15.13. Soliq tizimining vujudga kelishi. Soliqlarning mohiyati
Soliqlar davlat budjetining asosiy daromad manbayi sanaladi.
Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida milliy boylikning muayyan
qismining davlat ehtiyojlari uchun jalb etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
munosabatlarni o‘zida ifodalaydi. Soliqlar jamiyatdagi mavjud
taqsimotga oid munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida bozor
munosabatlariga asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarishning obyektiv
iqtisodiy qonuniyatlaridan kelib chiqadi va shu tufayli ijtimoiy-
iqtisodiy xarakterga egadir.
Soliqlar ijtimoiy mazmunga ega ekanligi tufayli uning davlat
tomonidan qabul qilinadigan qonunlar bilan belgilanishi unga
yuridik ma’no-mohiyat kashf etadi. Shuning uchun yuridik ma’noda
soliqlar deganda qonun bilan belgilangan, majburiy, tekinga, haq
to‘lanmasdan hamda qaytarilmaslik sharti bilan jismoniy va yuridik
295
shaxslar tomonidan davlat foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar
nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, soliqlar moddiy mohiyatga ham ega bo‘lib,
davlat ehtiyojlariga ajratilayotgan aniq pul summasini o‘zida aks
ettiradi. Bu esa soliqlarning moliyaviy kategoriyasi sifatida o‘ziga
xos funksiyalarni ado etishi bilan bog‘liq namoyon bo‘ladi.
Soliqlarning funksiyalari
Fiskal (xazina to‘plash) funksiyasi. Uning yordamida davlatning
normal va bir maromda faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan
davlat pul jamg‘armalari vujudga keltiriladi. Milliy daromadning
muayyan qismini ijtimoiy zaif qatlamlar foydasiga qayta taqsimlash
imkonini beradi. Davlat iqtisodiy munosabatlarda soliqlarning fiskal
funksiyasi orqali ishtirok etadi.
Òartibga solish funksiyasi. Soliqlar vositasida davlat takror ishlab
chiqarish jarayoniga faol ta’sir o‘tkazadi, uning sur’atlarini jadal-
lashtiradi yoki sekinlashtiradi, kapital jamg‘arilishini tezlashtiradi
yoki sekinlashtiradi, aholining to‘lovga qobiliyatini kengaytiradi
yoki toraytiradi, mamlakat mintaqalari taraqqiyotida muvozanatni
ta’minlaydi. Òartibga solish funksiyasi fiskal funksiya bilan bog‘liq
bo‘ladi.
Soliq mexanizmi deganda soliq solishning tashkiliy-huquqiy
me’yorlari va soliqqa tortishning boshqarish usullari yig‘indisi
nazarda tutiladi. Davlat soliq qonunchiligi orqali soliq mexanizmiga
yuridik shakl beriladi. Soliq siyosati va soliq mexanizmi soliqlarning
jamiyatdagi o‘rnini aks ettiradi.
Qayta taqsimlash funksiyasi. Jamiyat tomonidan yaratilgan
moddiy boyliklar ishlab chiqaruvchilar (tadbirkorlar va xodimlar),
davlat va jamiyat o‘rtasida qayta taqsimlanadi, ular davlat va
jamiyat taraqqiyoti maqsadlari va xalq moddiy turmush farovon-
ligining yuksaltirilishiga yo‘naltiriladi. Soliqlar vositasida davlat
iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari, mamlakat mintaqalari, kichik
va xususiy biznesning jadal rivojlanishini ta’minlaydi.
Ijtimoiy funksiya. Soliqlar va majburiy yig‘imlar tarzida to‘p-
langan moliyaviy mablag‘lar ijtimoiy vazifalar hal etilishiga, aholi
muhtoj qatlamlarining davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilini-
shiga, ijtimoiy infratuzilma faoliyati samarali tashkil etilishiga
imkon beradi.
296
Do'stlaringiz bilan baham: |