O’quv soati: 2 soat
|
O’quvchilar soni:
|
O’quv mashg’uloti shakli vaturi
|
Amaliy - bilimlarni chuqurlashtirish, mustahkamlashga va shakillantirish bo’yicha o’quv mashg’ulot.
|
Amaliy mashg’lot rejasi
|
EXCEL elektron jadvalining asosiy elementlari
EXCEL dasturini ishga tushirish
Ishchi kitob varaqlari bilan ishlash
Ishchi jadvaldagi varaqlarni qayta nomlash
Ishchi kitobga yangi varaqlar kiritish
Ishchi kitobdan varaqlarni olib tashlash (yopish)
|
Mashg’ulotning maqsadi: Jadval protsessorining qo’shimcha imkoniyatlari va ulardan foydalanish bo’yicha amaliy ishlash ko’nikmalarini shakillantirish
|
Pedagogik vazifalar
|
O’quv faoliyati natijalari.
|
mavzuni mustaqil o’rganish uchun asos yaratish;
mavzu bo’yicha bilimlarni chuqur o’zlashtirish va mustahkamlashga yordam berish;
to’g’ridan-to’g’ri va jamoa bo’lib qo’yilgan muammoni tahlil qilib va aniq qaror qabul qilishga shart-sharoit yaratish;
mustaqil ishlash uchun imkoniyat yaratish;
o’z nuqtai nazariga ega bo’lishni shakllantirish;
mantiqiy xulosa chiqarishga ko’mak berish
|
Amaliy mashg’ulot rejalari bilan oldindan tanishib chiqib, tayyorgarlik ko’radilar;
Jadval protsessorining ishlash tamoillarini birma-bir yoritib bera oladilar;
EXCEL dasturi to’g’risida olgan bilimlari orqali amaliyotda tatbiq eta oladilar;
EXCEL elektron jadvalining asosiy elementlarini tahlil qiladilar;
kichik guruhlarda ishlagan holda o’z oldiga qo’ygan natijaga erishadilar;
|
O’qitish metodlari
|
Amaliy ish, mashq, namoyish etish, yo’riqnoma berish, kompyuterda ishlash
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, tarqatma materiallar, slaydlar, A32 qog’oz, kompyuter, proektor, video-tasma..
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari
|
Jamoa, juft-juft bo’lib ishlash, individual ishlash.
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.
|
Qaytar aloqaning usul va vositalari
|
Og’zaki nazorat, savol-javob, o’z-o’zini nazorat qilish, reyting tizimi asosida baholash.
|
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyatning mazmuni
|
o’qituvchi
|
o’quvchilar
|
I-bosqich. Mavzuga kirish.
(10 daqiqa)
|
Tashkiliy boshlanish
1.1. O’quvchilar davomati va darsga tayyorgarligini tekshiradi.
|
Tinglaydilar
|
1.2. Mustaqil ishlash uchun berilgan topshiriqning nazoratini o’tkazadi va rag’batlantiradi.
|
Uyda yozib kelgan vazifani taqdim etadi
|
Mavzuga kirish
1.3. O’quv mashg’ulot mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini aytadi. Ta’lim jarayoni interfaol usullar orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi
|
Tinglaydilar va yozadilar
|
1.4. O’quvchilarni 3 ta kichik guruhlarga bo’ladi
|
Interfaol usullardan foydalanilgan holda kichik guruhlarga bo’linadi
|
II-bosqich. Asosiy
(70 daqiqa)
|
O’quvchilar bilimlarini faollashtirish
2.1. Mavzu bo’yicha slaydlar namoish etib o’quvchilar bilimini faollashtiradi va slaydlarni taqdim etadi.
(1- ilova ).
|
Tinglaydilar.
Slaydlarga e’tibor qaratadilar
|
Yangi mavzuni bayoni.
2.2. Mavzu bo’yicha tayyorlangan topshiriqlarni tarqatadi va slaydlardan foydalaniladi (2-ilova)
|
Topshiriqlar ustida ishlaydilar
|
2.3. Guruhlarga topshiriqlarni bajarish uchun yordam beradi. Ularni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
|
Axborotlarni o’rganadi
|
2.4. Vatman-qog’ozlarga chizilgan jadvallarni nazoratdan o’tkazib, o’quvchilarning taqdimotini tinglaydi.
|
Taqdimot o’tkazadi. G’olib guruhlarni aniqlab, baholaydi
|
2.5. Berilgan masalalarni bajarishni taklif qiladi va prezentatsiya ko’rinishida taqdim etilishini aytadi. Nazorat qiladi, to’g’rilaydi.
|
Savollarga javob beradilar
|
2.6. Bajarilgan masalalarini taqdimotlarni tashkil qiladi.
|
Taqdimot qilishadi
|
2.7. Kompyuterda individual masala ychish uchun mashq topshiradi. (3 –ilova).
|
Kompyuterda ishlaydilar
|
2.8. Taqdimot natijalarini va masalani baholashni tashkil etadi. Javoblarni sharhlaydi, bilimlarni umumlashtiradi, vazifani bajarish jarayonidagi asosiy xulosalarga e’tiborni qaratadi.
|
Taqdimot qilishadi, qo’shimchalar qilishadi, baholashadi
|
III- bosqich.
Yakuniy
(10 daqiqa)
|
Yakunlash va xulosalash
3.1. Ish yakunlarini chiqaradi. Faol o’quvchilarni baholash mezoni orqali rag’batlantiradi
|
Eshitadi
|
3.2. Mavzuni o’qib kelishni uyga vazifa qilib beradi va yangi mavzuni “Insert” texnikasidan foydalanib o’qish
|
Eshitadi,
Uyga vazifani yozib oladilar, O’UM ga qaraydilar
|