5.2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi — ijtimoiy muhofaza organlarining yuqori organi sifatida Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun
quyidagi huquqlarga ega:
Davlat boshqaruvi organlari, mahaliy davlat hokimiyat organlarining
bandlik, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalari faoliyatini
belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mehnatga haq va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini boshqarish takomillashtirish
va rivojlantirish, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ular uchun malakali
kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat
boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari axborotlarni
belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Vazirlik hay’ati majlislarida vazirliklar va idoralar, mahaliy davlat
hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar mas’ul xodimlarini vazirlik
viloyatiga tegishli masalalar bo‘yicha hisobotlarni eshitish;
Mehnat, bandlik, mehnatni muhofaza qilish va nogironlar
ijtimoiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi
uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlarga
jarima solish, shuningdek mansabdor shaxslarga ma’muriy
jazolar berish;
Tashkilotlar faoliyatini hamda mehnat xavfsizligi talablariga javob
bermaydigan va xodimlar sog‘ligi yoki hayotiga xavf tug‘diradigan
ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni ular mehnat xavfsizligi
talablariga moslashtirulguniga qadar o‘z vakolatlari doirasida va qonun
hujjarlarida belgilangan tartibda to‘htatib turish;
Belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
64
Ilmiy muassasalarni, olimlar va mutaxasislarni, shu jumladan
xorijiy olimlar va mutaxasislarni vazirlik vakolatiga tegishli masalalarni
hal qilishga shartnoma asosida jalb etish;
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning
mehnat, bandlik, mehnatni muhofaza qilish, nogironlarni
ijtimoiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda
qabul qilingan buyruqlari va boshqa hujjatlarni bekor qilish yuzasidan
belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tegishli xorijiy
davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga
oshirish;
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo‘lishi mumkin.
Vazirlik o‘z vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari,
mahaliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar,mansabdor
shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ
huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga haqlidir.
Vazirlik, zarur hollarda, davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan
birgalikda, belgilangan tartibda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar
chiqarish huquqiga ega.
Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali
bajarilishi, taqdim etilayogan tahliliy hujjatlarning xolisonaligi va
kompleksliligi uchun javob beradi.
Vazirlikka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga
ta’yinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir boshchilik
qiladi.
Vazirning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga ta’yinlanadigan
va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosari, shu
jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Vazir:
a) vazirlik faoliyatiga rahbarlik hamda vazirlikka yuklangan vazifalar
va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, o‘z o‘rinbosarlarining
vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi,
vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini,
o‘z o‘rinbosarlarining hamda boshqa mansabdor shaxslarning
vazirlik faoliyatining alohida yo‘nalishlariga rahbarlik qilish
yuzasidan hamda tasarrufdagi tashkilotlar ishi yuzasidan shaxsiy
javobgarligi darajasini belgilaydi;
65
b) o‘z vakolatlari doirasida vazirlik tizimi xodimlari bajarishi
majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
d) vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativhuquqiy
hujjatlarning loyihalarini ko‘rib chiqish uchun belgilangan
tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
e) zarurat bo‘lganda, vazirlik markaziy apparatining tuzilmasiga
o‘zgartirishlar kiritadi, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida
shtatlar jadvalini, shuningdek vazirlik markaziy apparatining, o‘ziga
qarashli tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
f) vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi
nizomlarni, vazirlik tizimiga kiruvchi o‘ziga qarashli boshqa tashkilotlarning
nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
g) vazirlikning markaziy apparati xodimlarini hamda qarashli
tashkilotlar va hududiy bo‘linmalar rahbarlarini tomonidan belgilangan
tartibda lavozimga ta’yinlanadi va lavozim qiladi;
e) Qonun hujjatlarida belgilangan vaqtlar doirasida vakolatlarni
amalga oshiradi. Vazirlikda 7 kishidan - vazir (hay’at raisi o‘rinbosarlari
lavozimiga ko‘ra), shuningdek vazirlikning apparati tarkibiy bo‘linmalari
rahbar xodimlaridan iborat faoliyatning asosiy yo‘nalishlariga
muvofiq hay’at tashkil etiladi.
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari, shuningdek
(tuman, shahar) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish markazlari tegishli ravishda Qoraqolpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga
hamma vazirlik bo‘ysunadilar va hisobot beradilar.
Viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish bosh boshqarmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan
ozod qilish viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan
kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vaziri tomonidan amalga oshiriladi.Vazir tuman
(shahar) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
markazlari, shuningdek hududiy bosh boshqarmalarga qarashli tibbiyijtimoiy
va davolash-profilaktika muassasalari rahbarlarini ta’yinlash
yuzasidan rozilik beradi. Qopraqolpog‘iston Respubliklasi Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri belgilangan tartibda lavozimga
ta’yinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
66
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlar
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar,
Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan
tasdiqlanadi.
Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish markazlari to‘g‘risidagi nizomlar tegishli tumanlar
(shaharlar) hokimlari bilan kelishilgan holda Qoraqolpog‘iston Respublikasi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar
va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
bosh boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.