O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Ishlab chiqarishning toindustrial bosqichi quyidagi xususiyatlarga
ega bo‘lgan:
a) iqtisodiyotda dastlab qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik va
chorvachilik yetakchi mavqega ega bo‘lgan;
b) asosan, qo‘l mehnati bilan ishlab chiqarilgan;
d) ijtimoiy mehnat taqsimoti keng rivojlanmagan, asosan,
natural xo‘jalik yuritilgan;
e) aholi ehtiyojlari va uning qondirilish darajasi past bo‘lgan.


112
Industrial bosqich (Angliyada XVIII asrning 60-yillarida
boshlanib, AQSHda XIX asrning 50—60-yillarigacha davom etgan)
quyidagi xususiyatlarga ega:
a) iqtisodiyotda sanoat ishlab chiqarishi yetakchi o‘rinni egallaydi;
b) sanoat va boshqa muhim tarmoqlar: qishloq xo‘jaligi,
qurilish, transport tez rivojlanib boradi;
d) mehnat, asosan, texnika, mashinalar tomonidan bajariladi,
aholi sanoat tarmog‘ida band bo‘ladi;
e) ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi sodir bo‘ladi,
yangi-yangi tarmoqlar vujudga keladi. Natural xo‘jalik yuritish
miqyosi juda qisqarib, o‘rniga tovar ishlab chiqarish rivojlanadi;
f) aholi turmush tarzida tub o‘zgarishlar, urbanizatsiya (urbanis 
shahar) jarayonlari ro‘y beradi, ya’ni sanoat rivojlanishi bilan sha-
harlar ko‘payib boradi va aholining asosiy qismi shaharlarda yashay
boshlaydi;
g) industrial ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi turli-
tuman tovarlarning vujudga kelishi, o‘z navbatida, aholining ushbu
tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini tobora to‘laroq qondirishni ta’minlaydi.
Postindustrial bosqich quyidagi xususiyatlarga ega:
a) iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish sohasi tez rivojlanadi. Bu
sohada ishlovchilar soni mehnatga yaroqli aholining 50—70 %
ini tashkil etadi;
b) ishlab chiqarishda fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan
beqiyos darajada keng foydalaniladi — fan bevosita ishlab chiqarish
kuchiga aylanadi;
d) xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida va aholining madaniy-
maishiy turmushida axborot, informatika va boshqa texnika hamda
texnologiya yutuqlaridan keng foydalaniladi. Jismoniy va aqliy
mehnat orasidagi farq yo‘qolib boradi;
e) korxona va tashkilotlarda yuqori malakali mutaxassislar va
ilmiy xodimlarning roli ortib boradi;
f) resurs tejamkorligi yuqori bo‘lgan, sifatli mahsulotlar ishlab
chiqarishni ta’minlaydigan yangi texnologiyalardan foydalaniladi;
g) jamiyat a’zolarining tez o‘sib boradigan ehtiyojlarini to‘la
qondirishni ta’minlash imkoniyatlariga ega bo‘linadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, iqtisodiy faoliyatning asosiy
boshlang‘ich nuqtasi bo‘lgan ishlab chiqarish uzoq davom etgan
tarixiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida shakllanib, rivojlanib kelmoqda.
Ayirboshlash iqtisodiy faoliyatning ikkinchi fazasi hisoblanib,
bu jarayonda mahsulotlar ma’lum miqdoriy nisbatda bir-biriga


113
ayirboshlanadi. Ayirboshlash ishlab chiqarilgan moddiy ne’matlar
va xizmatlarning bir subyektdan ikkinchisiga o‘tish jarayonini
bildiradi. Ayirboshlash ikki xil: mahsulot va tovar ayirboshlash
shaklida amalga oshiriladi. Bir mahsulotni bevosita boshqa mah-
sulotga ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlash barter deyiladi.
Bunday ayirboshlashdan jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqich-
larida foydalanilgan. So‘ngra jamiyatda ishlab chiqarishning
rivojlanishi bilan tovar ayirboshlash vujudga keldi.
Òovar ayirboshlash deb, bir mahsulotni ikkinchisiga pul vosita-
sida, ma’lum narx asosida oldi-sotdi orqali ayirboshlashga aytiladi.
Bunda tovar pulga ayirboshlanadi, keyin esa bu pulga xohlagan
boshqa tovar sotib olinadi. Bunday ayirboshlash ayirboshlashning
eng qulay va keng tarqalgan shakli sifatida tan olingan.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining neoklassik yo‘nalish
vakillari ayirboshlashni jamiyat boyligining ko‘payishiga bevosita
ta’sir ko‘rsatuvchi omil deb qaraydilar. Bu to‘g‘risida A. Marshall
shunday fikrni ilgari suradi: «Ayirboshlash ham, ishlab chiqarishga
o‘xshab ne’matlarning ma’lum makonda ko‘chib yurishini ta’min-
lab, inson ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga xizmat qiladi. Bu
jihatdan agar boylikni faqat moddiy, qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan
ko‘radigan narsa sifatida emas, balki inson ehtiyojlarini to‘laroq
qondirish nuqtayi nazaridan qarasak, ayirboshlash ham boylikning
ko‘payishiga xizmat qiladi». Agar fiziokratlar kabi boylik faqat
moddiy ishlab chiqarishda yaratiladi, deb ta’kidlash, xizmatlar
ko‘rsatishning muhim ahamiyatini e’tiborga olmaslik, oxir-oqibat,
bu sohaning yaxshi rivojlanishi ta’minlanmay qolishiga, pirovard
natijada esa ijtimoiy takror ishlab chiqarishning uzluksiz, barqaror
davom etmay, jamiyat boyligining ko‘paymasligiga olib keladi.
Òaqsimot iqtisodiy faoliyatning uchinchi bosqichi bo‘lib, bunda
yaratilgan mahsulotlar va shu bilan bir qatorda resurslarning
taqsimlanishi amalga oshiriladi. Òaqsimot munosabatlari jarayonida
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yaratilgan mahsulotning
jami ijtimoiy mahsulotdagi hissasi aniqlanadi. Bu hissa, eng avvalo,
yaratilgan mahsulot miqdori va sifatiga hamda uning bozorda
sotilishi, ya’ni iste’molchiga yetib borishiga bog‘liq. Òaqsimot va
ayirboshlash ishlab chiqarish bilan iste’molni bog‘lab, iqtisodiy
faoliyatning samarali bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Òaqsimot munosabatlari iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur
o‘rganib kelinmoqda. Iqtisodiyot nazariyasining klassik namoyan-
dasi A. Smitdan boshlab, hozirgi taniqli iqtisodchilargacha ayir-


114
boshlash va taqsimlash jarayoni tadqiq qilinib, bu jarayon ayrim
kishilarning xohishiga qarab emas, balki obyektiv tarzda bozordan
olinadigan signallar asosida amalga oshganda erkin iqtisodiyot
tarkib topadi deb ta’kidlaydilar. Zamonamizning taniqli iqtisodchi-
laridan bo‘lgan Fon Xayek mahsulotlarning mo‘l-ko‘lligi uchun
taqsimlash uslublaridan, ya’ni narxlar shakllanishini bozor mexa-
nizmidan minnatdor bo‘lishimiz kerak deb ta’kidlaydi.
Ma’lumki, bozor sharoitida iqtisodiy resurslar taqsimoti narx
mexanizmi orqali amalga oshadi. Demak, bozor iqtisodiyoti sharoi-
tida taqsimot mulkchilikka bog‘liq bo‘lib, yaratilgan mahsulotdagi
ulush har bir omilning mulk egasining hissasi sifatida qaralib
aniqlanadi. Òaqsimot ishlab chiqarishning qay darajada yangilani-
shiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Iste’mol iqtisodiy faoliyatning so‘nggi, to‘rtinchi bosqichi
bo‘lib, u ishlab chiqarish natijalarining jamiyat ehtiyojlarini qondi-
rish jarayonini ifodalaydi. Iste’mol ikki xil — shaxsiy va ishlab
chiqarish iste’moli shaklida namoyon bo‘ladi: birinchidan, shaxsiy
iste’molda odamlar o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun iste’mol
qiladilar, ikkinchidan, ishlab chiqarishning takrorlanishini
ta’minlash uchun uni davom ettiradilar.
Iste’mol yakka, guruhiy, umummilliy tarzda yuz beradi.
Iste’mol ehtiyojining cheksiz o‘sib borishini qondirish uchun
iqtisodiy faoliyat uzluksiz davom etishini talab qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, iqtisodiy faoliyat jamiyat
a’zolarining ma’lum bir maqsad yo‘lidagi xatti-harakatini bildiradi.
Uning ishtirokchilari ayrim kishilar, korxona, firma, xo‘jalik va
davlatlar bo‘lib, ular umumiy tarzda iqtisodiy faoliyat subyektlari
deb ataladi. Ular doimo bir-birlari bilan muntazam ravishda iqti-
sodiy munosabatlarga kirishadilar, davlat esa bu munosabatlarning
huquqiy asoslarini yaratib beradi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish