161
8-bob.
RAQOBAT NAZARIYASI
8.1. Raqobatning mohiyati. Raqobatning iqtisodiy
asoslari va maqsadi
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy omillaridan biri —
bu raqobatdir. Iqtisodiy adabiyotlarda
raqobat kurashi bozor
munosabatlari ishtirokchilarini harakatga keltiruvchi kuch deb
yuritiladi. Bozorda raqobat qanchalik kuchli bo‘lsa, tovarlar va
xizmatlar sifati yaxshi, narxlari esa shunchalik arzonlashib boradi.
Demak, raqobat o‘z mohiyatiga ko‘ra, bozor iqtisodiyotining asosiy
obyektiv
qonunlaridan biri, bozor munosabatlari takomillashib
borishining muhim sharti hisoblanadi.
Raqobat har bir tovar ishlab chiqaruvchilar, turli xizmat ko‘rsa-
tuvchilar hamda iste’molchilar o‘rtasidagi yaxshi foyda olish,
bozorda, umuman, iqtisodiyotda o‘z mavqeyini mustahkamlash
uchun kurashdan iboratdir. Bu raqobat kurashining pirovard natijasi
iste’molchilar uchun kurash va unda ishtirok etuvchilar o‘z
manfaatlariga erishishlaridir.
Bozorda
qatnashayotgan har bir subyekt, ya’ni resurslar
sotuvchi — resurslarini, xizmat ko‘rsatuvchilar — xizmatini, tovar
ishlab chiqaruvchilar — tovarlarini imkon boricha yuqori baholarda
sotish uchun kurashadilar. Firmalar,
korxonalar, sotuvchilar,
iste’molchilar — barchalari o‘zaro raqobat qiladilar. Bozor iqtiso-
diyoti taraqqiy etgan mamlakatlarda bu raqobat kurashi erkin va
to‘liq namoyon bo‘ladi.
Raqobat kurashi, hatto iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi,
ular eng sifatli tovarlarni arzon baholarda sotib olishga harakat
qiladilar. Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning
barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlardan iborat.
Raqobat to‘g‘risida mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomoni-
dan nashr etilgan adabiyotlarda turlicha ta’rif berilgan. Jumladan,
A. O‘lmasovning «Iqtisodiyot asoslari» o‘quv qo‘llanmasida raqo-
batga shunday ta’rif berilgan: «Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirok-
chilarining o‘z manfaatlarini to‘laroq yuzaga chiqarish, ya’ni
162
yaxshiroq
daromad topish, o‘z mavqeyini mustahkamlash, o‘z
qobiliyatini namoyon etish va imij (ovoza-obro‘)ga ega bo‘lish
uchun boshqalar bilan kurashishdir»
1
deb yozadi.
Sh. Shodmonov, R. Alimov, Ò. Jo‘rayev esa «Raqobat — bozor
subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat
bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘-
lish uchun kurashni anglatadi» deb yozadi. So‘ngra o‘z fikrlarini
davom
ettirgan holda, «Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida
sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda
olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish
natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun,
arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun
ular orasida kurash boradi.
O‘z navbatida,
xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har
bir so‘m xarajati evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun
kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga
ega bo‘lishga harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat
ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil
bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi»
2
degan aniq
va to‘liq fikrni bayon qiladilar.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida
har bir xususiy mulk
egasining o‘z manfaati bo‘lib, u tovar ishlab chiqarishmi, xizmat
ko‘rsatishmi yoki boshqa qaysi sohalarda faoliyat olib bormasin, o‘z
manfaati uchun kurashadilar. Bu, avvalo, bozor iqtisodiyotining
tabiatidan kelib chiqadi. Bozor har bir iqtisodiy faoliyat yurituvchi
subyektlar uchun erkin raqobat muhitini yaratib beradi.
Raqobat
kurashi bo‘lishining asosiy sharti — tovar ishlab chiqaruvchilar hamda
iste’molchilar uchun ham tanlov erkinligining mavjud bo‘lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: