III. Tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik ishlar — 100 soat*
6.
|
9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish uchun to‘liq qamrab olish, kasbga yo‘naltirishda targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borish. O‘zaro darslar tahlilini olib borish, yozma rasmiylashtirish va kafedra hamda pedagogik kengashlarda muhokama qilish. Ta’lim muassasasining maslahat markazlari ishida ishtirok etish. Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlarida ishtirok etish. Ta’lim muassasasida jamoatchilik asosida yuklatilgan vazifalarni bajarish. Yosh o‘qituvchilarga uslubiy yordam berish. Ta’lim muassasasi bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashish. Kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, ta’lim muassasasi va ish beruvchilar o‘rtasida uch tomonlama shartnomalarni tuzishga ko‘maklashish. Ta’lim muassasasining obodonlashtirish ishlarida ishtirok etish. Ta’lim muassasasining pedagogik kengash va boshqa yig‘ilishlarida ishtirok etish. Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi muhokamasiga qo‘yish uchun masala va materiallar tayyorlash. Ta’lim muassasasida navbatchilik qilish. Ta’lim muassasasi pedagogik kengashi kotibi ishini olib borish, turli komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlarda ishtirok etish. Ta’lim muassasasida tashkil etilgan fan, sport va kasb to‘garaklarini olib borish va boshqalar****.
|
100 soat
| |
IV. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar — 60 soat*
|
7.
|
Davomati va o‘zlashtirishi past o‘quvchilar bilan ishlash. Sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik tanlovlar o‘tkazish. “Barkamol avlod” sport o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish. Darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish (guruh rahbarligidan tashqari). Jamoatchilik asosida tashkil etiladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarga ko‘maklashish va boshqalar****.
|
60 soat
| |
Izoh: * Shaxsiy yillik ish rejalarini ishlab chiqishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi rahbariyati yillik ish rejasidagi umumiy soatlardan chiqmagan holda, bo‘limlar uchun ajratilgan soatlar hajmini mazkur normativlarga nisbatan 30 foizgacha kamaytirishi yoki ko‘paytirishi mumkin.
** O‘quv, ishlab chiqarish va diplom oldi (pedagogik) amaliyotlarini o‘tkazish ishlab chiqarish ta’limi ustasi lavozimi mavjud bo‘lmaganda nazarda tutiladi.
*** Bir stavka dars soati hajmi 800 akademik soat hisoblanadi.
**** Ko‘zda tutilmagan boshqa ishlar qo‘shimcha asoslangan holda ish rejasiga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 2-sentabrdagi 38/QQ, 35-Q/Q-son qaroriga
3-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |