O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi à. Rafiqov, H. Vahobov, A. Qayumov, Sh. Azimov amaliy geografiya


Tabiatdan foydalanish va amaliy geografiya



Download 18,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/169
Sana03.02.2022
Hajmi18,88 Mb.
#427484
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   169
Bog'liq
Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov) unlocked

Tabiatdan foydalanish va amaliy geografiya.
Tabiat boyliklari-
dan foydalanishda boshqa fan yutuqlari qatori amaliy geografiya
erishgan ilmiy natijalarga asoslanish nihoyatda samaralidir. Chunki
geografiya fani tabiatni, aholi va xo‘jalik bilan bir butun tarzda
o‘rganadi. Binobarin, bu jarayonda tabiat qonunlari to‘liq e’tibor-
ga olinadi, tabiatga inson ta’sirining oqibatlari hisob-kitob qilinadi
va shunga muvofiq ularning oldini olish choralari ishlab chiqiladi.
114
www.ziyouz.com kutubxonasi


Amaliy geografiya tabiat boyliklaridan foydalanish bo‘yicha
yetarli darajada tajriba, sinov ishlab chiqarish amaliyotiga ega.
Inson sug‘orma dehqonchilik bilan kamida 5—6 ming va chor-
vachilik bilan esa 8—10 ming yildan beri shug‘ullanib kelmoqda.
Bu borada mavjud sohalar bo‘yicha juda katta tajriba to‘plandi. Bu
tajribaning geografiyaga oid tomonlari ham mavjud. Masalan, qiya
yonbag‘irlardan foydalanishda yerni haydash, sug‘orish, tuproqqa
ishlov berish jarayonida nishablik xususiyatlarini hisobga olib
ko‘ndalangiga yerni haydash, juda ham qiya yerlardan yaylov
sifatida foydalanish yoki terrasalash, ihotazorlar bunyod etish,
eroziyaga qarshi maxsus gidrotexnik inshootlarni loyihalash.
Sanoat korxonalarini loyihalashda amaliy geografiyaning tad-
qiqot usullaridan keng foydalaniladi. Bu borada tog‘ yonbag‘irlari
va vodiylarining tabiiy-geografik xususiyatlari, ayniqsa, suv va
iqlimiy omillar, gruntlarning fizik hamda kimyoviy xossalari e’ti-
borda bo‘ladi. Tog‘ vodiylarining mahalliy shamollari odatda soy
yoki daryo oqimining yuqori qismidan boshlanib, uning etagi
tomon harakatlanadi. Shamol havodagi barcha chang va chiqindi-
larni olib ketadi, agar tog‘ vodiysida sanoat korxonalari mavjud
bo‘lsa, ularning havoga chiqargan chiqindilarini vodiy bo‘ylab
yoyadi, oqibatda atrof-muhit ifloslanadi.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, tog‘ vodiylariga
sanoat korxonalarini joylashtirishda mahalliy shamollar harakati
albatta e’tiborga olinishi lozim, sanoat ishlab chiqarishida chiqin-
disiz yoki yopiq siklli texnologiyaning tatbiq etilishi maqsadga
muvofiq. Shuningdek, korxonalar yer usti va yerosti suvlarini turli
oqava suvlar bilan ifloslaydi, bu hodisa ham diqqat-e’tiborda
bo‘lishi darkor. Demak, barcha sohalarda amaliy geografiyaning
tavsiyalari va ko‘rsatmalarining hisobga olinishi tabiatdan foy-
dalanish samaradorligini oshiradi.

Download 18,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish