tiza usuli, jamoa ekspertiza usuli, ekspertlar komissiyasi usuli. Bitta ekspert xulosasiga asoslangan ma’lumotlar asosiy manba
sifatida qabul qilinadigan ekspertiza —
shaxsiy ekspertiza usuli deb
ataladi.
Jamoa ekspertiza usuli jamoaga kiradigan ekspertlarning mus-
taqil xulosalari tahlili asosida umumlashgan ekspertiza xulosalarini
ishlab chiqishga asoslangan.
Ekspertlar komissiyasi usuli tegishli ekspertiza guruhlari tomo-
nidan ma’lum bir hudud yoki obyektning alohida jihatlari (qism-
lari) bo‘yicha ishlab chiqilgan ekspertiza xulosalarining yagona
ekspertiza xulosasiga birlashtirilishiga asoslanadi.