Tarbiyaviy va ommaviy tadbirlar amaliyoti
Amaliyotning bu turi mutaxassislarni tayyorlashning ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Hamma mutaxassisliklar bo`yicha tarbiyaviy va ommaviy tadbirlar amaliyoti o`quv tarbiya ishlarini tashkil qilish va o`tkazish usullari, imkoniyatlari va vositalarini namoyish qilish uchun o`tkaziladi. Tarbiyaviy va ommaviy tadbirlar amaliyoti davrida guruh (30 kishilik) kichik guruhlarga bo`linmaydi. Bir o`quv semestri davomida har bir amaliyotchi-o`quvchi KUG da yoki o`zi biriktirilgan sinfda 2 ta tarbiyaviy tadbir va 2 ta ommaviy tadbir o`tkazadilar. Hamma mutaxassisliklar bo`yicha sinov mashg`ulotlariga rahbarlik kollej o`qituvchi-metodisti tomonidan olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |