O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

Nazorat uchun savollar
1. Qattiq qotishmali koronkalarning qanday turlari mavjud?
2. Qattiq qotishmali koronkalar bilan burg‘ilash texnologiyasi qanday
bo‘ladi?
3.10-§. Olmosli  koronkalar  bilan
burg‘ilash texnologiyasi
Kolonkaviy  burg‘ilashda  VIII—XII  kategoriyadagi  tog‘  jinslari,
asosan, olmosli  koronkalar  bilan  burg‘ilanadi,  uncha  chuqur
bo‘lmagan  quduqlarda  V—VII  kategoriyadagi  jinslarni  ham
burg‘ilash mumkin bo‘ladi.
Hozirgi  paytda  razvedkaviy  burg‘ilash  ishlari  hajmining
25 % dan  ziyodi olmosli koronkalar  bilan  bajarilmoqda, ularning
ishlatilish  sharoitlari  yanada  kengaymoqda.
Olmosli  koronkalarning afzalliklari  quyidagicha:
— burg‘ilash  tezligining  ortishi;
— burg‘ilash  ishlari  qiymatining  kamayishi;
— burg‘ilash  ishlari  sifatining  ortishi  (kern  chiqishining  oshishi);
— quduqlarning  egrilanish   intensivligining  kamayishi.


92
Jinslarni  parchalovchi  asbob  tabiiy  va sun’iy  olmoslar hamda
o‘ta  qattiq  materiallar  bilan  jihozlanadi.
Olmos — tabiatdagi  eng  qattiq mineral  bo‘lib, toza  ugleroddan
tashkil topgan. Olmosning  qattiqligi  korund  mineraliga  qaraganda
140  marta, abrazivligi  esa  90  marta  ortiqdir.
Mayda  olmoslardan  tayyorlangan  va  maxsus  matritsalarda
mexanik  mahkamlangan  koronkalar mayda  olmosli  koronkalar
deb ataladi.
Past  navli  olmoslarning  burg‘ilash  sifatini  oshirishning  bir
necha  yo‘llari  mavjud:  ovalizatsiya  qilish,  tanlab  maydalash,
polirovka  qilish.
Past  navli  olmoslarni  ovalizatsiya  qilishdan  maqsad, olmos
zarrachalariga  oval  shaklini  berishdir.
Past  navli  olmoslarni  tanlab  maydalash  olmos  kristallariga
izometrik  shakl  berish, darzlangan  va  defektli  donalarni  parcha-
lashdan  iboratdir.
Olmoslarni  polirovka  qilish — olmos donachalarida  silliq  va
polirovka  qilingan  yuza  hosil  qilishdan  iboratdir. Polirovka  qilingan
olmoslar    bilan    qurollangan    koronkalar    bilan    burg‘ilashda
olmos — jins  kontaktidagi  ishqalanish  kuchi  kamayadi, bu  esa
jinslarni  parchalovchi  asbobning  mexanik  chidamliligini  oshiradi
va mexanik  burg‘ilash  tezligini  oshirishni  ta’minlaydi.
Polirovka  qilishning  gaz-alangali,  mexanik  va  kimyoviy  usullari
mavjud.
Olmoslarning  mexanik  mustahkamligini  olmos  kristallari
ichki  kuchlanishini  kamaytirish  uchun  termik  ishlov  berish
yo‘li bilan  oshirish  mumkin.
Olmoslarning donadorligi yoki yirikligi 1 karat olmosdagi  zarra-
chalarning  soni  bilan o‘lchanadi. Geologiya-qidiruv  burg‘ilash
ishlarida  keng  diapazondagi 2—5 dan  800—1200  dona / karat
yiriklikdagi  olmoslar  ishlatiladi.
Burg‘ilash ishlarida,  shuningdek,  sun’iy  monokristall  ACC
markadagi  va  sintetik  polikristall  AÐK-4, AÐÂ-1  va  AÐÑ-3
markadagi  olmoslar  ham  ishlatiladi.
Sintetik  olmoslardan  tashqari  burg‘ilashda o‘ta qattiq mate-
riallar: elbor-P, belbor ham ishlatiladi.
Mayda olmosli koronkalar  po‘lat  korpus   va olmos ushlab
turuvchi  matritsadan  tarkib topgan,  matritsa  materiali  ÂK qattiq


93
qotishma poroshogidan, mis  va  boshqa  materiallardan  poroshokli
metallurgiya  usuli  bilan  tayyorlanadi.
Olmosli  koronkalarning  burg‘ilash  xossalari  matritsadagi
olmoslarning  joylashishiga,  matritsaning  qattiqligiga,  ishlati-
layotgan  olmoslarning  sifati  va o‘lchovlari,  koronkani  olmoslar
bilan  boyigani  va   konstruktiv  xususiyatlariga  bog‘liq  bo‘ladi.
Olmoslarning  matritsadagi  joylashishiga  qarab  bir qat-
lamli  va  impregnirlangan  koronkalarga  ajratish mumkin bo‘ladi
(6.13-rasm).
Koronka yuzasida  ma’lum  sxemada  olmoslar  bir  qatlamda
joylashgan  olmosli  koronkalar 

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish