo’lgan savollar va materiallarni o’rganish va to’plashda yordam berish. Kurs ishini yozish tartibi va ketma-ketligi uning hajmi va mazmuni bo’yicha maslahatlar beriladi. O’quvchilarga zarur adabiyotlar va uslubiy qo’llanmalar tanlash va kurs ishini sifatli bajarishni nazorat qilib boradi.

Kurs ishini quyidagi mavzular bo’yicha yozish tavsiya etiladi:

  1. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni aqliy rivojlantirishda matematik bilimlarning ahamiyati;

  2. Oila tarbiyachisining oilada tarbiyalanayotgan bolalarni matematik tushunchalarini rivojlantirish;

  3. Ilk yoshdagi guruh bolalariga buyumlarning miqdoriy munosabatlari, shakli, o’lchami haqidagi tushunchalarni berish;

  4. Ilk yoshdagi guruh bolalarini matematik tushunchalarini rivojlantirishda M. Montessori materiallarining ahamiyati;

  5. Kichik yoshdagi bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirish;

  6. O‘rta guruh yoshidagi bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirish;

  7. Maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada matematika bo’yicha ishlarni rejalashtirish;

  8. Bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirishda qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollar, ularning tutgan o’rni va ahamiyati;

  9. Bolalarni aqliy rivojlantirishda matematik o’yinlarning ahamiyati;

  10. Bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirishda “Rivojlantiruvchi o’yinlarning ahamiyati”;

  11. Katta guruh yoshidagi bolalarining matematik tushunchalarini rivojlantirish;

  12. Katta guruh yoshidagi bolalarining kattalik haqidagi tushunchalarini rivojlantirish;

  13. Katta guruh yoshidagi bolalarining geometrik shakl haqidagi tushunchalarini rivojlantirish;

  14. Katta guruh yoshidagi bolalarining vaqtni chamalash haqidagi tushunchalarini rivojlantirish;

  15. Tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarining matematik tushunchalarini rivojlantirish;

  16. Tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarini raqamlar bilan tanishtirish;

  17. Tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarini arifmetik masalalar tuzish va yechishga o’rgatish;

  18. Tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarini o’lchashga o’rgatish;

  19. Tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarining geometrik shakl haqidagi bilimlarini rivojlantirish;

  20. Tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarini vaqtni chamalash haqidagi tushunchalarini rivojlantirish;

  21. Maktabgacha ta’lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhi yoshidagi bolalar uchun qiziqarli matematik musobaqali o’yinlarni tashkil etish;

  22. Bolalarning ilk matematik tushunchalarini rivojlantirishda maktabgacha ta’lim muasassasi va oila o‘rtasidagi hamkorlik;

Fan dasturining informasion-uslubiy ta`minoti

O`qitishda axborot texnologiyalari va texnik vositalardan foydalanish samaradorligini oshiruvchi: kompyuter va uning lokal tarmoqlari, multimediali vositalar: Dell tipidagi proektor, DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko’z (glazok) kabi didaktik vositalardan kehg foydalanish zarur. O`quvchilarning “Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi” fanini puxta o’zlashtirishini ta`minlash maqsadida o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan, yangi informatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma`ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma`ruza, amaliy darslariga mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalar tatbiq etiladi.



Foydalanilgan asosiy darslik va o`quv qo`llanmalar, elektron ta`lim resurslari hamda qo`shimcha adabiyotlar ro`yxati:

1. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni T.1997

2. O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T.1997

3. I.A.Karimov “Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyoti poydevori” T.1997

4. I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” T.1997

5. O`zbekiston Pespublikasi Prezidentining qarori “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida” “Kasb- hunar ta`limi” jurnali 2012yil №3

6. “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yilgan Davlat talablari” O`zRXTB. MMXQTMORO`MM 2012

7. “Bolajon” tayanch dasturi. Toshkent. O`zRXTB. MMXQTMORO`MM. 2010 yil

8. N.U.Bikbayeva “Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish” O’qituvchi. Qo’llanma.-1995.

9. R.Kurmakayeva . “Elementar matematika rejalari” Toshkent. «Fan» nashriyoti, «Nur» Qo’llanma - 1992. .

10. M.E.Jumayev. “Bolalarni matematik tushunchalarini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi” Toshkent. «Ilm-Ziyo» Qo’llanma - 2005.

11. Z.A.Raxmonqulova, N.Qurbonova “Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish” O`zRXTB. MMXQTMORO`MM “Lider press” Toshkent 2009

Ushbu fanni o`qitishda turli axborot kommunikasiya resurslaridan, hamda boshqa o`quv, ilmiy va uslubiy ma`lumotlar manbalaridan keng foydalaniladi.

Axborot-resurs markazining VEB sayti



Steel0708@mail.ru www.tashped.zn.uz

ARMning elektron pochta manzili: Saodat 28 mail. ru

Ta`lim muassasasi internetga “ZIYO-Net” tarmog`i orqali ulangan.

Kollejning VEB sayti www.toshped.zn.uz.

Kollejning elektron pochtasi E-mail.toshpedkollej@mail.ru. mavjud.

Qo’shimcha adabiyotlar:

1. M. Daminova.T.Adambekova. “O’yin mashg’ulotlari” 1-sinf uchun Toshkent. «O’qituvchi». Qo’llanma-1993

2. Z.A.Valiyeva.Yo.U.Muniboеv. “Iqtisod alifbosi” 1-sinf Toshkent. «Sharq». Qo’llanma-1997

3. N.U. Bikbayeva “Matematikadan jadvallar” Toshkent. MTM tayyorlov guruhlari uchun tavsiya. «O’qituvchi»-1995 yil.

4. Qudrat Do’stmuhammad. “1 dan o’ngacha” MTM tayyorlov guruhlari uchun tavsiya Toshkent. «Sharq»-2000

5. P. Ibrohimova. “Matematik hazillar, topishmoqlar, labirintlar” «Kichik yoshdagi o’quvchilar, ota – onalar va tarbiyachilar uchun» Toshkent. «O’qituvchi» -1996.

6. Sh.Boltayeva.“O’ynaymiz, o’ylaymiz, aqlimizni charxlaymiz” UICC «Uzincomcenter» MTM tayyorlov guruhlari uchun tavsiya Toshkent- 2002 yil.

7. E.A.Bondarrenko. “Готовимся к школе”, “Играя развиваем мышление” Mосква ЗАО «БАО – ПРЕСС». MTM tayyorlov guruhlari uchun tavsiya-2005

8. N.A.Muratova. “Математика” для обучения детей в д/с и дома. Екатеренбург. У-Фактория». Qo’llanma-2002

9. Jukova “Энциклопедия развития и обучения для дошкольников”. Санкт – Петербург, Москва. НЕВА». Энциклопедия- 2005.

10. З.А.Михайлова “Игровые занимательные задачи для дошкольников”. Москва «Просвещение»- 1985.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB –HUNAR TA’LIMI MARKAZI



Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141701-2.11

2012 yil 15 аvgust





Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan



TASVIRIY FAOLIYAT METODIKASI

FANIDAN O’QUV DASTURI
Fan dasturi oliy va o‘rta maxsus . kasb-xunar ta’limi tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil 24 iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Fan dasturi Toshkent pedagogika kollejida ishlab chiqildi bilim sohasi bo’yicha sho’ba kelishuvidan o’tkazildi (16.07.2012 y. № 1 sonli).


Tuzuvchilar:

Karimova Sarayat Abdulxayevna



Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi
















Chervoniyak Natalya Nikolayevana



Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi

























Taqrizchilar:

Xasanova Shaxnoza To’xtasinovna



Nizomiy nomli TDPUning “Maktab-gacha va oilaviy ta’lim” kafedrasi katta o’qituvchisi
















Qodirova Raisa Hakimovna



Toshkent shahar Uchtepa tumani 363- MTM uslubchisi

























Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish