O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
SAMARQAND VILOYAT HOKIMLIGI O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI
9-APREL – “Amir Temur tavalludining 682-yilligi” munosabati bilan 10-aprelda “Amir Temur – faxrimiz, iftixorimiz!” mavzusida o’tkazilgan tadbir bayonnomasi, tadbir ssenariysi va fotolavhalar
Samarqand – 2018
TASDIQLAYMAN
Samarqand sanoat va qurilish kasb-hunar
kolleji direktori __________________A.N.G’aniyev
Samarqand sanoat va qurilish kasb-hunar kollejida 9-yanvar “Amir Temur tavalludining 682-yilligi”ga bag’shlab o’tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
2018-yil 10 aprel Kollej faollar zali
Qatnashdilar: A.Nurmurodov – ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari
J.Bozorov – kasbiy ta’lim ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
M.Xasanov – Tarix fani o’qituvchi
Badiiy guruh a’zolari: Kamola (201), Umid (206), Sh.Xamoyev (102), A.Fayzullayev(102), M.Ergashev (102), Xushnut (106), F.Xo’jaqulova (101), Z.Xo’jaqulova(101), Sh.Arabova(101), D.Otayorova (101), M.Sanaqulova(103),
Fan o’qituvchilari, 220 nafar o’quvchi (jami 250 nafar).
KUN TARTIBI.
“Amir Temur tavalludining 682 yilligi” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.Nurmurodov kirish nutqi.
Kollej o’quvchilarining badiiy chiqishi.
Tarix fani o’qituvchisi X.Normatovning “Amir Temur sur’ati va siyrati” mavzusida chiqishi.
ESHITILDI:
Tadbir O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Kollejning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktori o’rinbosari A.B.Nurmurodov so’zga chiqib, yig’ilganlarni bayram bilan qutladi va Amir Temur bobomiz har doim yod etishimiz lozimligi, Amir Temur milliy qadriyatlarimiz ramzi ekanligi, yoshlarning milliy g’oya asosida tarbiya topib, vatanparvar va xalqparvar bo’lib, komil inson sifatida voyaga yetishi dolzarb masala ekanligi ta’kidlandi.
Shundan so’ng, tadbirni ochiq deb e’lon qilindi va o’quvchilarning tadbirdagi badiiy chiqishlari boshlandi.
Badiiy chiqish tugagach, so’zga Tarix fani o’qituvchisi Normatov Husan “Amir Temur sur’ati va siyrati” mavzusida chiqish qildi. O’qiyuvchi quyidagi so’zlari bilan mavzusini yoritdi:
“Olti yuz yil ilgari qonunlar va urf-odatlarga asoslangan davlat barpo etgan Sohibqiron saltanatining barcha hududlarida birday amal qilgan “Kuch – adolatda” shiori bugun biz, vorislar uchun ham ustuvor axloqiy-ma’naviy mezondir. Istiqlolning dastlabki yillaridanoq demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishni oldimizga bosh maqsad qilib qo‘yganimiz va shu yo‘ldan sobitqadamlik bilan olg‘a odimlayotganimiz buning yorqin dalilidir. Amir Temur o‘zining Shahrisabzdagi koshonasi – Oqsaroy peshtoqiga “Kimki bizning shon-shuhratimizni ko‘rmoqchi bo‘lsa, biz barpo etgan imoratlarga nazar solsin”, degan ulug‘vor hikmatni naqsh ettirgan. Bu – Amir Temurning, dunyodagi aksariyat jahongirlardan farqli o‘laroq, umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lganidan dalolat.
Bu – Amir Temur yurtimizning jahonda buyuk nufuz kasb etishini, mislsiz go‘zal va obod bo‘lishini, har tomonlama taraqqiy topishini orzu qilgani, bu yo‘lda salmoqli natijalarga erishgani, mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko‘targani, qadimiy shaharlarimizni olamning yetti iqlimiga ma’lumu mashhur tabarruk maskanlarga aylantirgani hamda o‘z sa’y-harakatlarining bu kabi sharofatlaridan haqli ravishda faxrlana bilganining tasdig‘i. Bu – hamisha el-yurt g‘amini o‘ylab yashagan Sohibqiron dahosining o‘z xalqiga, kelajak avlodlarga murojaati, olijanoblik va bunyodkorlikka chorlovi. Obod va ozod yurtimizda shahar va qishloqlarimiz, bugungi hayotimizning qiyofasi kundan-kun ochilib borayotgani zamirida ham bizga bobokalonimizdan meros bunyodkorlik ruhi, xalqimizning yakdilligi, halol mehnati, aqlu zakovati va teran salohiyati mujassamdir. Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, Amir Temur shaxsi yana Vatan va millat timsoliga aylandi. Istiqlolimizning har bir tadbirida, mustaqil davlatimizning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamrohu hamnafas. Toshkentda, Shahrisabzda, Samarqandda buyuk bobomizning ulug‘vor haykallari qad ko‘tardi. Poytaxtimiz markazidagi xiyobon, shohko‘cha, metro bekati, shuningdek, mamlakatimizning turli hududlaridagi madaniyat va ma’rifat maskanlari Sohibqiron nomi bilan ataladi.
Amir Temur ordeni – yurtimizda mustaqillik davrida ta’sis etilgan va bugungi avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari, ozod mamlakatimiz yorqin istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib tarbiyalash ishiga qo‘shgan alohida xizmatlari uchun beriladigan yuksak davlat mukofotlaridandir. Amir Temur xiyoboniga tutash joyda Sohibqiron bobomiz va uning shavkatli avlodlariga bag‘ishlab bunyod etilgan muhtasham koshona – Temuriylar tarixi davlat muzeyi yurtimizning turli hududlaridan va dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan keladigan ziyoratchilar bilan doimo gavjum. Amir Temur nomi, uning siymosi xalqimizni birlashtirishda, jipslashtirishda, iymon-oqibatli bo‘lishda, qudratli kelajagimizni qurishda bizga yangi-yangi kuch-quvvat va shijoat bag‘ishlab turibdi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “kimki o‘zbek nomini, o‘zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo‘shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo‘lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak”.
Amir Temurning amalga oshirgan buyuk bunyodkorlik ishlari yoshlarga ibrat, Amir Temur siymosini o’rganish orqali o’quvchilarda vatanparvarlik, xalqparvarlik, komillik shakllanadi. Zero milliy o’zlikni anglashda tarixning o’rni beqiyosdir.
QAROR QILADI:
Bundan keyin ham, Amir Temur va temuriylar bilan bog’liq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ko’rik-tanlovlarni ko’proq tashkil etish ko’zda tutrilsin.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchilari o’quvchilar orasida Amir Temur hayoti, faoliyati, uning Vatanimiz va jahon tarixida tutgan o’rni va ahamiyati haqida kengroq tushuntirilsin.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: A.B.Nurmurodov
Tarix fani o’qituvchisi: M.G.Xasanov
Do'stlaringiz bilan baham: |