O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Sug‘urta bozorining subyektlari. Har qanday bozor kabi bu
bozor ham o‘z subyektlariga ega. Ular, birinchidan, o‘z manfaat-
laridan kelib chiqib, sug‘urta himoyasi bo‘yicha xizmatlarni so-
tib oluvchilar (sug‘urtalanuvchilar), ikkinchidan, bunday xizmat-
larni ishlab chiqaruvchi va sotuvchilardir (sug‘urtalovchilar),
uchinchidan, mazkur shaxslar o‘rtasidagi vositachilar (sug‘urta
agentlari va brokerlari), to‘rtinchidan, sug‘urtalangan shaxslar,
beshinchidan, manfaatdor shaxslar (naf oluvchilar), oltinchidan,
uchinchi shaxslar.
Ichki sug‘urta bozori moliyaviy tarkibini sug‘urta tashkilotlari-
ning moddiy va moliyaviy resurslari tashkil qiladi. Sug‘urta bozori-
ning asosiy vazifasi sug‘urta xizmatchilariga talabni shakllantirish
(marketing, reklama), shartnomalar tuzish va sug‘urta polislarini
sotish maqsadga muvofiq va egiluvchan siyosatni olib borish, o‘z
infratuzilmasini tartibga solish tushuniladi.
Sug‘urta bozori subyektlari xilma-xil bo‘lganligi tufayli ular ma’lum
tizim va tamoyillarga rioya qilish asosida faoliyatlarini yo‘lga
qo‘yish sug‘urta munosabatlaridagi eng muhim ishlardan biridir.
Sug‘urta turlari
Aholi hayotini aralash sug‘urtalash. Hayotni aralash sug‘urtalash
deb atalishiga sabab shuki, bunda uch xil sug‘urta javobgarligi
mujassamlashtirilgan. Ularga ma’lum yoshga yetgunga qadar
sug‘urta hodisalaridan, baxtsizlik hodisalaridan, vafot hodisalaridan
sug‘urtalash kiradi. Aholi hayotini aralash, bolalar va nikoh to‘yi
sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urtalash «O‘zagrosug‘urta» davlat
hissadorlik sug‘urta kompaniyasi tasdiqlagan 11-qoida shartlariga
asoslangan holda olib boriladi.


313
Mazkur qoida shartlari asosida «O‘zagrosug‘urta» sug‘urta
kompaniyasining tarkibiy bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari bilan yoki O‘zbekistonda doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan hayotni aralash, bolalar va
nikoh to‘yi sug‘urta turlari bo‘yicha shartnoma tuzadilar.
Hayotni aralash sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma 16 yoshdan
70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar bilan 1 oydan 6 oygacha, 1 yilga,
3, 5, 10, 15, 20 yil muddatga tuziladi. Bolalar sug‘urtasi bo‘yicha
sug‘urtalash muddatining chegarasi 18 yoshgacha etib belgilangan.
Nikoh to‘yining sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli uning
muddati to‘lganda, sug‘urtalangan shaxs nikohdan o‘tganda
to‘lanadi. Kasalligi bo‘yicha I guruh nogironlari bilan sug‘urta
shartnomalari tuzilmaydi.
Fuqarolarni qo‘shimcha nafaqaga sug‘urtalash. Fuqarolarni
qo‘shimcha nafaqaga sug‘urtalash shartnomasi sug‘urta tashkiloti
bilan sug‘urtalanuvchi o‘rtasida sug‘urtalanuvchining belgilangan
shakldagi yozma arizasi asosida tuziladi. Bunday shartnomalar
25 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 20 yoshdan 55 yosh-
gacha bo‘lgan ayollar bilan tuziladi. Sug‘urtalanuvchining xohishi
bilan sug‘urta muddati davomida bir necha marta shartnoma
tuzilishi mumkin. Qo‘shimcha nafaqaga sug‘urtalangan fuqaro
sug‘urta muddati davomida va qo‘shimcha nafaqa olish davrida
baxtsiz hodisalardan ham sug‘urtalangan hisoblanadi.
Nafaqaga chiqqungacha o‘tgan davr sug‘urta muddati deb
aytiladi. Bu muddat tugagach, agar sug‘urta shartnomasi bo‘yicha
hamma badallar to‘langan bo‘lsa, sug‘urtalanuvchiga nafaqa
yoshiga to‘lgandan so‘ng umrining oxirigacha qo‘shimcha nafaqa
to‘lanadi. Nafaqa miqdori respublikada belgilangan eng kam
nafaqa miqdorida belgilanadi. Sug‘urta badali sug‘urtalanuvchining
yoshiga va nafaqa miqdoriga qarab belgilanadi.
Agar sug‘urtalanuvchi navbatdagi uch oy uchun badallarni to‘la-
masa, sug‘urta shartnomasi bekor qilinadi va to‘langan badallar-
dan 15 % sug‘urta xarajatlari chegirilgan holda qaytarib beriladi.
Sug‘urta badali naqd pul yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanishi
mumkin.
O‘quvchilar hayotini ko‘ngilsiz hodisalardan sug‘urtalash.
Sug‘urtaning bir turi bo‘yicha sug‘urta shartnomasi kunduzgi mak-
tab o‘quvchilarini ko‘ngilsiz hodisalardan sug‘urtalash maqsadida
o‘quvchining ota-onasi, qarindoshlari va ayrim yuridik shaxslar
bilan tuziladi. Sug‘urta badallarini to‘lashda ota-onalar bilan birga,


314
korxona va tashkilotlar hamda maktablar o‘z mablag‘lari hisobidan
naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan ishtirok etishlari mumkin.
Sug‘urta badali sug‘urta pulidan 0,5 % miqdorida belgilanadi.
Kasalligi tufayli vafot hodisasidan sug‘urta qildirsa, 2 % miqdorida
badal to‘lanadi. O‘quvchilar sug‘urtasi yil mobaynida o‘tkaziladi
va sug‘urta shartnomasi 1 yil muddatga tuziladi. Sug‘urta puli
miqdor jihatidan chegaralanmaydi. Sug‘urta hodisalari yuz
berganda davolash bilan bog‘liq bo‘lmagan tashxis qo‘yish, davolash
va oldini olish chora-tadbirlarining yomon oqibatlari uchun
sug‘urta qoplamasi to‘lanmaydi. Sug‘urta qildirilgan shaxsning
vafoti munosabati bilan sug‘urta qoplamasi to‘lash Fuqarolik
kodeksi me’yorlari asosida amalga oshiriladi.
Òibbiyot sug‘urtasi. Ma’lumki, insonning eng asosiy boyligi
uning salomatligidir, biroq, inson hayoti, uning doimo sog‘-omon
yurishi tabiiy kafolatlanmagan, ya’ni u turli kasalliklar tufayli og‘ir
ijtimoiy-iqtisodiy ahvolga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun
inson o‘z salomatligini saqlashi, kasallikka chalinganda davolanish
imkoniyatiga ega bo‘lishi, boshqalarga muhtoj bo‘lmaslik chora-
tadbirlarini ko‘rib qo‘yishi lozim. Uni amalga oshirishda tibbiyot
sug‘urtasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Boshqa sug‘urta
qilish turlari kabi tibbiyot sug‘urtasi ham sug‘urta idorasi bilan
sug‘urtalanuvchi o‘rtasida shartnoma tuzish orqali amalga oshiri-
ladi. Òibbiyot sug‘urtasi sug‘urtalanayotgan shaxsning o‘z hisobi-
dan, ishlayotgan korxonasi yoki boshqa moliyaviy imkoniyatlar
tomonidan tuzilishi mumkin.
Òadbirkorlik faoliyatini sug‘urtalash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
tadbirkorlik faoliyatini sug‘urtalash alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda
tadbirkor foydani kam olishi yoki umuman ololmay qolishdan, zarar
ko‘rishdan, tuzilgan shartnomalarning turli sabablarga ko‘ra
buzilishidan, keladigan pulning vaqtida tushmasligidan, savdo-
sotiqning uzilib qolishidan, yo‘l hodisasidan keladigan zararlardan
sug‘urtalanadi. Òadbirkorlik sug‘urtasi tadbirkorlarning bozor raqobati
va turli baxtsiz hodisalar keltiradigan zararlar oqibatida xonavayron
bo‘lib ketmasligi uchun himoya vositasidir.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urta qilish. Qishloq xo‘jaligi
ekinlari hosilini sug‘urtalash sug‘urta to‘lovini hisoblashdan boshla-
nadi. Buning uchun dastlab uch ko‘rsatkichni aniqlash talab etiladi:
1. Joriy yil uchun bir gektar ekin maydonidan olinishi rejalash-
tirilgan hosil. Bunda hosildorlik miqdori keyingi uch yil ichida
olingan haqiqiy hosildorlikdan yuqori bo‘lmasligi kerak.


315
2. Mahsulot sotish narxi.
3. Ekin maydoni hajmi.
Bunda har bir ekin hosilining qiymati alohida hisoblanadi.
Agar mazkur yilda rejalashtirilgan hosil so‘nggi uch yilda haqiqiy
o‘rtacha hosildorlikdan ortiq bo‘lsa, sug‘urta to‘lovlari o‘rtacha
uch yillik hosildorlik bo‘yicha hisoblanadi. Ko‘rsatilgan uch
ko‘rsatkich aniqlanganidan keyin sug‘urta to‘lovlari «O‘zagro-
sug‘urta» sug‘urta kompaniyasi tomonidan belgilangan stavkalar
asosida aniqlanadi. Bu stavkalar viloyatlar bo‘yicha tarmoqlash-
tiriladi. Masalan, Farg‘ona viloyatida stavka sug‘urta puliga nisbatan
paxta 8—12 %, yem-xashak 3—5 %, silos ekinlari 15—25 % va
texnika ekinlari 20—30 % belgilangan.
Shartnomada ko‘rsatilganidek, sug‘urta to‘lovi kelib tushgan
kuni sug‘urta polisi beriladi. Polis olingan kunidan boshlab ekinlar
sug‘urtalangan hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini sug‘urtalash. Qishloq xo‘jaligi
hayvonlarini yuqumli kasalliklar natijasida nobud bo‘lishdan, o‘latdan,
majburiy so‘yishdan ixtiyoriy sug‘urta qilinadi. Bu sug‘urtaga:
a) qoramollar, qo‘y-echkilar (6 oylikdan boshlab), uy parrandalari;
b) otlar, tuyalar, eshaklar va xachirlar 1 yoshdan boshlab;
d) asalari oilalari qutida;
e) cho‘chqalar va quyonlar 4 oylikdan boshlab sug‘urtalanadi.
Asosiy chorva mollari sifatida qishloq xo‘jaligi korxonasining
balansida turuvchi (01 hisob) hayvonlarining sug‘urta puli ularning
joriy yil 1-yanvardagi qiymati bo‘yicha belgilanadi. Sug‘urta to‘lovlari
stavkalari «O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasi tomonidan
mollarning har bir turiga ko‘ra tasdiqlangan foizlarda belgilanadi.
Sug‘urta qilingan hayvonlar nobud bo‘lganda sug‘urta qoplamasining
miqdori shartnomada ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish