O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi à. Rafiqov, H. Vahobov, A. Qayumov, Sh. Azimov amaliy geografiya



Download 18,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/169
Sana03.02.2022
Hajmi18,88 Mb.
#427484
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   169
Bog'liq
Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov) unlocked

Bilimingizni sinab ko‘ring:
1. Qishloq xo‘jalik yerlari qanday qismlardan iborat?
2. Yer kadastri nima?
3. Tuproq bonitirovkasi nima?
4. Tuproq hosildorligini kamaytiradigan omillarni aniqlang.
5. O‘zbekistonda bonitirovka asosini nima tashkil qiladi?
6. Tuproqlarning sho‘rlanishi qanday sodir bo‘ladi?
7. Darslikdan foydalanib, O‘zbekistonning qayerlarida shamol eroziyasi 
ro‘y berishini aniqlang.
5-§. MUHANDIS-GEOGRAFIK TADQIQOTLAR
Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro
ta’sir natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni baho-
lash va bashorat qilish hamda ularning oldini olish muammolari
bilan shug‘ullanadi.
Muhandis-geografik tadqiqotlar qurilish loyihalarini amalga
oshirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Muhandis-geografik tadqiqot-
lar asosan sanoat korxonalarini joylashtirishda, gidrotexnik
inshootlarni (kanallar, to‘g‘onlar, suv omborlari va h.k.), yo‘llarni
loyihalashda, foydali qazilma konlarini qidirishda olib boriladi.
Sanoat korxonalarini joylashtirishda muhandis-geografik
tadqiqotlar ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda korxona
15
?
www.ziyouz.com kutubxonasi


qanday xomashyo asosida mahsulot ishlab chiqarishi va atrof-
muhitga qanday chiqindilar tashlashi aniqlanadi. Ikkinchi bosqich-
da korxona uchun joy tanlanadi va mazkur joyning tabiiy-geografik
sharoitining asosiy xususiyatlari aniqlanadi geologik tuzilishi,
relyefi, iqlimi, suvlari, tuprog‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi,
aholisi, xo‘jaligi). Sanoat korxonasi zararli chiqindilarni ko‘proq
chiqaradigan bo‘lsa (ko‘mir asosida ishlaydigan issiqlik elek-
trostansiyalari, sement, kimyo zavodlari), ularni aholi manzil-
gohlaridan olisda, shamol yo‘nalishiga teskari bo‘lgan hududlarga
joylashtirish zarur. Masalan, Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor
neftni qayta ishlash zavodi, Qashqadaryo viloyatidagi Sho‘rtang
gazni qayta ilshash zavodi cho‘lda, ya’ni aholi zich yashaydigan
hududlardan ancha olisda joylashgan, shuning uchun ularning
tabiat va insonga ta’siri kam.
Gidrotexnik inshootlarni loyihalashda muhandis-geografik
tadqiqotlar olib borishda quyidagilarga e’tibor beriladi: suv inshooti
va tabiiy muhit o‘zaro ta’sirining asosiy qirralari, suvning kirish-
chiqishi, sho‘rlanganlik darajasi, loyqaligi, bug‘lanishi, to‘lqinlar
ta’sirida qirg‘oqlarning yemirilishi, suvning shimilishi va suv
inshootining samaradorligi, botqoqlanish, tuz to‘planishi, o‘simlik
va tuproq qoplamining o‘zgarishi kabilar aniqlanadi, ayrim noxush
hodisalarning oldini olish bo‘yicha choralar ishlab chiqiladi.
Masalan, Amudaryo suvi loyqa bo‘lganligi (1 kub m da 3500 g
loyqa bor) sababli, undan suv oladigan Amu—Buxoro, Qarshi,
Shovot, Toshsoqa, Qizketken va boshqa kanallarda «o‘tirib»
qoladigan loyqa nasoslar yordamida qirg‘oqqa chiqarib tashlanadi.
Yo‘l qurilishini loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar
asosan relyefning tahliliga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Chunki ko‘p hol-
larda loyihalanayotgan yo‘lning yo‘nalishini, uzunligini, kengligini,
arzon-qimmatligini relyef sharoiti belgilab beradi. Shuning uchun
yo‘llarni loyihalashda relyefning qiyaligi, qanday tog‘ jinslaridan
tashkil topganligi, mutlaq balandligi birinchi navbatda tahlil qili-
nadi. Avtomobil yo‘llarining qiyaligi 12—15° dan oshmasligi lozim.
Baland va qiyaligi yuqori bo‘lgan joylarda yo‘llar yer osti tun-
nellari orqali o‘tkaziladi. Masalan, Toshkent—Andijon avtomobil
yo‘lining qamchiq dovonida uzunligi 2,5 km li tunnel qazilgan 
(5-
rasm).
Bundan tashqari, yo‘llarni loyihalashda surilmalar, sellar, qor
ko‘chkilari, daryo toshqinlari ham hisobda olinadi.
16
www.ziyouz.com kutubxonasi


Foydali qazilma konlarini qidirish davomida muhandis-
geografik tadqiqotlar ikki yo‘nalishda olib boriladi. Birinchi
yo‘nalishda kon joylashgan hududning tabiiy va iqtisodiy-geografik
sharoiti o‘rganiladi va baholanadi. Ikkinchi yo‘nalishda foydali
qazilma konini qazib olish jarayonida atrof-muhitda ro‘y beradigan
o‘zgarishlar bashorat qilinadi (relyef, tuproq, o‘simlik, iqlim, ichki
suvlari, qishloq xo‘jaligi, sanoati, transporti, aholisi va h.k.).

Download 18,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish