O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Bozor orqali ishlab chiqarish va iste’molning bog‘lanishi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

2.5. Bozor orqali ishlab chiqarish va iste’molning bog‘lanishi,
qiymatning tovar shaklidan pul shakliga o‘tishi
Bozorning asosiy vazifalaridan biri, bu, eng avvalo, ishlab
chiqaruvchilar bilan iste’molchilarni bir-birlari bilan bog‘lashdan
iboratdir. Ma’lumki, ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan
tovarlar va xizmatlarni iste’molchilarga yetkazib berish zarur. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida bu vazifani bozor bajaradi. Bozor ishlab
chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog‘laydi, natijada ishlab
chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisiga yetkaziladi. Bu yerda


38
bozor vositachi rolini bajaradi. Bozorda ishlab chiqaruvchi tomonidan
yaratilgan tovar qiymat shaklidan pul shakliga aylantiriladi. Natijada
tovar ishlab chiqaruvchi alohida kishilar mehnatining bozor, ijtimoiy
zaruriy mehnat sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi va tovarning
bozor qiymati kelib chiqadi. Bozor bu bilan jamiyatda ishlab
chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi.
Bozor iqtisodiy resurslarning erkin harakatini ta’minlashning
eng maqbul vositachisi hisoblanadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish
yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning
pulga aylanishi zarur. Bu pul esa ishlab chiqarishning yangidan
takrorlanib turishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarni, ya’ni
ishlab chiqarish qurollari, vositalari hamda xomashyo kabilarni
sotib olish uchun kerak. Bozor bu yerda vositachi rolini o‘ynab,
ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarishni kengaytirish
va bu jarayonning uzluksiz davom etishini ta’minlashga eng qulay
sharoit yaratib beruvchi tizim bo‘lib xizmat qiladi.
Bozor bu jarayonda iqtisodiy resurslarning va boshqa ne’matlar-
ning erkin harakatini, ularning iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida
oqilona taqsimlanishini ta’minlaydi. Iste’molchilar ham bozorga
o‘zlarining u yoki bu tovarga bo‘lgan talablarini qondirish uchun
chiqadilar. Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsa-
tuvchilar taklif etgan ne’matlarni ularga erkin tanlov va maqbul
narxlarda sotib olish imkonini yaratib beradi. Bozor orqali ishlab
chiqarish va iste’molning bog‘lanishi, qiymatning tovar shaklidan
pul shakliga o‘tishi sodir bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini ham mukam-
mal bajarib bera oladi. Chunki bozor bu vazifani talab, taklif,
raqobat va baho kabi iqtisodiy kategoriyalar orqali amalga oshiradi.
Òalab va taklif kategoriyasi esa bozorga nima, qancha miqdorda
va qaysi vaqtda kerakligini aniqlab beradi. Bozor shu yo‘l bilan,
eng avvalo, baho vositasida iqtisodiy resurslarning turli tarmoqlar
o‘rtasida to‘g‘ri va oqilona taqsimlanishida ishtirok etadi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish