O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi kolleji



Download 9,01 Mb.
bet35/188
Sana10.04.2022
Hajmi9,01 Mb.
#541562
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   188
Bog'liq
2016-2017 informatika

Ish stoli
Operatsion tizim ishga tushgandan so`ng ekranda ish stoli hosil bo`ladi (1.7-rasm).
Unda Windows OT ning ba’zi interfeys elementlari joylashgan, ular quyidagilar:
Мой компьютер (Mening kompyuterim) – u tizim papkalaridan biri bo`lib, mazkur kompyuterning obrazi bo`lib, uning yordamida kompyuter resurslariga (ya’ni qattiq disk hamda yumshoq disk, CD Rom, tarmoq disklariga, shu kabilarga) ulanish va kirish mumkin.
Сетевое окружение (Tarmoq doirasi) – u mumkin bo`lgan barcha tarmoq resurslarini o`zida saqlaydi (agar kompyuter tarmoqqa ulangan bo`lsagina).
Корзина (Savat) – olib tashlangan (o`chirilgan) kerakli papkalarni, fayllarni va yorliqlarni vaqtincha saqlovchi joy bo`lib, kerak bo`lganda ularni qayta tiklash imkonini beradi. Bu savatga faqat Windows vositalari bilan o`chirilgan ob’ektlar joylashtiriladi.
Сетевое окружение (Tarmoq doirasi) – u mumkin bo`lgan barcha tarmoq resurslarini o`zida saqlaydi (agar kompyuter tarmoqqa ulangan bo`lsagina).
Корзина (Savat) – olib tashlangan (o`chirilgan) kerakli papkalarni, fayllarni va yorliqlarni vaqtincha saqlovchi joy bo`lib, kerak bo`lganda ularni qayta tiklash imkonini beradi. Bu savatga faqat Windows vositalari bilan o`chirilgan ob’ektlar joylashtiriladi.
Портфель – bir nechta kompyuterlar bilan ish olib borilayotganda fayllarni sinxronlashtirishni (so`nggi namunalarga almashtirishni) ta’minlaydi. Masalan, ishni “uyga” olmoqchi bo`lsangiz Портфель dan foydalanishingiz mumkin.
Internet Explorer – Internet tarmog`ini ishga tushiradi. Ya’ni uning yordamida WEB sahifalarni ko`rib chiqish mumkin. Agar kompyuter Internet tarmog`iga ulanmagan bo`lsa, u holda ish stolidan bu piktogrammani o`cherish mumkin.
Outlook Express – u Windows ning xabarlar tizimi bo`lib, unga electron pochtadan o`tayotgan axborotlar kelib tushadi. O`rnatilgan dasturga qarab electron pochtaning u yoki bu turiga ulanishini ta’minlashi mumkin.
Мои документы (Mening hujjatlarim) – bu papka shaxsiy hujjatlar uchun mo`ljallangan bo`lib, unda o`zimizning ishimiz natijalarini (ya’ni fayl va papkalarni) saqlashimiz mumkin.
Ish stolida albatta, Мой компьютер va Корзина tizim papkalarining bo`lishi shart.
Windowsning tizim papkalari oddiy papkalardan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:

  • tizim papkalarini yo`qotish mumkin emas;

  • корзина papkasining nomini o`zgartirib bo`lmaydi;

  • ba’zi tizim papkalarining kontekst menyusida o`ziga xos bo’yruqlar mavjud.

Bundan tashqari Ish stolida ko`p ishlatiladigan ob’ektlar yorliqlarini ham joylashtirish mumkin.
Masalalar paneli (Панель задач)
Masalalar paneli ekranniung eng quyi qismida joylashgan bo`lib, unda joriy vaqtda ishga tushirilgan barcha dasturlar va ochilgan papkalar piktogrammlari (tugmalari) joylashan bo`ladi (1.8-rasm). Bu dasturlar yoki papkalarning birortasini ishga tushirish uchun masalalar panelida joylashgan ularga mos tugmani sichqonchaning ko`rsatkichini keltirib chap tugmasini bir marta bosish yetarli. Masalalar panelining chap tomonida tizim asosiy menyusining «Пуск» tugmasi joylashgan. Uni ishga tushirib asosiy menyu bo`limlaridan foydalanish mumkin. Masalalar panelining o`ng burchagida vaqtni ko`rsatuvchi va alifboni (odatda, rus va ingliz) ko`rsatuvchi indikatorlar joylashgan bo`ladi. Bu indekatorlardan foydalanib alifboni o`zgartirish va joriy sana ko`rish mumkin. Agar kompyuterda tovush kartasi o`rnatilgan bo`lsa, u holda bu indekatorlarning chap tomonida tovushni boshqaruvchi tugma joylashgan bo`ladi. Bu tugmadan foydalanib kompyuterga ulangan kolonkaning ovozini boshqarish mumkin. Bundan tashqari masalalar paneliga ko`p ishlatiladigan dasturlarning piktogrammalarini ham joylashtirish mumkin. Ularning ixtiyoriy birini ishga tushirish uchun sichqoncha tugmasini bir marta ustida bosish yetarli.
Masalalar panelini ekran chegarasining xohlagan qismiga: yuqoriga, quyiga, chapga yoki o`ngga joylashtirish mumkin. Panelni boshqa bir joyga ko`chirish uchun uni sichqonchaning tugmasi bilan bosib turgan holda ekranning biror chegarasiga siljitamiz. Kerakli chegara bo`ylab to`g`ri to`rtburchakning konturi paydo bo`lganda, sichqonchaning tugmasini qo`yib yuboramiz. Masalalar panelini kengaytirish ham mumkin. Buning uchun panelning tashqi chegarasini sichqoncha bilan ilib olib, uni boshqa joyga ko`chiramiz.

Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish