O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha



Download 7,03 Mb.
bet10/35
Sana24.01.2017
Hajmi7,03 Mb.
#988
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35

Toshkent -2012

Kirish
Yoshlarni ma’naviy yetuk, axloqiy, e’tiqodli, izlanuvchan, milliy qadriyatlar va an’analarni davom ettiruvchi kitobxon va mutaxassis qilib tarbiyalash hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biridir. Buning uchun o’quvchilarga badiiy asarning g’oyaviy – badiiy jihatdan baholay olishni, o’zbek tilining go’zalligini his eta olishni, asarni ifodali qilib, uni tahlil qila olishni, o’rganayotgan asarining badiiy ahamiyatini tushunishni, asar qahramonlari haqida mustaqil fikrlay olishni, qahramonlarning hatti - harakatini baholay olishni o’rganishimiz lozim. Bolalar adabiyoti so’z san’ati va tarbiya vositasidir. Bu fan yoshlarni imon-e’tiqotli, kishilar sifatida va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda qudratli quroldir.

Maktabgacha ta’lim muassasalariga tarbiyachilar tayyorlashda. Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish amaliyot fanini o’qitish muhim ahamiyatl kasb etadi. Ta’lim O’zbekiston Respublikasini «Ta’lim to’g’risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’grisida»gi qonunlari talablari asosida tashkil etiladi.

Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish amaliyoti fanning maqsadi yoshlarni ma’naviy yetuk, axloqli, g’oyaviy yetuk e’tiqodli, izlanuvchan milliy qadriyatlar va an’analarni davom ettiruvchi kitobxon va mutaxassis qilib tarbiyalashdan iboratdir.

O’quv mashg’ulotlari turli shakllarda, ma’ruza, suhbat, amaliy ish, seminar, mustaqil ish, bahs-munozara, ilg’or pedagogik hamda innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanib o’tkaziladi.



Fanning maqsad va vazifalari

“Bolalar adabiyoti” fanining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:



  • O’quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og’zaki ijodining o’ziga xos xususiyatlari, uning taraqqiyot bosqichlari bilan tanishtirish;

  • Maktabgacha ta’lim yunalishi o’quvchilariga o’zbek bolalar adabiyoti namoyondalari va ularning ijodi haqida eterli bilim berish;

  • Bolalar adabiyotining paydo bo’lishi, bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan bjg’liqligi haqida tushuncha berish;

  • O’quvchilarni xalq og’zaki ijodi namunalarini tahlil eta olishga o’rgatish, shuningdek, ularni yuksak axloqiylik, ruhiy barkamollik, insoniy qadriyatlarga sodiqlik, ma’naviy merosga muhabbat ruhida tarbiyalash.


Fan bo’yicha o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va

malakalariga qo’yiladigan talablar

Bilimlar: Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bulishi kerak.

  • o’rganilayotgan asardagi yozuvchi yoki shoirning maqsadi, asarning bosh g’oyasi, timsollariga xos xususiyatlarini;

  • asar matnini sharhlashni, qismlarga bo’lib reja tuzishni, timsollarga tavsifnoma bera olishni, topib o’qish, tanlab o’qish, sharxlab o’qish turlaridan foydalana olishni;

  • ifodali o’qish, qayta hikoyalash;

  • o’rganilayotgan asar qaysi yoshdagi bolaga mo’ljallanganligini, qanday tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini mustaqil aniqlay olish;

  • asardagi ba’zi ko’rinishlar hamda, qahramonlarga oid ko’rgazmali qurollar ishlay olish.

Ko’nikma: Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi ko’nikmalarga ega bulishi kerak.


  • bolalarga mo’ljallangan asarlarning o’ziga xos xususiyatlari, g’oyaviy - estetik qimmati, tarbiyaviy maqsadi bilan tanishtirish va shu asarlarni mustaqil tushunib olish ko’nikmasini hosil qilish.

  • bolalar uchun yaratilgan eng yaxshi asarlar haqidagi ma’lumotlarni kengaytirish, barcha yoshdagi bolalarga mo’ljallangan asarlar ustida ishlay olish ko’nikmalarini singdirish.

  • bolalar uchun yozilgan asarlarni mustaqil tahlil qilish, uning axloqiy, estetik tarbiya berishdagi o’rnini aniqlay olish, kitoblarga annotattsiyalar yoza olish ko’nikmasiga ega bo’lish.

  • xalq og’zaki ijodining rang – barang janrlaridan to’g’ri va asosli foydalana olish, o’zbekona axloqiy sifatlarini singdira olish, ravon fikrlay olish ko’nikmalarini singdirish.

Malaka: O’quvchilar qo’yidagi malakalarga ega bo’lishi lozim.

  • O’z kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlarni qabul qila olishi;

  • Matnlarni tahlil qilishi, umumlashtirish va shu asosda xulosa chiqara olish;

  • O’z ustida ishlashi va o’z mehnatini ilmiy asosda tahlil qila olishi;

  • Yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, an’anaviy va noan’anaviy metodlar, ilg’or pedagogik texnologiyalarni fan va mavzularni o’tish chog’ida tanlay olishi.

  • asarlarni ifodali o’qish, ta’sirchan, qiziqarli qayta hikoyalay olish malakasini oshirish;


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan

uzviyligi va ketma-ketligi

“Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish amaliyoti” fani 4,5,6-semestrda o’qitiladi. “Bolalar adabiyoti” fani “Oila psixologiyasi”, “Pedagogika”, “Xalq og’zaki ijodi va bolalar adabiyoti”, “O’zbek adabiyoti tarixi”, “Nutq metodikasi” kabi fanlar bilan o’zaro bog’liq va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketlikda o’rgatiladi.



Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

O’qituvchi ma’lumotlarni to’plashi tanlashi va qayta ishlashi, nazariy va amaliy jixatlarini ko’rib chiqishi, o’rganilgan axborotlardan pedagogik faoliyatda foydalanishi lozim. U shundagina o’quvchining bilish faoliyatini faollashtira oladi. Natijada ularning nazariy bilimini, ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.

O’quvchilarning ushbu fanni samarali o’zlashtirishlarida zamonaviy pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanish, yangi information pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish, multimediya tizimidan foydalanish, darslarni o’quvchi shaxsiga yunaltirilgan holda tashkil etish muhim ahamiyatga ega.

Darslarni o’qitishda ta’lim tizimiga kirib kelgan ”aqliy hujum”, “interaktiv”, “bumerang”, “klaster” kabi metodlar, “o’rgimchak to’ri”, “issiq kartoshka” kabi o’yinli texnologiyalardan foydalangan holda tushuncha beriladi.



Asosiy qismga ko’rsatmalar

Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish fani bo’yicha tuzilgan dasturdagi o’tiladigan mavzular ketma – ketlikda keltirilgandir. Dasturning asosiy qismda bolalar adabiyoti fanining o’ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari, shuningdek, xalq og’zaki ijodi va uning turlari, bolalar adabiyotining rivojiga hissa qo’shgan atoqli yozuvchi, shoirlarning hayot yo’li, ijodiy faoliyati yosh avlodni tarbiyalashdagi o’rni bilan tanishtiriladi.

Nazariy mashg’ulotlarda bolalar adabiyoti namoyondalarining ijodi, o’ziga xos uslubi asarlarining tarbiyaviy ahamiyati keng atroflicha tahlil etiladi.

Amaliy mashg’ulotlarda esa o’rganilgan adib, shoirlarning eng yaxshi sara asarlaridan namuna yoki parcha o’quvchilar bilan o’qiladi va asarning g’oyaviy mazmuni, badiiy qimmati, estetik va tarbiyaviy jihatdan ahamiyati ochib beriladi. Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilarni faol ishtirok etishga yo’naltiriladi.



Seminar mashg’ulotlarda ham talabalarni ijodiy izlanib adabiyotning o’rganilmagan ayrim nazariy tomonlarini tahlil qilishga mustaqil tarzda ilm-fan bilan shug’ullanib, ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilishga, yangi original fikrlarni o‘rtaga tashlashga o’rgatib boriladi.
Fanning mavzuviy taqsimlanishi




Fanning mavzulari nomi

Umumiy yuklama soat


Hammasi

Darslar turi buyicha soatlar taksimoti

(Auditoriya yuklamalari)

Mustaqil ish

Jami

Nazariy (ma'ruza)

Amaliy

Daboratoriya ishi

Sеminar

Kurs loyixasi




I-Bo’lim: 1-bob. Kirish.

8

6

3

2




1




2

1

Bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari

2

2

2
















2

Maktabgacha tarbiya muassasalarida va oilada bolalar kitobxonligi. Xalq og’zaki ijodi

2

2

1

1













3

Kichik folklyor janrlari Ertaklar va uning turlari. O’zbеk xalq ertaklari. Oilada ertaklarni o’qish va qayta hikoya qilish.

4

2




1




1




2




2-bob. X-XVII asr bolalar kitobxonligi

6

4

2

1




1




2

4

O’zbеk bolalar adabiyoti tarixi A.Navoiy. Oilada A.Navoiyning ijodini o’rganish. Navoiyning ahloq va odob mavzusidagi ruboiylarini yod olish. A.Navoiy ijodi-oltin mеros

6

4

2

1




1




2




3-bob. XVII-XIX asr o‘rtalarigacha bo’lgan davrdagi o’zbek bolalar adabiyoti

4

2

1

1










2

5

M.Sh.Gulxaniy

4

2

1

1










2




4-bob. O’zbek bolalar adabiyoti taraqqiyot bosqichi

42

30

23

2




5




12

6

Abdulla Avloniy

2

2

2
















7

Hamza Hakimzoda Niyoziy

2

2

2
















8

G`ofur G`ulom

2

2

1







1







9

Quddus Muxammadiy

2

2

2
















10

Ilyos Muslim

2

2

2
















11

Zafar Diyor. Z.Diyorning ertaklari haqida

2

2

1







1







12

Shukur Sa'dulla

2

2

1

1













13

O’tkir Rashid

1

1

1
















14

Po’lat Mo’min Po’lat Mo’min drammaturg

4

2

1







1




2

15

Uyg’un

2

2

2
















16

Qudrat Hikmat

2

2

1

1













17

X.To’xtaboyеv X.To’xtaboyеv –sarguzasht janr ustasi

4

2

1







1




2

18

Farhod Musajon

4

2

1







1




2

19

Latif Maxmudov

2

2

2
















20

Miraziz A'zamov

3

1

1













2

21

Tursunboy Adashboеv

3

1

1













2

22

Anvar Obidjon

3

1

1













2




5-bob. Rus bolalar adabiyoti

2

2










2







23

A.S.Pushkin.A.S.Pushkin-mashhur rus ertakchisi.

1

1










1







24

K.I.Chukovskiy K.I.Chukovskiyning ijodi-maxorat maktabi

1

1










1










6-bob. Jahon bolalar adabiyoti

10

6

3

2




1




4

25

Jahon bolalar adabiyoti Sharl Pеrro

4

2

1

1










2

26

Aka-uka Grimmlar

2

2

1

1













27

Xans Kristian Andеrsеn X.K.Aпdеrsеn ertaklarining mashhurligi

4

2

1







1




2




II-bo’lim: 1-bob. Kirish.

16

10

4

4




2




6

28

Ifodali o’qish va uning ahamiyati notiqlik san'ati tarixidan Artikulyatsiya. Diktsiya Orfoepiya.

2

2

1







1







29

Urg’u va pauza. Ularning turlari

2

2

2
















30

Intonatsiya va uning asosiy elеmеntlari.

3

1

1













2

31

Shе'riy asarlarni ifodali o`qish

1

1




1













32

Ifodali o’qish matnlari ustida ishlash.

1

1




1













33

Ijodiy hikoya yozish va uni ifodali o`qish

3

1




1










2

34

Badiiy asarlarni sahnalashtirish. Teatr turlari

4

2




1




1




2




JAMI:

88

60

36

12




12




28


Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni

ASOSIY QISM

I-Bo’lim. 1-bob. Kirish.

1. Bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari

Bolalar adabiyoti umumbadiiy adabiyotning ajralmas bir qismi ekanligi. Bolalar adabiyotining o`ziga xos tomonlari kattalar adabiyotidan farqi. Bu adabiyotning tarbiyaviy xususiyati bolalarning yoshi saviyasiga mos bo`lishi. Mavzular tushunarli va sodda badiiy pishiq til orqali ifodalanishi. Bu adabiyotning pеdagogika va psixologiya fanlari bilan mustahkam bog`liqligi.



2. Maktabgacha tarbiya muassasalarida va oilada bolalar kitobxonligi. Xalq og’zaki ijodi.

Bolalar kitobxonligi va uning turlari. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga tavsiya etiladigan asarlar. Mazmunining soddaligi, rasm va bo`yoqlarga boyligi.

Kichik maktab yoshidagi bolalar kitobxonligi. Bu yoshdagi bolalarga o`qish uchun tavsiya etiladigan asarlarni hajmi kengayib, mazmuni bir muncha murakkablashib boradi.

O`rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi. Bu yoshdagi bolalarga kitorblar tavsiya etishda ota-onalar va o`qituvchilarning vazifalari. Xalq og’zaki ijodi hamma zamonlarda ham ijod chashmasi bo’lib kelgan. Ibtidoiy jamoa tuzimi davridan boshlaboq xalq og’zaki ijodini paydo bo’lganligi.



3. Kichik folklyor janrlari. Ertak va uning turlari. O’zbek xalq ertaklari. Oilada ertaklarni o’qish va qayta hikoya qilish.

Bolalar bog’chasida xalq og’zaki ijodini o’rganish.

Folklyor xalq hayoti, urf-odati, tabiati, ezgu tilaklari va orzulari: ularning qahramonlik, vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg`ulari. Haqiqat, adolat va baxt haqidagi o`y va tushunchalarning berilishi. Til boyligi va badiiyligi.

Qo`shiqlarning rang-barangligi. Maqollar, tez aytish ularning g`oyaviy va tematik boyligi janr xususiyatlari. Bu asarlarning tarbiyaviy ahamiyati. Bolalar ertaklari. Ertaklar – xalq og`zaki poetik ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan biri ekanligi. Ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati.

Amaliy mashg’ulot. Qo’shiqlar turlari. Maqollar, tez aytish ularning g’oyasi, xususiyatlari. Bu asarlarning tarbiyaviy ahamiyati. O’z shahrida, qishlog’ida, oilasida sevib o’qiladigan kichik folklyor janlarlari matnini o’qish va yod olish

Bolalar bog’chasida xalq og’zaki ijodini o’rganish. “Ur to’qmoq”, “Ochil dasturxon”, “Chivinboy”, “Qumursqa” va boshqalar.



Mustaqil ish. Hayvonlar yoki tabiatdagi o’simliklar haqida o’zi ijodiy ertak tuzish.
2-bob. X-XVII asr bolalar kitobxonligi

4. O’zbek bolalar adabiyoti tarixi. A. Navoiy. Oilada Navoiyning ijodini o’rganish. N.Avoiyning axloq va odob mavzusidagi ruboiylarni yod olish.

Hozirgi zamon o`zbek bolalar adabiyot va uning tarixi. O`zbek bolalar adabiyotining tarixiy taraqqiyoti. Bu adabiyotning maydoniga kelishda xalq og`zaki ijodining barakali ta'siri, qadimgi maktab va darsliklar. Maxmud Qoshqariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy va boshqalarning ijodida ilm ma'rifatning targ`ib qilinishi.

Shoirning qisqacha tarjimai holi. «Hayratul – abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» dostonlarining ba'zi boblari bola tarbiyasiga mosligi. Axloq-odob, kasb-hunarga intilishi. Inson va insoniylik. «Lisonut-tayr» dostoni asarning ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyati. Navoiyning odob-axloq mavzusidagi ruboiylarning tarbiyaviy ahamiyati.

Amaliy mashg’ulot. Hamsa asaridagi dostonlaridan tarbiyaga oid boblarini o’rganish. Navoiyning axloq va odob mavzusidagi ruboiylarini yod olish.

Seminar mashg’ulot. Ona tili va adabiyotshunosligimizning taraqqiyotida Alisher Navoiyning tutgan o’rni.

Mustaqil ish. A.Navoiy ijodi-oltin meros.
3-bob. XVII-XIX asr o‘rtalarigacha bo’lgan davrdagi o’zbek bolalar adabiyoti

5. M. Sh. Gulhaniy

Gulhaniyning qisqacha tarjimai holi. «Zarbulmasal»ning mavzusi. «Maymun bilan Najjor» masali. Asarda mehnat va hunarning ulug`lanishi. «Tuya bilan Bo`taloq» masalida mehnatkash xalqning jafoli hayoti.



Amaliy mashg`ulot. M. Sh. Gulhaniyning “Zarbulmasal” asaridagi hikoya va masallarni ifodali o’qish, tahlil qilish. Gulhaniyning “Zarbulmasal” asaridagi xalq maqollarini hikmatli so’zlarini yozib tahlil qilish va izohli lug’at tuzish.
4-bob. O’zbek bolalar adabiyoti taraqqiyot bosqichi

6. Abdulla Avloniy

A.Avloniyning qisqacha tarjimai holi. A.Avloniyning pedagogik faoliyati. «Birinchi muallim - Alifbe», «Ikkinchi muallim – o`qish kitobi» o`qish kitoblaridan munosib o`rin olgan asarlari. Ularning tarbiyaviy-ta'limiy ahamiyati. A.Avloniyning yaratgan hikoyalar, ertaklar, qo`shiq va latifalarning bolalar ruhiyatiga mosligi. “Yaxshilik erda qolmas” hikoyasi matni ustida ishlash. Hikoyalarining tarbiyaviy ahamiyati va tahlili.



7. H.H.Niyoziy

H.H.Niyoziyning qisqacha tarjimai holi. H.H.Niyoziyning ta'lim-tarbiya sohasidagi qarashlari. H.H.Niyoziyning ilm-ma'rifat, pedagok mavzusidagi she'rlari. Masallarining mavzusi va g`oyaviy yo`nalishi. «Bolaning yomon bo`lmog`iga sabab bo`lgan onaning jazosi», «Toshbaqa bilan chayon» hikoyalarining bolalar uchun tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirish va hikoyalarni sahnalashtirish.



8. G`.G`ulom.

G’.G’ulomning qisqacha tarjimai holi. «Chittigul», «Avlodlar», «Nortojining kurak tishi», “O’ylashni o’rganamiz” kabi she'rlarining g`oyasi va mazmuni. Bog`chalarda yod olinishi.



Seminar mashg`ulot. G`ofur G`ulom mohir qissanavist. “Shum bola” qissasidagi asosiy obrazlar. MTM bolalariga mos she’rlarini ifodali o’qish, obrazlarda bo`lib o`rganish, tahlil qilish.

9. Quddus Muhammadiy

Q.Muhammadiyning hayoti va ijodiy faoliyati. Q.Muhammadiy o`zbek bolalar adabiyotining yirik vakili. Uning o`zbek bolalar adabiyotida o`ziga xos o`rni. Q.Muhammadiyning dastlabki ijodi. «Temirlar o`yini», “Ochil dasturxon”, “Nafisaoy bilan Kishmishjon”, “Dunyoda eng kuchli nima?” «Dum» she'rlarini ifodali o’qish va yod olish.



10. Ilyos Muslim

Shoirning qisqacha tarjimai holi. Shoirni ijodida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga bag`ishlagan she'rlari. «Tilla qo`ng`iz», «Oyxon va rayhon», «Ishchan asalarilar», «Boychechak» kabi asarlarni mavzu jihatdan rang-barangligi. Shoirning yumoristik asarlari va ularning tarbiyaviy ahamiyati. Shoirning “Turnalar”, “Sening sovg’ang”, “Oyxon va Rayxon” she’rlarini ifodali yod olish.



11. Zafar Diyor.

Zafar Diyorning ertakari haqida.

Z.Diyorning qisqacha tarjimai holi. She’rlarining kichik bolalarga mosligi. “Kapalak”, “Binafsha”, “To’p” she’rlarining bolalar ruhiyatiga mosligi. Z.Diyorning she'rlarini yod olish, ertaklari haqida so’zlash va tahlil qilish.



Seminar mashg’ulot. Zafar Diyorning ertaklari haqida. Ertaklarining g’oyaviy xususiyatlari va tarbiyaviy ahamiyati.

12. Shukur Sa'dulla

Shoirning qisqacha tarjimai holi. Sh.Sa'dullaning ijodida kichik bolalarga bag`ishlangan quvnoq she'rlar. She'r va qo`shiqlari bolalarning quvnoq o`yinlari zavqi, shavqi shirali tilda jonli talqin etilishi. Sh.Sadullaning hikoyalarining bolalar tomonidan sevib o`qilishi.



Amaliy mashg`ulot. Sh.Sadullaning “Chol bilan bo’ri” ertagini ifodali o’qish, tahlil qilish va sahnalashtirish.

13.O`tkir Rashid

O`tkir Rashidning qisqacha tarjimai holi. O`tkir Rashid – qo`shiqchi shoir. «Qo`shiqlar guldastasi», «Gulshan diyori», «Keling qo`shiq aytaylik», to`plamlari. O`tkir Rashid bolalar shoiri.



14. Po’lat Mo`min

Po’lat Mo’min –drammaturg.

Shoirning qisqacha tarjimai holi. P.Mo`min Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning zabardast shoiri ekanligi. She'r va qo`shiqlar bog’cha bolalarining jon dili ekanligi. Asarlarining tarbiyaviy ahamiyati. Uning “Mehribon oyijon”, «Ko`ylagim», «Odob va oftob», «Ustozlar» she'rlarini ifodali o’qish va yod olish «Oltinoy» asarini sinfda so`zlash.



Seminar mashg’ulot. Po’lat Mo’min drammaturg. Uning drammaturgiyaga qo’shgan hissasi haqida.

Mustaqil ish. Yaxshi fazilat – insonning xusni.

15. Uyg`un

Shoirning qisqacha tarjimai holi. Uyg`unning bolalarga bag`ishlangan to`plamlari. Shoirning ko`pgina asarlarida ona diyorga bo’lgan muhabbatning kuylanishi. «Ikki ona», “Fasllar” she’rlarini ifodali o’qish va bog’cha bolalariga tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirish. «Yolg`onchi cho`pon» ertagining tahlili. Tarbiyaviy ahamiyati.



16. Qudrat Hikmat

Shoirning qisqacha tarjimai holi. «Buvimning deganlari», «Suv», «Uch o`rtoqning sovg`asi», «Oyga – poyga», «Gaz o`choq», «Oq terakmi – ko`k terak», «Bolalar bog`chasi» she'rlari. Bu asarlarda ilgari surilgan g`oya.



Amaliy mashg`ulot. «Bolalar bog`chasi» va boshqa she'rlarini yod olish.


17. Xudoyberdi To`xtaboyev

Xudoyberdi To`xtaboyev – sarguzasht janr ustasi.

Shoirning qisqacha tarjimai holi. Yozuvchining «Shoshqaloq», hikoyalar to`plami. O`zbek bolalar adabiyotida sarguzasht roman. «Sariq devni minib», «Qasoskorning oltin boshi», «Shirin qovunlar mamlakatida» romanlari. «Nihollar nolasi» hikoyasida mehnatni qadrlash, tabiatga muhabbat tuyg`ularini ifodalanishi. «Nihollar nolasi» hikoyasidan parchani ifodali o`qishga mashq qilish.



Seminar mashg’ulot. Xudoyberdi To’xtaboyev-sarguzasht janri ustasi. “Sariq devni minib”, “Shirin qovunlar mamlakatida” romanlari.

Mustaqil ish. “X.To’xtaboyev-sarguzasht asarlar muallifi” mavzusida referat yozish.

18. Farhod Musajon

Adibning qisqacha tarjimai holi. F. Musajonning kichik bolalarga bag’ishlagan jajji hikoyalari. Adibning piessalari. “Sovg’a”, “To’lab ber” hikoyalarini ifodali o’qish va tahlil qilish.



Seminar mashg’ulot.”Tekin tomosha” to’plamidagi hikoyalardan foydalanib parcha sahnalashtirish

Mustaqil ish. Farxod Musajonning “Tekin tamosha” hikoyalar to’plamidan o’ziga yoqqan hikoya asosida senariy yozish.

19. Latif Maxmudov

Shoirning qisqacha tarjimai holi. Adibning hikoya, qissa va drammalarida qahramonlarining axloqiy pokliklari, haloliklari, yaxshi va namunali o`qishga intilishlari. Latif Maxmudning «Cho`qqidagi lola», «Ikki do`st», «Chinor», «Sadoqat», «Jasur bolalar», «Nok» hikoyalarini ifodali o’qish, tahlil qilish.G`oyaviy mavzusi. «Ali bilan Vali» pyessasini rollarga bo’lib ifodali o’qish, asarning g`oyasi, ishyoqmas dangasi, to`palonchi bu ikki o`rtoqning kechinmalari haqida suhbat uyushtirish.



20. Miraziz A'zam

Shoirning qisqacha tarjimai holi. A'zamning she'r, ertak va dostonlari. Adibning «Aqqli bolalar», «Senga nima bo`ldi», «G`alati tush», kitoblari haqida ma’lumot. M.A'zam – maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning qo`shiqchi shoiri ekanligi. «Alla», «Bola va ona» kabi asarlarida ilgari surilgan maqsad.



Mustaqil ish. M.A’zam dostonnavis-qalamkashlardan biri.

21. Tursunboy Adashboyev.

Shoirning qisqacha tarjimai holi. T.Adashboyevning «Kamolning olmasi», «Biz sayohatchilar», «Sovg`a», «Sichqonning orzusi» kitoblari. MTM bolalari uchun yozgan she’rlarining tarbiyaviy ahamiyati.



Mustaqil ish. Shoir ijodidan kitobcha yaratish.

22. Anvar Obidjon

Shoirning qisqacha tarjimai holi. Adib istedodli bolalar shoiri, drammaturgi. Uning «Masqaraboz bola», «Baxromning hikoyalari», «Daxshatli meshpolvon», «Obidjon uning do`stlari», «Qo`ng`iroqli yolg`onchi» kitoblari. A.Obidjonning «Paxta», «Uzum», «Bodring» she'rlarini kichik yoshdagi bolalarga mosligi.



Mustaqil ish.“Anvar Obidjon-mutoyiba va hajv ustasi” mavzusida referat yozish.

5-bob. Rus bolalar adabiyoti.

23. A.S.Pushkin

A.S.Pushkin-mashhur rus ertakchisi.

Shoirning qisqacha tarjimai holi. Pushkin ertaklarining bolalar kitobxonligida katta ro‘l o`ynashi “Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak”, «Shox Saltan va uning azamat o`g`li knyaz Gvidon» haqida ertaklarining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari bilan ajralib turishi. Ertaklar zaminida insoniylik, to`g`rilik, halol va poklik yotganligi.



Seminar mashg’ulot.A.S. Pushkin-mashhur rus ertakchisi. Ertaklarining mavzusi qiziqarliligi va tarbiyaviy ahamiyati.
24. K.I.Chukovskiy.

K.I.Chukovskiyning ijod-mahorat maktabi.

Shoirning qisqacha tarjimai holi. Chukovskiy yirik prozaik, so`z ustasi ekanligi. Kitobxonlar xurmatini qozonishi. «Doktor Voyjonim» asari bir umr bolalarga shodlik quvonch bag`ishlab kelayotganligi. «Voyjonimning» oqko’ngilligi - mehribonligi, jonkuyarligi, hayvonlar bilan inoq do`stligi. «Doktor Voyjonim», «Yuvin dumbog`im» asarlarini ifodali o`qish va tahlil qilish hamda tarbiyaviy ahamiyatini aniqlash.



Seminar mashg’ulot. Chukovskiyning ijod-mahorat maktabi. «Yuvin dumbog`im», «Suvarakxon», «Pasha – xarxasha», «Barmalel», «Telefon», «O`g`irlangan quyosh» asarlarida bolalik olamining o`ziga xos xususiyatlarining aks ettirilishi.

6-bob. Jahon bolalar adabiyoti

25. Jahon bolalar adabiyoti. Sharl Perro

Adibningning qisqacha tarjimai holi. Perroning badiiy ertak asoschisi sifatida mashhurligi. «Qizil qalpoqcha», «Etik kiygan mushuk», “Uyqudagi malika” asarlari bilan jahonga tanilganligi. Perro qahramonlari o`z mexnatsevarliklari, bilimdonliklari, saxiyliklari bilan ajralib turishlari. «Qizil qalpoqcha» ertagi qahramoni sog`lom tetik quvnoq qizcha.



Amaliy mashg`ulot. «Qizil qalpoqcha» ertagidan sahna ko`rinishini tashkillashtirish..

Mustaqil ish. “Sh.Perro ertaklarining mashxurligi” mavzusida referat yozish.

26. Aka – uka Grimmlar

Shoirning qisqacha tarjimai holi. “Aka – uka Yakub va Vilgel'm Grimmlar”ning ertakchilik faoliyatlari. Ular ijodining janri mazmundorligi. Har bir ertakda saxiylik, mehnatsevarlik o`rni. Grimmlarning «Quyon bilan tipratikan», “Bo’ri va tulki” asarlari masal janriga yaqin turishi. “Botir tikuvchi”, “Bremen muzikachilari” kabi ertaklari o’zbek bolalarining sevimli asarlariga aylanganligi,ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati.



Amaliy mashg`ulot. Ertaklarni ifodali o`qish, va tarbiyaviy ahamiyatini tahlil qilish.

27. Xans Kristian Andersen

Shoirning qisqacha tarjimai holi. X.K.Andersen ertaklarining qahramonlari , ularning samarali mehnatlari, aql-idroklari, axloq-odoblari bilan yosh kitobxonga ta'sir etishi.



Seminar mashg’ulot. Andersining «Irkit o`rdakcha», «Duyumchaxon», «Qirolning yangi ko`ylagi», «Qor malikasi» singari ertaklarining mashhurligi.

Mustaqil ish. Oilada o`zbek va jahon bolalar adabiyotini namunalaridan kutubxona tashkil etish

Bunda ota – onalarga qo`yiladigan talablar. Bolaning kitoblarga bo`lgan munosabatini tarbiyalash. Tanlangan kitoblar mazmunligi, rang-barangligiga e'tibor berish. Bolalarni badiiy asarlariga qiziqishini uyg`otish. Nutqni ravonligini mazmundorligini tarbiyalash.


II-bo’lim. 1-bob. Kirish.

28. Ifodali o`qish va uning ahamiyati notiqliq sa'nati tarixidan Artikulyatsiya.

Diksiya. Orfoepiya.

Ifodali o`qish va hikoyalash haqida tushuncha. Ifodali nutq – sa'nat turlaridan biri, bolalarga ifodali o`qib berish, va hikoyalashning ta'lim – tarbiya berishdagi ahamiyati. Ifodali o`qib berishning maqsad va vazifalari. Manbaa va vositalari. Artikulyatsiya, nutq organlari harakati. Diktsiya. Diktsiya haqida ma'lumot. Diktsiya notiqlarning asosiy quroli ekanligi. Orfoepiya adabiy talaffuz qoidalariga amal qilib to`g`ri, aniq, ravon so`zlash. Orfoepiya mashqlar Orfoepik lug`at bilan ishlash. Unli va undosh tovushlar talaffuzi. Jarangli va jarangsiz, qorishi, portlovchi, sirg`aluvchi, sonor, undoshlar talaffuzi. Unlilarni, undoshlarni, so`ngra so`zlarni ravshan talaffuz qilish mashqlari.



Seminar mashg’ulot. Ifodali o`qish san'atining asosiy vositalaridan nutq texnikasi Nutq texnikasi haqida tushuncha. Nutq organlari va ularning faoliyati. Nutq organlari faoliyatining ifodali o`qishda ahamiyati. Nutq texnikasining tarkibiy qismi: Nafas, ovoz, diktsiya. Nafas haqida ma'lumot. Ifodali o`qishda nafas olish va chiqazishning o`rni.

29. Urg`u va pauza. Ularning turlari

Urg`u haqida tushuncha. So`z va mantiq urg`u haqida ma'lumot. So`zning to`g`ri talaffuzidagi urg`uning ro’li. Ifodali o`qishda urg`uning ahamiyati.

Pauza haqida tushuncha. Pauzaning turlari. Matnda pauzaning ahamiyati.

So`zning to`g`ri talaffuzidagi urg`uning ro’li. Ifodali o`qishda urg`uning ahamiyati. Urg’u turlaridan foydalanib asarlar o’qishni mashq qilish.



30. Intonatsiya va uning asosiy elementlari.

Intanatsiya haqida umumiy ma'lumot. Intanatsiyaning nutqdagi g`oyasi. Emotsional xususiyatlarini ochuvchi ifoda belgilaridan biri. O`qish sur’ati ovoz o`zgartirishning intanatsiyadagi o`rni. His – tuyg`u, asar g`oyasi, yozuvchi maqsadi, fikr va kayfiyatidan kelib chiqishi. Intonatsiya me'yorlari: individual, normativ intonatsiya.



31. She'riy asarlarni ifodali o`qish.

Amaliy mashg’ulot.She'rni, she’riy asarlarni, dostonlarni o`qishda vazn, qofiya va ritmni belgilash. Mavzu hamda g`oyasini aniqlash, she'r g`oyasini ochuvchi bandlarni topish.

She'riy asarlarni ifodali o`qish.

She'riy nutqni mazmuni.

She'r va uning elementlari, qofiya, vazn, ritm, haqida ma'lumot. She'r o`qishni o`ziga xos xususiyatlari. Asar mazmunini ochishda his hayajonga e'tibor berish. Lirik publistik she'rlar.



32. Ifodali o’qish matnlari ustida ishlash

Ifodali o`qish matnlari ustida ishlash. Ifodali o`qish matnlar ustida ishlash uchun avvaldan tayyorgarlik ko`rishning afzalligi. Mavzu bilan tanishtirish. Temp va muhit. O`qish va tanlangan asarlarni analiz qilish.



Mustaqil ish.“Ifodali o’qishni o’rganishda matn ustida ishlashning ahamiyati” mavzusida ma’ruza tayyorlash.

33. Ijodiy hikoya tuzish va uni ifodali o’qish

Amaliy mashg’ulot. Ijodiy hikoya – bu hikoya turini faqat maktabgacha tayyorlov guruh, kichik maktab bolalari tuzishadi. Bunda ular xayoli, uydirma va hayotiy tajribalarini ham ishga solib bunda murakkab bo`lmagan hikoya va ertaklarni to`qiy oladilar.

34. Badiiy asarlarni sahnalashtirish. Teatr turlari.

Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar uchun badiiy asarning sahnalashtirishning ahamiyati va turlari. Barmoq qo`g`irchoq teatri, soya, paxmoq o`yinchoq, drammalashtirilgan o`yinlar haqida ma'lumot.



Amaliy mashg’ulot. Barmoq qo`g`irchoq teatri. Barmoq qo`g`irchoq teatrining o`ziga xos xususiyatlari. Barmoq qo`g`irchoq teatri uchun asar tanlash.

Seminar mashg’ulot. O`zbek xalq ertaklariga ekran tayyorlash, o`quvchilarni rollarga bo`lib, so`zlarni yod oldirish, hamda teatrni namoyish qilish texnikasini o`rganish.

Mustaqil ish.Teatrga tarbiyachining tayyorgarligi ekran, asar qahramonlari, siluet, senariy tayyorlash.

Amaliy va seminar mashgulotlarini tashkil etish.

“Bolalar adabiyoti” fani bo’yicha seminar va amaliy darslar jadvalda ko’rsatilgan mavzular yakunida tavsiya etiladi. O’qituvchi talablarning bilim saviyasi va o’qitish shart-sharoitlaridan kelib chiqib bu mashg’ulotlarni tashkil etadi. Seminarlarni tashkil etishda o’quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi, reja bajariladi.

Seminar va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda davlat dasturlari, qabul qilingan yangi qarorlar, maktabgacha yosh bilan bog’liq bo’lgan dasturlardan, internet ma’lumotlaridan foydalanish va mazmunan bog’lash maqsadga muvofiqdir.

Seminar mashg’ulotlariga tayyorlanish jarayonida o’quvchilar adabiyotlardagi ma]lumotlarni qunt bilan o’rganib chiqish, mavzuga doir matn tayyorlash, tadqiqt metodlari asosida tajribalar o’tkazish, shuningdek ish natijalarini jamoa bo’lib muhokama qilish tavsiya etiladi. Seminar darslarda o’quvchilarning olgan nazariy bilimi va amaliy malakalari baholanadi.seminar amaliy mashg’ulotlarini o’tkazishda ilg’or pedagogic va innovatsion texnologiyalardan, internet saytlaridan, multimedia tizimlari, prezentatsiylar, kodoskoplardan foydalaniladi.



Mustaqil ishga ko’rsatmalar

Ma'lumki, mustaqil ish jarayoni har bir o’quvchi va talabada o’zgalarning yordamisiz ijodiy fikrlash mutolaa qilish, u yoki bu asar haqida fikr bildirib tanqid qilib yoki ijobiy baholash kabi malakalarini egallashga yordam beradi.

Badiiy adabiyotni, yozuvchilar ijodini mustaqil o’rganish jarayonida o’quvchilarning tafakkur doirasi yanada kengayadi, so’z boyligi ortadi, nutq madaniyatini yaxshiroq egallaydi. Asarni tahlil qilib uning badiiy qiymatini tushunadi va shu asosida estetik didi tarbiyalanadi, uning dunyo qarashi kengayadi.

O’quv rejasida bolalar adabiyoti ifodali o’qish fanidan 43 soatlik mustaqil ish bajariladi. Mustaqil ish turlari quyidagilardan iborat:

Bayon yoki insho yozish

Ma'ruza yozish

Referat yozish

Taassurot yozish

Tavsifnoma yozish

Fotoalbom va to’plam tayyorlash.

Test savollari tuzish

Izohli lug’at tuzish

Ijodiy hikoya va ertak yozish

U yoki bu asarni tahlil qilish

Badiiy asardan ko’rgazma tayyorlash «Biror bir sanaga bag’ishlab»

Oilada va sinfda kutubxona tashkil etish.

Kitoblarning kartotekasini tuzish
O’quvchilar yuqorida ko’rsatilgan mustaqil ish turlarini bajarib ma'lum malakani hosil qilishlari zarur.

Bayon yoki insho yozish orqali o’quvchida og’zaki va yozma nutqni tafakkurini rivojlantirish adabiy til xazinasidagi so’zlarni yanada ko’proq o’zlashtirish yozuvchi ijodini to’g’ri baholay olish, malakalarini egallaydi. O’quvchilarni o’zbek tilining izohli lug’ati va boshqa lug’atlardan foydalanib o’zi izlanayotgan yozuvchi yoki shoirning hayoti, faoliyati va ijodiga doir asarlarda uchragan so`zlarning lug’atini tuzish, bu so’zlarga to’liq va to’g’ri izoh berishga o’rgatish.

Raferat yozish jarayonida o’quvchini ilmiy asosda izlanib asl manbaalarga murojaat etib, u yoki bu asarning g`oyaviy mazmunini ochib berishga yo’naltirish, ilmiy ijodiy malakasini orttirish.

Shunday qilib mustaqil ishlash jarayonida o`quvchilarni o`z fikrini bildirishga, u yoki bu matn haqida umumlashma fikrlarni ayta olish va xulosa chiqarish kabi malakalarini egallashga o`rgatish.



Fan dasturining informasion-uslubiy ta`minoti

O`qitishda axborot texnologiyalari va texnik vositalardan foydalanish samaradorligini oshiruvchi: kompyuter va uning lokal tarmoqlari, multimediali vositalar: Dell tipidagi proektor, DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko’z (glazok) kabi didaktik vositalardan kehg foydalanish zarur. O`quvchilarning “Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish amaliyoti” fanini puxta o’zlashtirishini ta`minlash maqsadida o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan, yangi informatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma`ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma`ruza, amaliy darslariga mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalar tatbiq etiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T. Ma’naviyat, 2008.

  2. M.Jumaboyev. «Bolalar adabiyoti». T. “O’qituvchi”. Majmua -2004.

  3. M.Jumaboyev. «Bolalar adabiyoti». T. “O’qituvchi”. Darslik-2003.

  4. M.Jumaboyev. «Bolalar adabiyoti».T. “O’qituvchi”.Darslik-Majmua-2001.

  5. «Bolalar adabiyoti». T. “O’qituvchi”. Majmua-1993.

  6. A.Zunnunov. «Ifodali o’qish asoslari».T. “O’qituvchi”.Qo’llanma-

  7. K.Oripov. M.Obidova «Ifodali o’qish».T. “O’qituvchi’.Qo’llanma-1994.

  8. O.Mamedov, T.Sobitova «Xalq og’zaki poetik ijodi».T.Sharq. Darslik majmua-2001.

  9. Masharipova Z. O’zbek xalq og’zaki ijodi. T., 2008.


Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. «O’zbek xalq maqollari» . “Toshkent”-1989.

  2. Z.Ibroximova. «Kichkintoylar adabiyotining xususiyati». T. “O’qituvchi”- 1994.

  3. Avloniy. «Turikiy Guliston yoxud ahloq». T. “O’qituvchi”-1992.

  4. «Bir bor ekan…».”O’zbek xalq ertaklari”. T. “Mehnat”- 1995.

  5. Kaykovus . «Qobusnoma». T. “O’qituvchi”-1973.

  6. «Kalila va Dimna ». T. “Istiqlol”-1994.

  7. Po’lat Mo’min. «Oftob va odob». “Toshkent”. She’riy to’plam-1972.

  8. «Bolalar uchun badiiy adabiyot xrestomaniya ». T. “Durdona” – 1989.

  9. « Badiiy terma kitob ». T . “O’qituvchi “ – 1993.

  10. Barakaev R. O’zbek bolalar adabiyoti va A.Avloniy ijodi. Fan nashriyoti. 2004.

  11. Ibragimova Z. Anvar Obidjon – bolalar shoiri. – T: Yangi asr avlodi, 2006.

12. www. ziyo.uz.

13. www. adabiyot.zn.uz.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB –HUNAR TA’LIMI MARKAZI


Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141701-2.09

2012 yil 15 аvgust





Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan


NUTQ O’STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

FANIDAN O’ Q U V DASTURI

Fan dasturi oliy va o‘rta maxsus . kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil 24 iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.


Fan dasturi Toshkent pedagogika kollejida ishlab chiqildi bilim sohasi bo’yicha sho’ba kelishuvidan o’tkazildi (16.07.2012 y. № 1 sonli).


Tuzuvchi:

Kamalova Muhabbat Radjapovna



Toshkent pedagogika kolleji o`qituvchisi

























Taqrizchilar:

Nurmuhamedova Nilufar Sharapovna



Nizomiy nomli TDPU “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi ” o’qituvchisi, p.f.n.
















Haydarova Dildora Muhitdinovna



Shayhontoxur tuman 229 MTM mudirasi


Toshkent -2012

Kirish

Til –millat ma’navivati ko’zgusi. Til –eng muhim aloqa –aralashuv quroli. Ma’lumki til birliklari nutq jarayonida rivojlanadi.Til va nutq o’zaro uzviy bog’liq hodisalardir. Fan va texnika tez suratlarda takomillashib borishi natijasida, bugungi kunda erkin fikirlaydigan kadrlarni tayyorlash dolzarb vazifa sanalmoqda.Shunday ekan tafakkur bilan bevosita bog’liq bo’lgan jarayon nutqni takomillashtirish ham mutaxasislarning diqqat markazida bo’lishi tabiiydir.

Bolalarda fikrlash doiralarini kengaytirish, analiz-sintez, taqqoslash, umumlashtirish shu bilan bir qatorda kuzatuvchanlikni, nutqini va bilimga qiziqishlarini rivojlantirish lozim, bunda bo`lajak tarbiyachilar MTM tarbiyalanuvchilariga “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yilgan Davlat talablari” va “Bolajon” tayanch dasturi, “Bola shaxsiga yo`naltirilgan ta`lim” asosida bilim berib boradilar. Ushbu dastur kollej o`quvchilarini maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqini rivojlantirish asoslari bilan tanishtirishni ko’zlaydi.

Ushbu kursni o’rganish jarayonida o’quvchilar bolalarda nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslarini o’zlashtiradilar.



Fanning maqsad va vazifalari

Fanning maqsadi:

“Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” fanining asosiy maqsadi o’quvchilarga maktabgacha ta’lim muassasalarida handa oilada bolalarlar nutqini rivojlantirish, ularning og’zaki nutqidagi kamchiliklarni aniqlab ,bartaraf etish metod va usullari haqida bilim berish.

O’quvchilarda shu fanga bo’lgan qiziqishni va ijodiy yondoshishni vujudga keltirish.

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutq ma’daniyatini tarbiyalash.



Fanning vazifalari:

- maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini ko’ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;

- bola nutqiga ta’sir ko’rsatishning eng samarali yo’lini to’g’ri tanlash va bolaning nafaqat yoshini ,balki uning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o’zaro birgalikda harakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish;

- bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirishning aniq metodlari va usullari haqidagi bilimlar o’zlashtirilishini hamda ularning didaktik nutq muloqotlari paytida qo’llay olinishini ta’minlash;

- metodik adabiyotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda maktabgacha yoshda bo’lgan bola nutqiga ta’sir ko’rsatishning o’ziga xos usullari va metodlarini yaratishga intilishni rag’batlantirish.



Fan bo’yicha o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar

Bilimlar:

O’quvchilarga bolalar nutqini rivojlantirish xususiyatlari va nutq malakalariga o’rgatish metodlari haqida zaruriy , nazariy va amaliy bilimlar berish.

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni grammatik jihatdan to’g’ri nutqini shakllantirib borish. Bolalarning dialogik va monologik nutqini o’stirish. Bolalarni boshlang’ich savodga o’rgatish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni og’zaki nutqini rivojlantirish.

Fanni o’qitish MTM va oila hayoti bilan chambarchas bog’langan bo’lishi, amaliy mashg’ulotlar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada o’tilishi hamda

MTMtarbiyachilarining ilg’or tajribalariga asoslanishi kerakligi haqida tushunchalar berish. Fanni o’qitish jarayonida yangi pedagogik, innovatsion va axborot tehnologiyalaridan kengh foydalanish.

Ko’nikmalar:

O’quvchilarni maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada bolalar nutqini rivojlantirish bo’yicha ishlarni amaliy ravishda tashkil eta olish malakalarini hosil qilish. Nutq o’stirish bo’yicha ishlarni rejalashtirish va hisobga olish.

O’quvchilarni asosiy o’quv va metodik qo’llanmalar bilan ishlash malakalarini tarkib toptirish. Maktabgacha ta’lim muassasa va oiladagi ta’lim berish jarayonida ko’rgazmali qurollardan to’g’ri va yetarlicha foydalanish.

Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi

“Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” fani 4-, 5-6 semestrlarda o’qitiladi. Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi fani o’qitish o’quvchilarni hozirgi zamon ona tili (o’zbek, rus),bоlalar adabiyoti ,anatomiyasi fiziologiyasi pedagogika va psixologiya fanlardan olgan bilim, malaka va ko’nikmalarga tayangan holda amalga oshiriladi.. Ta’lim jarayonida o`qitishning an`anaviy va interfaol usullaridan foydalanganda ular izchil va ketma-ketlikda qo`llanishi lozim, bunda ta`lim metodlari va texnologiyalari mavzuning didaktik vazifasi hamda o`quv materialining mazmunidan kelib chiqqan holda tanlanadi.



Fanni o`qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

O’quvchilar “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” fanini puxta o’zlashtirish uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion, pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga ega . Fanni o’zlashtirishda darslik , o’quv va metodik qo’llanmalar, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy mashg’ulot mavzulariga mos ravishda ilg’or pedagogik texnalogiyalar tanlanadi. Fanni o’qitishda «Tarmoqlar», «Aqliy hujum», «Bumerang», «Baliq skeleti», «Quyosh», «Klaster», «T-sxema», «B.B.B.»,”Moychechak” va axborot texnologiyalardan foydalaniladi.Bunda har bir mavzuning o’ziga xosligi hisobga olinadi.

Shuningdek , audio ,video, kompyuter texnikasidan foydalaniladi.

Baholash ta`lim jarayoninig ma`lum bosqichida o`quv maqsadlarga erishganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o`lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.Ta`lim jarayonida ta`lim oluvchilarning nazariy bilimlari va aqliy layoqatini baholashda og`zaki va yozma baholash topshiriq shakllaridan foydalaniladi



Test usuli, reyting tizimi, o`quvchining bilim va ko`nikmalarini egallash jarayonini nazorat qilishdan esa pedagogik jarayon natijalarini xolisona baholashda foydalaniladi.

Baholash “5” balli tizim asosida amalga oshiriladi.

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish