NAZORAT SAVOLLARI
Asosiy baliq turlariga qaysilar kiradi?
Qo‘shimcha baliq turlarini sanab bering.
Qaysi baliq turi issiqsevar bo‘ladi va nima uchun?
bob. BALIQLARNI OZIQLANTIRISH
Hovuz baliqchiligida baliqlarni oziqlantirish uchun 3 xil ozi- qalardan foydalaniladi:
Tabiiy oziqalar.
Qo‘shimcha oziqalar.
Me’yorlashtirilgan (balanslashtirilgan) oziqalar.
Tabiiy oziqalar (hovuzning tabiiy oziqa zaxirasi) — hovuz- larda tabiiy yo‘l bilan rivojlanadigan, o‘sadigan o‘simliklar, hovuz- lardagi planktonlar, suvda o‘sadigan o‘simliklar, qisqichbaqasi- monlar, bakteriyalar, detritlar, bentoslar, yuqori tabaqadagi o‘sim- liklar, hasharotlar, suv hayvonlari va baliqlar kiradi. Tabiiy oziqa zaxirasining rivojlanish darajasi suvning sifatiga bog‘liq. Baliq- chilar turlicha usullarni qo‘llab: ohaklash, organik va noorganik moddalar orqali o‘g‘itlash kabi yo‘llar bilan suv sifatini yaxshilashga erishadi. To‘g‘ri o‘g‘itlangan suv havzalari o‘zida barcha biogen moddalar, mikroelemetlarni saqlaydi hamda ruxsat etiladigan chegarada oziqa zaxirasining yetarli darajada rivojlanishiga imkoniyat beruvchi maqbul (optimal) gidrokimyoviy sharoitlarga ega bo‘ladi.
Hovuzlar yoki suv havzalarida tabiiy yo‘l bilan rivojlanadigan turlarga plankton, suv o‘simliklari, bakteriyalar, detritlar, bentos, yuqori suv o‘simliklari, suv jonivorlari, shu jumladan, baliqlar kiradi.
Iste’mol qilingan oziqalar karp baliqlarining oziqa hazm qi- lish a’zolariga suvning harorati 2 °C bo‘lgandan 8—10 soat, 22 °C bo‘lganda 6—9 soat, 26 °C bo‘lganda esa 4—7 soat orali- g‘ida parchalanib hazm bo‘lishi aniqlangan. Shundan kelib chi- qib suvning harorati nisbatan yuqori bo‘lgan yozning issiq oy- larida, kunduz kunlari baliqlarning kunlik oziqalarni bir necha bo‘lakka (3—6 bo‘lakka) bo‘lib berish maqsadga muvofiq.
Oziqalarni bir necha bo‘lakka bo‘lib berish uning iste’mol qilinadigan miqdorini oshirishga va foydalanmay qolgan qismi- ning kamayishiga sabab bo‘ladi. Bu bir marta oziqlantirilgan- dagiga nisbatan baliqlarning o‘sish darajasini sezilarli ravishda tezlashtiradi.
Bir marta oziqlantirish qabul qilingan xo‘jaliklarda bu ishni ertalab baliqlarning ishtahasi yuqori bo‘lganda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Oziqalarning iste’mol qilinishini avvaldan o‘rgangan holda har kuni hovuzlarning bir xil joyiga tarqatish maqsadga muvofiq.
Baliqlarni oziqlantirishda turli xildagi qayiq oziqa tarqatgich uskunalardan (SKR-3A, KRZ-1, AKU-1, AK-2, DRK) foy- dalaniladi. Avtokormushkalarda berishning samaradorligi yax- shidir. Zog‘orabaliq ham o‘simliklar, ham hayvonot dunyosidan olinadigan oziqalarni iste’mol qiluvchi baliqlar guruhiga mansub bo‘lib, tabiiy oziqa sifatida suvda o‘suvchi va yashovchi zoo va fitoplanktonlar bilan oziqlanadi hamda yumshoq suv o‘tlarini yaxshi iste’mol qiladi.
Zog‘orabaliq uchun tayyorlangan aralash oziqalarning tar- kibini tashkil qiluvchi alohida oziqalarning tavsifi 2-jadvalda- gidek bo‘lishi o‘rganilgan.
Shu yilgi zog‘orabaliq uchun mo‘ljallangan aralash omixta oziqalarning tarkibida xom proteinning miqdori 30 % dan, yog‘ 4 %, kalsiy 1,2 % dan, fosfor 1,0 % dan kam. Kletchatka esa 9 % dan ko‘p bo‘lmasligi, katta yoshdagilarinikida xom protein 25 % dan, yog‘ 2,5 % dan, kalsiy 0,7 % dan, fosfor 0,8 % dan kam, kletchatka esa 10 % dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Jadvalda tavsifi berilgan oziqalardan zog‘orabaliqlarga be- rish uchun aralash omixta oziqa tayyorlanganda uning tarkibi qo‘yiladigan talablar jadvalda keltirilgan chegaralar bo‘lishi maq- sadga muvofiq. Zog‘orabaliqlarga beriladigan aralash oziqaning namunaviy tarkibi 2-jadvalda berilgan.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |