O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Download 1,11 Mb.
bet61/153
Sana13.02.2022
Hajmi1,11 Mb.
#446209
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   153
Bog'liq
O\'rta maxsus, kasb-hunar ta\'limi markazi o\'zbekiston respublikas

Birinchi yordam berishda tibbiyot xodimi zudlik bilan keltirib chiqargan sabab bilan birga hayot uchun xavf soladigan sindromni ya'ni gipertonikkriz turi va patogenetik sababini aniqlashi kerak.
Keyingi vazifa diastolik bosimni kamaytirish zarur, chunki krizda buyrak, miya arteriyalari qisilib qolishi yuz beradi, qon aylanishi buziladi, bu esa a'zolarning qon bilan normal ta'min-lanishiga salbiy ta'sir qiladi.
Qon bosimini o'ta tezlik bilan tushirish ham hayot uchun zarur bo'lgan a'zolar (yurak, buyraklar, jigar, miya) ishe-miyasiga sabab bo'ladi. Shuning uchun qon bosimi asta-sekin tushirilishi kerak.
Gipertonik krizning birinchi turini yoki asoratsiz turini davolashda 3—5 ml 1 %li dibazol tomir ichiga, siydik haydovchilar: laziks furatsemid, betta blokatorlar, inderal, propranolol tomir
ichiga tomchilatib, periferik tomirlarni ochish uchun droperidol, amnazin vena ichiga tomchilab yuboriladi. Bemor qo'zg'aluvchan yoki hayajonda bo'lsa, tinchlantiruvchi dorilardan foydalaniladi.
Gipertonik krizning ikkinchi turidaklofellin tomir ichiga sekin tomchilatib, diazoksid tomir ichiga tomchilatib yuboriladi. Miyada qon aylanishi buzilgan bo'lsa, diazoksidni qo'llashda ehtiyot bo'-lish kerak, aks holda kollaps holati yuz berishi mumkin. Kollapsni mezaton yoki defamin bilan yo'qotish mumkin.
Gipertonik krizdan so'ng asoratlar sodir bo'lgan bo'lsa, bemor tezda davolash bo'limiga yotqiziladi, shikoyatlari, hayot uchun xavf soladigan belgilari aniqlanib, qon bosimini tushirish choralari har bir bemorga xos ravishda olib boriladi. Zarur bo'lsa neyroleptiklar, gangleoblokatorlar, siydik haydovchilar, og'riq-sizlantiruvchilar, nitritlar qo'llaniladi.
Bemor reanimatsiyadan jadal davolash bo'limiga yotqi-zilgandan so'ng shifokor nazoratida bo'ladi. Qaysi ko'rsatkichlarga qarab bemorda qon bosimi me'yorida yoki gipertonik kriz deb aytish mumkin: norma 130/85 gacha; yuqori chegara 130—140/ 85—90 mm.sim.ust.gacha; yengil gipertoniya 140—160/80—10 mm.sm.ust.gacha; gipertoniya kasali 160—180/100—110 mm.sm.ust.gacha; kuchli gipertenziya 180—120/110—120 mm. sm.ust.gacha; o'ta kuchli gipertenziya 2l0/l20va undan yuqori mm.sim.ust.
Yosh o'tishi bilan qon bosimi o'zgaradi. 140/90 mm.sim.ust. norma hisoblansa, 150/95 mm.sim.ust. chegara, ya'ni salomatlik chegarasidir, 160/95 mm.sim.ust. esa gipertoniya kasali hisob-lanadi yoki bu darajadan keyin gipertonik krizga moyillik bor deb o'ylash kerak. Ayrim hayajonlardan, kuchli ovqatlanishlar va jismoniy mehnatdan so'ng bosim ko'tarilishi mumkin. U vaqtin-cha ko'tarilish bo'lib, keyinchalik o'z me'yoriga tushadi. Shuning uchun bemorda gipertonik kriz bor deb xulosaga kelishdan oldin uni kuzatish maqsadga muvofiqdir. 80 % bemorlarda birlamchi gipertoniya , 20 % ida esa ikkilamchi gipertoniya uchraydi. Ikkilamchi gipertoniya ayrim kasalliklar, ya'ni buyrak, yurak, endokrin kasalliklar ateroskleroz kasalidan keyin uchraydigan kasallikdir. Gipertonik krizga tashxis qo'yishdan oldin bemorning irsiyatini davolaganda dorilar yordam ko'rsatganini, oldin ham bosim ko'tarilib tushishini hisobga olib, xulosa qilinadi. Simpto-matik gipertoniya tushunchasi to'g'risida quyidagilarni aytish mumkin. Agar bemor yoshi 40 dan oshmagan bo'lsa, shikoyatlari kasal holatiga to'g'ri kelmasa, hatto bosim 200/110 mm.sim.ust.
83 \
bo'lsa, bosimni tushiruvchi dorilar ta'sir qilmasa yoki teskari ta'sir qilsa, anamnezida buyrak kasali bo'lsa, siydik tahlilida o'zgarish bo'lmasa, yurakda patologik shovqinlar eshitilmasa, bu bemorda simptomatik gipertoniya bor bo'ladi.
VOZ GK uch darajada bo'ladi, birinchi daraja qon bosimi 160—180/95—100 mm.sim.ust., ikkinchi daraja qon bosimi 180— 200/195-144 mm.sim.ust., uchinchi darajasi 200-240/115-130 mm.sim.ust.bo'lsa, bosim 240/140 dan oshsa, xavfli gipertonik kriz hisoblanadi. Gipertonik krizni davolashda bazis terapiya— dorilarsiz davolashning ahamiyati katta. Bazis terapiyaga psixo-profilaktika, LFK, parhezli taomlar bilan davolash, normal dam olish va ishlash, sanitariya-gigiyena rejimiga rioya qilish'ar kiradi. Agar bazis terapiya yordam bermasa, dorilar qo'ilashga o'tiladi. Dastlab gipotenziv — yengil ta'sir qiluvchi dorilar kam dozadan beriladi, ular ham yordam bermasa, ikkinchi, keyin uchinchi qatordagi dorilarni qo'ilashga o'tiladi.
Gipertonik krizni davolashda palapartish muolajalar qilib, qon bosimini ko'tarib, tushirib turish bemor ahvolini og'ir-lashtiradi. Sistolik bosim 140/90 mm.sim.ust.ga tushgan bo'lsa, davo yaxshi o'tkazilgan hisoblanadi. Diastoliya bosimi 110 mm.sim.ust.dan tushmagan bo'lsa, davo befoyda bo'ladi.
Yurak-tomir yetishmovchiligi holatlarida hamshira tashxisini
ч qo'yib parvarish rejasini tuzishni va bunda qo'llaniladigan dorilar
retseptini tuzish hamda ularni qo'llash usullarini ko'rib chiqamiz.
66 yoshli bemor og'ir ahvolda kasalxonaga olib kelindi, anamnezida 15 yildan beri gi pertoniya kasali bilan kasallanib kelayotgani, vaqti-vaqti bilan davolanib yurishi, qon bosimi 240/120 mm.sim.ust. bo'lgan paytlarda yurak sohasida og'riq sezishi, nafas yetishmasligi, bo'g'ilish holatlari bo'lishi, bundan uch yil oldin miokard infarktini o'tkazganligi ma'lum bo'ldi. Kasalxonaga kelishidan bir kun oidin yurak sohasida kuchli og'riq, havo yetishmasligi, organizmning sovuq ter bilan qoplanish holatlari sodir bo'lgani, uyiga tez yordam chaqirilib, o'lchanganda qon bosimi 240/110 mm.sim.ust.ga ko'tarilgani qayd qilingan. Gipertonik kriz deb tashxislanib, tegishli muolajalar o'tkazilgan, lekin bemorning ahvoli yaxshi bo'lishi o'rniga og'irlashib borgan, qon bosimi 79/50 mm.sim.ust. ga tushib qolgan. Tomir urishi tezlashib, hansirash kuchaygan, yurak sohasi, to'sh orqasida og'riq kuchaygan! Organizmni sovuq ter qoplab, lablari, shilliq qavatlari ko'karib qolgan, ya'ni kritik shokning periferik belgilari ko'zga
tashlangan. Kardiologik brigada va reanimatolog chaqirilgan va bemorni shokdan chiqarish choralari ko'rilgan. Birvaqtning o'zida elektrokardiogramma va boshqa tekshirish usullari ham qo'llanilgan. Bemorni kritik shokdan chiqarish uchun mezaton, 400 ml. poliglyukin tomir ichiga, 100 mg gidrokartizon, og'riqsizlantirish uchun narkotiklar—fentanil, droperidol, defamin tomchilatib tomir ichiga yuborilgan; chap qorincha yetishmovchiligi oshganda, 40 mg laziks tomir ichiga yuborilgan. Bemor kardiogen shokdan chiqa boshlagan, ya'ni organizmi isib, qon bosimi ko'tarilib 120/70 mm.sim.ust. ga yetgan, lekin chap qorincha yetishmovchiligi belgilari kamaygan bo'lsa ham, saqlanib qolgan, bemor jadal davolash ostida reanimatsiya bo'limiga keltirilgan va shifokorlar tomonidan tashxislanib gipertoniya kasalligining uchinchi darajasi, gipertonik kriz qaytalanganligi, miokard infarkti aso-rati, chap qorincha yetishmovchiligi, kritik shok, degan xulosaga kelingan.
Bemor bo'limda hamshiraga topshirilgan. Hamshira tashxisni va parvarish rejasini qanday tuzadi? Ularni kuzatuv varaqasiga qanday belgilab, izohlab boradi?
Hamshira tashxisi quyidagicha bo'ladi: bemor to'liq hushida emas, savollarga aniq, ravshan javob bera olmaydi, lablari ko'kimtir, organizmi sovuq, nafas olishi tez — 40 taga yetadi, harakatlarini boshqara olmaydi, qon bosimi 130/90 mm.sim.ust. ga teng, hansirash kuchli, ko'krak sohasida og'riq bor, organizmning periferik qismida, tirnoqlari ko'kargan va sovuq. Hamshira tashxis qo'yilgan vaqt, kunni yozadi va imzo qo'yadi.
Shundan so'ng hamshira parvarish rejasini tuzadi. Bemor ahvolidan kelib chiqqan holda birinchi va ikkinchi navbatda qilinadigan ishlar belgilab olinadi. Aytaylik, bemorga havo yetishmaydi, gipokapniya belgilari bor, demak, birinchi bo'lib oksigenoterapiya o'tkaziladi. Bemorga qulay holat beriladi, og'riqni hisobga olib, og'riqsizlantirish masalasi shifokor bilan hal qilinadi. Bemorni isitish choralari ko'riladi va tinchlantiriladi; barcha tahlillar olinadi. Bemor uchun sharoit yaratilib, infuzion terapiya amalga oshirilayotgan bo'lsa, nazorat qilib boriladi. Har yarim soatda ko'rsatkichlar o'lchanib, kuzatuv varaqasiga yozib boriladi. Salbiy muammolar chiqib qolsa, ularga qarshi yoki ularni bartaraf qilish choralari ko'riladi. Bemor holati to'g'risida navbatchi shifokorga yoki davolovchi shifokorga xabar berib turiladi. Ko'rsatkichlar, qilingan ishlar, ularning natijalari, bemorda
bo'ladigan ijobiy yoki salbiy o'zgarishlar baholanib, kuzatuv varaqasi yoki hamshiralar uchun tashkil qilingan kasallik tarixiga yozib boriladi.
Bemor o'tkir tomir yetishmovchiligi bilan kelganda hamshira tashxisini qo'yib ko'raylik. O'tkir tomir yetishmovchiligining bemorlarda ko'p uchraydigan kollaps nuqtayi nazaridan ko'rib chiqamiz.
28 yoshli bemor anamneziga qaraganda paxta maydonida tarvuz yegan, keyin suv ichgan. Oradan 2—4 soatlar o'tgach, bemor qornida kuchli og'riq boiib qusa boshlagan. Unga ich ketish ham qo'shilgan. Necha marta ichi ketganini, qusganini eslay olmaydi, juda ko'p marta deydi, xolos. Yuqoridagi holatlarga sovuq qotish. darmonsizlik, titrash, organizm haroratining ko'tarilishi qo'shil gan. Bemorning holdan toygani, u hojatxonaga borish paytida kollaps holatiga tushganidan ko'rinib turibdi. Bemor vaqt o'tishi bilan ko'p narsaga befarq bo'lib, ayrim guruh mushaklari tortila boshlagach, yaqinlari tomonidan tez yordam chaqirilgan. Tez yordam mashinasi shifokori bemorgagipovolemikshok, toksik shok, organizmning zaharlanishi, o'tkir gastroentrit, o'tkir tomir yetishmovchiligi deb tashxis qo'ydi. Bemor reanimatsiyabo'limiga yotqizilib, hamshira ixtiyoriga topshirildi.
Hamshira tashxisi quyidagicha bo'ldi: bemor bezovta, sovuq qotib titrab turibdi; qornida og'riq kuchli, og'zi quriydi, qusadi, 3—4 marta ichi ketadi, ahlatida qon yo'q, yalqi bor, hidli. Bemor ko'zlarida nur yo'q, organizmi sovuq, siydik miqdori kam, markaziy vena bosimi manfiy, tomir urishi tez — 128 taga yetadi, lekin qon bosimi yumshoq 80/30 mm.sim.ust. ga teng. Kiyimini almashtirish uchun o'tqazilganda bemor kollaps holatiga tushdi, o'zini yo'qotib qo'ydi.
Shundan so'ng hamshira parvarish rejasini tuzadi. Birinchi muammo, qorindagi kuchli og'riqni qoldirish choralarini ko'rish, qusish, ich ketishning oldini olish va unga qarshi choralarni qo'llash lozim. Dezintaksion terapiyani kuchaytirish, markaziy vena bosi-mini ko'tarish zarur. Aks holda o'tkir buyrak yetishmovchiligi kelib chiqishini hisobga olib gipovolemiyaga qarshi qon realogiya-sini yaxshilash maqsadida reopreparatlarni qo'llash lozim. Ko'r-satkichlarni tez-tez o'lchab, aniqlab, kuzatuv varaqasiga yozib borish, bajarilgan muolajalarni, bemor holatini baholab borish zarur bo'lsa, boshqa mutaxassislarni yordamga va maslahatga chaqirish, tahlillar olib turish kerak. Bu ishlarning hammasini hamshira o'z ish faoliyati davomida aniq va tez bajarishi shart.
86 **" ^^ ^^ л "^^ мё& ^*^ «-"^ *Ш№ шш mm mm msm mm mm mm m r aam ew w «л

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish