O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi


Miokard infarktining asoratlariga



Download 1,11 Mb.
bet56/153
Sana13.02.2022
Hajmi1,11 Mb.
#446209
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   153
Bog'liq
O\'rta maxsus, kasb-hunar ta\'limi markazi o\'zbekiston respublikas

Miokard infarktining asoratlariga kardiogen shok; o'tkir yurak yetishmovchiligi; o'pka shishuvi; yurak astmasi; yurak anevrizmi; Dresler sindromi; o'pka arteriyasining tromboem-boliyasi, yurakning yorilishi; oshqozon va ichaklardan qon ketishi, qon aylanishining surunkali buzilishi; infarktdan keyingi kardioskleroz; miokard infaktining qaytalanishi kiradi.
Kardiogen shok. Miokard infaktida ko'p uchraydigan asorat bo'lib, hozirgi paytda shokdan bo'ladigan o'lim 80—90 % ni tashkil qiladi.
Shokning kelib chiqish mexanizmi asosida bir daqiqada yurakning aortaga chiqargan qon miqdorining kamayishi, ya'ni yurak o'zining nasos funksiyasini bajara olmasligi yotadi. Kardiogen shokning kechishi nekroz maydonining katta-kichikligiga bog'liq. Agar miokardni 50 %dan ortiq qismini nekroz egallagan bo'lsa, unda reaktiv kardiogen shok kuzatiladi. Uni davolash juda qiyin bo'ladi.
Kardiogen shokda o'tkir tomir-yurak yetishmovchiligi sodir bo'lishi natijasida deyarli hamma a'zolarda qon aylanishi yoki qon bilan ta'minlanish buziladi. Ularda nekroz chegaralari paydo bo'lib, ichaklardan qon ketishi mumkin, hatto yurakning o'zini ham qon bilan ta'minlanishi og'irlashadi, ishemik zonalar nekroz zonalarga aylanadi.
Kardiogen shokning asosiy belgilari simptom va sindromlar bilan ifodalanadi. Kardiogen shokning periferik belgilari quyida-gilar: bemor terisi oqargan, lablari ko'kargan, organizmi sovuq ter bilan qoplangan, vaqti-vaqti bilan qo'zg'aluvchan, o'tkir yurak-tomir yetishmovchiligining hamma belgilari ko'zga tashlanadi. Chap qorincha yetishmovchiligi yuzaga keladi, ya'ni bemorda hansirash kuchayib, akrotsianoz paydo bo'ladi; tomir urishi tezlashib, ipsimon bo'ladi; qon bosimi tushib ketadi; o'pka shishuvi belgilari paydo bo'ladi.
Kardiogen shokning oqibatini aniqlashda tomir urishining ahamiyati katta, tomir urushi 20—25 martadan kam bo'lsa, shokning oqibati yomon bo'ladi. Kardiogen shokda og'riq gemodinamikaning buzilishida asosiy o'rin egallaydi. Kardiogen shokda buyrak yetishmovchiligi tez yuzaga chiqadi, chunki buyrak periferik a'zolardan hisoblanadi. Buyrak yetishmovchiligida azotemiya sodir bo'lib, bemor ahvoli yanada og'irlashadi. Kardiogen shokda ko'pincha yurak ritmining buzilishi, ya'ni ekstratsistoliya, mersatil aritmiya, blokadalar paydo bo'lib, aritmik shok yuzaga keladi. Bu bir daqiqada yurakning aortaga chiqargan qon miqdorining kamayishiga olib keladi. Aritmik shok ko'pincha transmural va qaytalangan infarktlarda ko'p uchraydi.
Kardiogen shokning Vinogradov bo'yicha quyidagi darajalari bor:

  • birinchi darajasi yengil bo'lib, 3—5 soat davom etadi, qon bosimi 90/50 dan 60/40 mm.sim.ust.ga tushishi mumkin, oiim 6—7 % ni tashkil qiladi;

  • i к к i n с h i d a r a j a s i o'rtacha og'ir formasi bo'lib, shok holati 5—10 daqiqagacha davom etadi, qon bosimi 40 mm.sim.ust.gacha tushib ketadi, tomir urishi esa 10—15mm. sim. ust.ni tashkil qiladi, o'pka shishuvi belgilari paydo bo'lib, o'lim 65—70 % ni tashkil qiladi;

  • uchinchi darajasi o'ta og'ir bo'lib, qon bosimini aniqlab bo'lmaydi, tomir urishi 15 mm. sim ust.dan past, o'tkir yurak yetishmovchiligi belgilari sodir bo'lib, o'lim 91 % ni tashkil qiladi.

Bu bo'linishlar shartli bo'lib, ayrim paytlarda shunday holatlar bo'ladiki, hatto qaysi darajasi ekanini aniqlashning iloji bo'l­maydi, bemor ahvoli og'irlashib qoladi.

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish