16.2. Kredit turlari
Kredit iqtisodiy kategoriyadir, u qarz oluvchilar bilan qarz
beruvchilar o‘rtasidagi qarz pulga, undan foydalanishga (iste’mol
qilishga), undan foydalanish asosida olingan natijalarga nisbatan
305
bo‘ladigan munosabatlarni ifodalaydi. Kredit shakllari xuddi ana shu
munosabatlarning real iqtisodiyot tajribasida namoyon bo‘lishidir.
Kredit munosabatlari esa bir tomondan, uning subyektlari o‘rtasida
vosita aloqalarini, ikkinchi tomondan, kredit subyektlari o‘rtasidagi
vositachilik qiluvchi maxsus kishilar o‘rtasida amalga oshadi.
Kredit shakllari quyidagilar: bank krediti, tijorat krediti, davlat
krediti, iste’mol krediti, xalqaro kredit.
Bank krediti. Kreditning eng qulay va keng tarqalgan shaklla-
ridan biridir. Bank krediti «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi
Qonun talablari asosida tashkil etiladi. Shuni ta’kidlash kerakki,
banklar kredit muassasalari sifatida faoliyat yurituvchi tijorat
tashkilotlari deyiladi. Ular xo‘jalik subyektlari hamda aholining
bo‘sh pul mablag‘larini ma’lum foizlarda beriladigan haq evaziga
o‘zlariga jalb qilib foyda olish uchun aholining va korxona hamda
tashkilotlarning pulga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida
ularga kredit shaklida beradilar. Albatta, banklar kredit pullarini
har qanday ehtiyojmandlarga beravermaydi, ular kreditni xo‘jalik
va tijorat faoliyatida samarali ishlatib foyda ola biladigan mijozlar-
gagina taklif etishadi. Boshqacha aytganda, banklardan kredit
oluvchi subyektlar ma’lum iqtisodiy salohiyatga ega, kreditning
kafolatini ta’minlay oladigan, ustiga haq qo‘yib qaytarib to‘lay
oladigan mijozlar bo‘lishlari kerak.
Bank krediti boshqa kredit shakllaridan keskin farq qiladi. Bu
farq shundaki, bank kreditlari nisbatan cheklanmaydi, katta
hajmlarda, uzoq muddatlarga, ma’lum tartib va qoidalar bazasiga
asoslangan holda beriladi. Bank kreditlari ishonarli va kafolatlidir.
Shuning uchun kredit munosabatlari tizimida bank krediti keng
tarqalgan va rivojlanib bormoqda.
Davlat krediti. Kredit shakllaridan biri sifatida davlat krediti davlat
bilan aholi va mikroiqtisodiy tuzilmalar o‘rtasida iqtisodiy munosabatni
vujudga keltiradi. Davlatning kredit munosabatlari subyektiga aylanishi
shu bilan izohlanadiki, u bozor iqtisodiyoti sharoitida, ayniqsa, bozor
munosabatlariga o‘tish davrida, iqtisodiy markaz sifatida rol o‘ynaydi.
Davlat milliy iqtisodiyotining taqdiri va istiqboliga mas’ul tuzilma sifatida
ham qarz beradi, ham qarz oladi. U qarzni aholidan, korxonalardan,
tashkilotdan, xorijiy davlatlar va kompaniyalardan olib, uni milliy
iqtisodiyotda chuqur strukturaviy o‘zgarishlar qilish, iqtisodiyotni bozor
talablariga moslashtirish maqsadlarida safarbar qiladi.
Davlat qarzni zayom shaklida, naqd pul jamg‘armalari va
boshqa shakllarda oladi. Bunday kredit munosabatlari iqtisodiyotda
306
davlatning ichki qarzi deb yuritiladi. Shuni aytish kerakki, davlat
olgan ichki qarzni hamda uning foizini budjet daromadlari hisobi-
dan qaytaradi. Ayni chog‘da davlat o‘z budjetidan korxonalarni
iqtisodiy nochor ahvoldan chiqarish, ularning iqtisodiyotini sog‘-
lomlashtirish maqsadlarida kredit beradi. Odatda, bunday maqsad-
larda beriladigan kreditlar imtiyozli kredit bo‘ladi, ya’ni undan
naf ko‘rish ko‘zda tutilmaydi. Shunday qilib, kredit iqtisodiyotni
sog‘lomlashtirish jarayonida ham qatnashuvchi iqtisodiy dastakdir.
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tib borishi hamda
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning subyekti (ishtirokchisi)ga
aylanishi kreditning xalqaro shaklidan keng foydalanish zarurligini
ko‘rsatmoqda.
Xalqaro kredit — ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosa-
batlar sohasida harakat shaklidir. Bunda kredit beruvchi va kredit
oluvchilar sifatida davlat muassasalari, banklar, firmalar, xalqaro
valuta-kredit va moliya tashkiloti qatnashadi. Xalqaro kredit ham
«kredit» kategoriyasining bir turidir va u bir qator iqtisodiy
kategoriyalar (foyda, baho, pul, valuta kursi, to‘lov balansi, savdo
balansi kabilar) bilan bog‘liqdir.
Xalqaro kredit o‘z yo‘lida bir qancha ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Masalan, ichki, tashqi, aralash kreditlash, tashqi savdoni moliya-
lash, tijorat krediti, investitsiya obyektlarini kreditlash, qimmatli
qog‘ozlarni sotib olish, tashqi qarzni uzish, tovar shaklida va valuta
shaklida kreditlash, xalqaro pul birliklarida (SDR, EKU) kredit
berish kabi shakllarda bo‘ladi.
Òijorat krediti — bu sotuvchilarning xaridorlarga tovar shaklida
beriladigan kreditdir. Bunda tovarlar ma’lum muddatda pulini
to‘lash sharti bilan nasiyaga beriladi. Òijorat kreditini nasiyaga
oluvchi uning egasiga veksel (qarzning majburiyatnomasi)ni beradi.
Òijorat kreditida foiz nasiyaga sotiladigan tovar narxiga ustama
shaklini oladi, shu sababli tovar nasiyaga, shu davrdagi narxdan
yuqoriroq narxda beriladi. Bevosita kreditning ommaviy ko‘rinish-
laridan biri qimmatbaho tovarlarning (avtomashina, uy, televizor,
kompyuter, yaxta, videomagnitofon) aholiga nasiyaga sotilishidir.
Bunday kredit tovarlarni bo‘lg‘usi daromad hisobiga sotish uchun
qo‘llaniladi. U to‘yingan tovarlar yetarli, binobarin, taqchillik yo‘q
bozorda qo‘llaniladi.
Iste’mol krediti — tijorat banklari tadbirkorlik uchun firmalarga
qarz bersa, iste’molchilarga tovar sotib olish uchun qarz beradi.
Buning natijasida iste’mol krediti paydo bo‘ladi. Bunda bank
307
iste’molchilarga kredit kartochkalari beradi, ularga ma’lum
summaga qadar tovarlar xarid etadilar, xarid puli banklar magazin-
lar bergan schotga qarab to‘lanadi. Bunday kredit g‘oyat imtiyozli
bo‘ladi, hatto foizsiz ham bo‘lishi mumkin. Iste’mol krediti aholi-
ning iste’mol ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan.
Ipoteka krediti. Yakka tartibda uy-joy qurish maqsadlariga
beriladigan uzoq muddatli kreditlar ipoteka krediti deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |