O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


bet264/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

192-rasm. Ko'zni
harakatlantiruvchi uch shoxli va
til osti nervlari. 
^
1, 2, 3
 
- ko'z nervining peshonaga ^
tarqaluvchi tolalari; 

-
 ko'zni hara-
katlantiruvchi nerv; 5 - ko'z kosasi ^
pastidagi nerv; 6 - qanot-tanglay 
14 
tuguni; 7 - ustki katakchalar nervi;
8 -
 tepa jag' tishlari nerv tolalari;
9 - til nervi; 
10
 
- j a g ' - t i l osti
muskuliga boruvchi nerv; 
11 
- 
pastki katakchalar nervi; 
12 -
 en­
gak tolasi; 
13 
-
 til osti nervi; 
1 4 -
pastki jag' nervi; 
15 
-
 ustki jag'
nervi; 
16 
-
 uch shoxli nerv poyasi;
17 
-
 ko'z nervi.


orqali ko'z kosasiga kirib tepa va pastki shoxchalarga bo'linadi. Nervning 
harakatlantiruvchi tolalari ustki qovoqni ko'taruvchi muskuliga, ko'z 
soqqasining ustki, pastki, ichki to'g'ri muskullari va pastki qiyshiq mus­
kullarga borib tarqaladi. Nerv tarkibidagi parasimpatik tolalaming bir 
qismi ko'z qorachig'ini qisuvchi (sfmkter va kiprik) muskullariga borsa, 
ikkinchi qismi ko'z kosasining orqa qismida joylashgan kiprik nerv tugu- 
niga borib tugaydi.
IV. G ' a l t a k n e r v i . Uzunchoq miya chodirining orqa tomonidan 
chiqib, miya oyoqchalarining tashqi tomonidan ko'z kosasining ustki yorig'i 
orqali ko'z kosasiga kirib, ko'z soqqasining ustki qiyshiq muskuliga boradi.
V. U c h s h o x l i n e r v . Aralash nerv bo'lib, uning harakatlanti­
ruvchi tolalari miya ko'prigidan alohida chiqib, chakka suyagining pira- 
midasi sohasida I va II shoxlar bilan qo'shilib, uch shoxli nervni hosil 
qiladi.
Nervning sezuvchi tolalari miya ko'prigidan (harakatlantiruvchi tolalari 
orqarog'idan) va uzunchoq miyaning yon tomonidan boshlanib, chakka 
suyagining piramidasidagi chuqurchada harakatlantiruvchi tolalar bilan 
qo'shilib, yarim oysimon tugunni hosil qiladi. Tugundan uch shoxli 
nervning quyidagi tolalari chiqadi.
1. Ko'z nervi sezuvchi nerv bo'lib, yarim oy tugundan ajralib, miya 
qattiq pardasiga tolalar beradi. Ko'z kosasining ustki yorig'idan ko'z 
kosasiga kirib, peshona, ko'z yoshi va burun, kiprik nervlariga bo'linadi. 
Ular tepa, qovoq, peshona terilariga, ko'z soqqasiga, konyunktiva 
(qovoqlarning ichkariga qaragan shilliq qavatlari)ni, peshona, g'alvirsi­
mon va ponasimon suyak kovaklarining shilliq qavatlariga borib tarqala­
di. Nervning ko'z yoshi bezi tarmog'i ko'z yoshi beziga boradi.
2. Ustki jag ' nervi uch shoxli nervning ikkinchi (sezuvchi) shoxi 
bo'lib, kalla suyagi bo'shlig'idan ponasimon suyakning yumaloq teshigi 
orqali qanot-tanglay chuquriga chiqib to'rtta shoxchaga bo'linadi: I. Ko'z 
kosasi pastidagi nerv qanot-tanglay chuqurchasidan ko'z kosasining pastki 
yorig'i orqali ko'z kosasiga, undan shu nomli kanal orqali yuzga chiqib, 
pastki qovoq, ustki lab va burun yon tomonidagi terilarga tarqaladi. II. 
Qanot-tanglay tolalari shu nomli nerv tuguniga qo'shiladi. III. Ustki 
kataklarga, ularda joylashgan tishlarga va milkka tarqaladi. IV. Yonoq 
nervi lunj va chakka terilarini innervatsiya qiladi.
3. Pastki jag ' nervi. Tarkibida harakatlantiruvchi va sezuvchi tolalar 
bo'lib, kalla suyagi bo'shlig'idan ponasimon suyakning oval teshigi orqali 
chiqadi. Uning harakatlantiruvchi tolalari chaynov muskullariga tarqalsa, 
sezuvchi tolalari lunj shilliq pardasini, tilning shilliq qavatini innervatsiya 
qiladi. Nerv tarkibidagi sezuvchi tolalar quloq oldi, til va jag' osti so'lak 
bezlariga boradi. Pastki kataklar shoxi esa pastki jag' tishlariga, milkka 
tarqaladi. Bu nervning tolalari dahan sohasidagi terilami innervatsiya qiladi.


VI. U z o q l a s h t i r u v c h i n e r v miya ko'prigining orqa chegara 
sohasidan chiqib, ko'z kosasining ustki yorig'idan ko'z kosasiga kirib, 
ko'z soqqasining tashqi to'g'ri muskulini innervatsiya qiladi.
VII. Y u z n e r v i harakatchan nerv bo'lib, miya ko'prigi bilan 
uzunchoq miya orasidan chiqib, ichki eshitish teshigi orqali yuz nervi 
kanaliga kirib qayriladi. Nog'ora bo'shlig'ining ichki devori bo'ylab oldin 
orqaga, so'ngra pastga yo'nalib, chakka suyagining so'rg'ichsimon - bi­
gizsimon o'siqlari o'rtasida joylashgan shu nomli teshikdan tashqariga 
chiqadi. Kanal ichida yuz nervidan katta toshsimon nerv bilan eshitish 
tori nervi ajraladi. Katta toshsimon nerv (tarkibida parasimpatik tolalar 
bor) chiqib, quloq oldi beziga boradi. Eshitish tori nervi esa yuz nervidan 
ajralgach, o'rta quloq bo'shlig'idan tashqariga chiqib, uch shoxli nervning 
til nervi shoxi bilan qo'shiladi va tilning so'rg'ichlariga (ta’m bilish) va 
til osti hamda pastki jag' osti bezlariga tolalar beradi (193-rasm).
Yuz nervi so'rg'ichsimon-bigizsimon teshikdan tashqariga chiqqach, 
quloq oldi bezining ichiga kirib, bir qancha tarmoqlarga ajraladi. Nervning 
harakatlantiruvchi tolalari yuzdagi mimika muskullarini va bo'yindagi 
teri osti muskuli bilan ikki qorinchali muskulning orqa qorinchasini 
innervatsiya qiladi.
VIII. D a h 1 i z - c h i g ‘ a n o q n e r v i (sezish nervi) miya ko'prigi- 
ning orqasidan yuz nervi bilan yonma-yon chiqib, ichki eshitish teshigi 
orqali piramida (chakka suyagida) ichiga kiradi. Bu nerv ikkita nervdan 
tashkil topgan, biri ichki 
quloqning dahlizi bilan yarim 
to'garak kanallarga boruvchi 
dahliz nervi bo'lsa, ikkinchisi 
eshitish nervidan iborat.
Dahliz nervi muvozanatni 
saqlash vazifasini bajaradi, 
uni ng p e rife rik to la la ri 
ta’sirotni ichki quloq (labi­
rint) dahlizida joylashgan 
yadroning labirint dahlizi va 
yarim to'garak kanallariga 
tarqalgan tolalardan oladi.
Chig'anoq nervi esa ta’sirot­
ni labirint chig'anog'i ichida 
joylashgan nerv tugunidan 
oladi. Tugunning periferik 
nervlari Korti a ’zosidan 
i mpul s ni qabul qi l adi
(quloqning tuzilishi va eshi­
tish yo'liga qaralsin).

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish