O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o. A. Tojiboyeva, N. Baratova, sh. H. G‘aniyev aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish


Yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy



Download 0,63 Mb.
bet42/55
Sana05.05.2023
Hajmi0,63 Mb.
#935506
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Bog'liq
O‘zbеkiston rеspublikasi

9.3. Yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy
muassasalarga rasmiylashtirish va joylashtirish tartibi
Sahovat uylariga odatda, yordamga va qonun bo‘yicha ta’minlash va
parvarish qilishga majbur bo‘lgan yaqin qarindoshlari yo‘q fuqarolar
joylashtiriladi. Ayrim hollarda to‘lov-kontrakt asosida yaqin qarindoshlari
mavjud bo‘lgan fuqarolar ham joylashtirilishi mumkin.
Respublika pansionatiga joylashtirish uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatishni
ta’minlash guruhi xodimlari bir nechta hujjatlarni rasmiylashtirishadi:
1. Ariza.
2. Pensioner(nogiron)ning pasporti.
3. Nogironlik haqida TMEK ma’lumotnomasi (nogiron uchun).
4. Tibbiy xulosa (ambulator kartasidan, kasallik tarixidan kuchirma).
5. Qon va siydikning umumiy tahlili.
6. Axlatning bakteriologik tahlili (3 karra).
7. Qonning Vasserman reaktsiyasi va Avstraliya antigeniga tahlili
8. Og‘iz-burun bo‘shlig‘ining bakteriologik tahlili.
9. Ruhiy-asab kasalliklari dispanserining tibbiy xulosasi.
10. Sil kasalliklariga qarshi dispanserning tibbiy xulosasi.
11. Onkologik dispanserning tibbiy xulosasi.
12. Teri-tanosil kasalliklari dispanserining tibbiy xulosasi.
13. Ko‘krak qafasi flyuorografiyasi.
14. Pensioner (nogiron)ning ta 64 hajmdagi fotosurati.
15. Turar joyidan ushbu manzilga ro‘yhatga qo‘yilganligi to‘g‘-
risidagi ma’lumotnoma.
16. Tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi, mahalla fuqarolar
yig‘ini, uchastka noziri, pensioner va nogironning qo‘shnilari ishtirokida
pensioner (nogiron)ning ijtimoiy-maishiy ahvoli haqida tuzilgan
dalolatnoma (dalolatnomada tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi
va mahallaning muhri bo‘lishi zarur).
17. Hududiy Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh
boshqarmasining pensioner (nogiron)ni Respublika Pansionatiga
rasmiylashtirish to‘g‘risidagi xati.
98
Ijtimoiy ta’minot bo‘limlarida rasmiylashtirilgan hujjatlar yuqori
ijtimoiy ta’minot boshqarmasiga yuboriladi va boshqarma qaysi uyinternatga
joylashtirilishini aniqlab yo‘llanma beradi. Sahovat uylari
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005 yil 20-
avgustdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Qariya va nogironlarni vazirlik
tizimidagi «Sahovat» uylariga qabul qilish, chiqarish, ularga tibbiyijtimoiy
yordam, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish Tartibi to‘g‘-
risida»gi Nizom asosida ish olib boradi.
Sahovat uylariga O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan
quyidagi fuqarolar: yolg‘iz pensionerlar (60 yoshdan oshgan yolg‘iz
erkak, 55 yoshdan oshgan ayollar); 18 yoshdan yuqori bo‘lgan yolg‘iz
1-va 2-guruh nogironlari; otasi yoki onasi nogiron bo‘lgan, o‘zgalar
yordamiga muhtoj 1-va 2- guruh nogironlari; farzandlari bo‘lgan, lekin
sud qarori bilan otalik yoki onalik huquqidan mahrum qilingan pensioner
va 1-va 2-guruh nogironlari qabul qilinadilar.
Farzandlari bo‘lmagan yolg‘iz er-xotin pensioner hamda 1-va 2-
guruh nogironlari istisno tariqasida birga qabul qilinadilar. Bolalar
muruvvat uylari tibbiy muassasa bo‘lib, o‘zgalar parvarishiga, maishiytibbiy
xizmatga hamda ijtimoiy mehnat ko‘nikmasiga muhtoj bolalar
doimiy yashashi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z Nizomiga asosan
faoliyat yuritadi.
Nizomga asosan 4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan aqlan zaif,
O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan bolalar, ularga qarab turuvchi
qarindosh-urug‘lari bor yoki yo‘qligidan qat’iy nazar qabul qilinadi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish