O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi


Stixiyali rivojlanish davri



Download 474,17 Kb.
bet4/58
Sana08.04.2023
Hajmi474,17 Kb.
#925669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

Stixiyali rivojlanish davri. Metrologiya xizmati va metrologik ta’minot masalalarining dastlabki kurtaklari turli davlatlarda turlicha tarzda vujudga kela boshlagan. Masalan, rus knyazi Svyatoslav Yaroslavich belidagi oltin kamaridan uzunlikning namunaviy o’lchash vositasi sifatida foydalangan. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra knyaz davriy ravishda bozor rastalarini oralab yurib, turli mato sotuvchilarining uzunlik o’lchovlarini kamari bilan taqqoslab turgan. Agar ular orasidagi tafovut belgilanganidan ortib ketsa, sotuvchini shafqatsiz jazolagan.
Italiyada ham bu borada muayyan tartib belgilangan edi (o’rta asrlarda). Cherkov va butxonalarda aniq sondagi marvarid donalari saqlanib, ulardan sochiluvchan (dispers) moddalarning hajm va massa birliklarini hosil qilishda foydalanganlar.
Markaziy Osiyoda ham o’lchovlar va ularning turg’unligini saqlash, o’lchash qoidalariga qat’iy rioya etish masalalariga jiddiy e’tibor berilgan. Aksariyat hollarda buning nazorati eng yuqori amaldorlar tomonidan olib borilgan. Masalan, islom ta’limotida to’g’ri o’lchash, ya’ni xaridor haqini urib qolmaslik (buni hozirda ham «tarozidan urib qolish» deyiladi) masalalariga juda qattiq qaralgan. Bu borada xalqimiz manaviyatiga singdirilgan «xaridorning haqi etti pushtingga uradi», «tarozidan urib qoluvchining joyi do’zahning eng to’rida bo’ladi», «xaridor haqiga xiyonat qiluvchi ollohning birinchi dushmanlaridandir» kabi iboralar bu ta’limotning isbotidir.
Tarixiy yozishmalarda davlatlar orasida urushlarning kelib chiqishlarida ba’zan o’lchashlardagi kelishmovchilik ham sabab bo’lganligi kabi ma’lumotlar ham keltirilgan.
Garchand, o’lchashlar nazariyasining, bundagi yondoshuvlarning turli davlatlardagi rivojlanishi turlicha uslub va usullarda, muayyan ma’noda stixiyali tarzda bo’lgan bo’lsada, barcha hollarda quyidagi umumiylik prinsiplari saqlanib qolgan:

  • o’lchovning o’z xossalarini uzoq muddat saqlab qolishi;

  • o’lchov qiymatining takroriy o’lchashlarda o’zgarmasligi (doimiyligi);

  • o’lchanayotgan kattalikning turli qiymatlarini hosil qilish imkoniyatini mavjud bo’lishi.

Bu davrdagi o’lchashlarning asosiy kamchiligi sifatida o’lchov birliklarining o’zaro mutanosibligi bo’lmaganligi hamda asosiy kattaliklarning birliklarini bir-biriga bog’liq emasligini ko’rsatish mumkin.

Download 474,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish