4.3. O'tkir yurak-tomir yetishraovchiligi
O'tkir yurak-tomir yetishmovchiligi tushunchasi tibbiyotda keng tarqalgan. Bemorga shunday tashxis qo'yilgan bo'lsa, tibbiyot xodimi unga tez va har tomonlama yordam berish choralarini ko'rishi kerak.
Keyingi paytlarda o'tkir yurak-tomir yetishmovchiligi tushunchasi yurakda qonning kam miqdorda chiqarilish sindromi bilan atala boshlandi. To'qimalar va butun organizmni qon yoki kislorod bilan ta'minlash uchun qon aylanishini to'liq tashkil qilish kerak. Buning uchun yurak va qon tomirlari sog'lom bo'lishi kerak. Qon aylanishining biron bir sabab bilan buzilishi organizm uchun juda xavfli, chunki kasallik yoki biror tasodif tufayli organizmda bo'ladigan metabolik jarayonlar natijasida zaharli moddalar organizmda ushlanib qoladi va bemor organizmini yanada og'irlashtiradi.
O'tkir yurak-tomir yetishmovchiligi sabablariga quyidagilar kiradi: taxikardiya yoki aritmiyalar tufayli diastola davri qisqaradi. Bunda o'ng bo'lmachaga kelib tushadigan qon miqdori kamayadi yoki yurak qorinchalari qon bilan to'lmaydi, natijada bir daqiqa davomida yurakning aortaga chiqargan qon miqdori kamayadi. Bu qon normada 5—6 litrga teng. Taxikardiya yoki aritmiyalar oldi olinmasa, o'tkir yurak yetishmovchiligi kelib chiqadi; gipovole-miya (gipovolemiya — tomirlarda oqib yurgan qon miqdorining tomirlar hajmiga to'g'ri kelmasligi), periferik tomirlar qarshi-ligining oshishi natijasida o'ng bo'lmachaga kelib tushadigan qon miqdori kamayadi. Miokard infarkti natijasida esa yurakning nasos funksiyasi buziladi. Kuchli zaharlanishlar, o'tkir tomir yetishmovchiligi; miokardit, bradikardiya, yurak jarohatlari va hokazolar yurak yetishmovchiligiga sabab bo'ladi.
O'tkir yurak-tomir yetishmovchiligini aniqlashda markaziy bosimning ahamiyati katta. Markaziy vena bosimi — o'ng bo'lmachaga kelib tushgan qon miqdorining, o'pkaga chiqarilgan qon miqdoriga teng kelishidir. Markaziy vena bosimi normada 100—120 mm sim. ustuniga teng. To'qimalarda qon aylanishini yaxshilash uchun tomirlar tarangligi va qon aylanishi tezligini yaxshilash kerak. O'tkir yurak-tomir yetishmovchiligining kelib chiqishida gipovoiemiya va tomirlar ichida qon aylanish miqdorining ahamiyati katta, tomirlarda aylanib yuradigan qon miqdori gipovolemiya holati bilan chambarchas bog'liq. Organizmga o'z vaqtida yordam berilmasa, gipovolemik holat davom etaversa, organizmning kompensator xususiyatlari yordam berolmasa, hayot uchun zarur boigan a'zolar ishi izdan chiqadi, o'tkir buyrak, jigar yetishmovchiligi kabi holatlar sodir bo'ladi.
O'tkir yurak -tomir yetishmovchiligida yoki uni davolashda uchraydigan hamda foyda beradigan holat bu gemodilyutsiya holatidir. Gemodilyutsiyani tabiiy va sun'iy yo'l bilan amalga oshirish mumkin. Tabiiyligi shuki, organizm nochor holatga tushganda to'qimalardagi siiyuqlik tezda qonga o'tib tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdorini to'ldirishga harakat qiladi, natijada qon ancha suyuqlanib to'qimalarda aylanishi yaxshilanadi. Turli suyuqliklar quyib qonni suyuitirishga erishish mumkin, ya'ni qonning realogiyasi — tomirlarda oqishi yaxshilanadi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, o'tkir yurak-tomir yetishmovchiligida qon realogiyasining ahamiyati katta. Realogiyani yaxshilaydigan preparatlarga reopoliglyukin, aspirin, oqsil preparatlari va turli xil suyuqliklar kiradi. O'tkir yurak-tomir yetishmovchiligida uchraydigan navbatdagi holatlardan biri mikrosirkulatsiyaning buzilishidir. Mikrosirkulatsiya buzilgan bo'lsa, bemor qancha og'ir holatda bo'lmasin qon bosimi past bo'lmaydi, aksincha, yuqori bo'lishi mumkin. Og'ir holatlar qon bosimiga qarab emas, mikrosirkulatsiya holatiga qarab aniqlanadi.
Mikrosirkulatsiya holatining qay darajada buzilganligi ichki a'zolarda qon aylanishining busilish darajasini belgilaydi, chunki har a'zo o'zi bajargan ishiga qarab qon bilan turlicha ta'minlanadi, masalan jigar orqali bir daqiqada 1,5 litr qon o'tsa, buyrak orqali 1,3 ml, miya orqali 750 ml, mushaklar orqali esa 1,5 litr qon o'tadi va h.k.
Yuqorida qayd qilingan holatlar, ya'ni bir daqiqada yurakning aortaga chiqargan qon miqdorini kamaytirishi, gipovolemik holatlarda tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdorining past bo'lishi, mikrosirkulatsiya va realogiyaning buzilishi, tomirlar qarshiligining ortishi va ichki a'zolarning qon bilan ta'minlanishining buzilishi, o'tkir yurak-tomir yetishmovchiligiga xos belgilar bo'lib, gipoksiyaga olib keladi. U esa o'z navbatida organizmda moddalar almashinishining buzilishiga yoki asidoz holatiga sabab bo'ladi.
Yurak-tomir yetishmovchiligi quyidagilarga bo'lib o'rganiladi: chap qorinchaning o'tkir yetishmovchiligi; o'ng qorinchaning o'tkir yetishmovchiligi; qorinchalar yetishmovchiligi; o'tkir tomir yetishmovchiligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |