O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


bet241/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

176-rasm. Refleks ravog'i.
1
- sezuvchi nerv tolasining uchi;
2, 4 -  sezuvchi nerv tolasi; 3 - orqa miya
tuguni; 5 - qistirma (oraliq) neyron;
6
 - oldingi shoxdagi harakat hujayrasi;
7 - neyrit; 8 - harakat nervining oxiri.


muskullami (yoki skelet muskullarini) idora etadi va uning qisqarishi 
ixtiyoriy ravishda bajariladi. Bu sistema organizmni sezgi a’zolari orqali 
tashqi muhit bilan bog'lab turadi.
2. 
V e g e t a t i v ( a v t o n o m ) n e r v s i s t e m a s i silliq muskul­
lami (ovqat hazm qilish, nafas olish, siydik chiqarish va tanosil a’zolari­
dagi muskul va h.k.), qon tomirlar devoridagi muskullami bizning ixtiyo- 
rimizga itoat etmay boshqarib boradi. Vegetativ nerv sistemasi simpatik 
va parasimpatik nerv sistemalariga ajratiladi. Ammo periferik nerv siste­
masi ham, vegetativ nerv sistemasi ham markaziy nerv sistemasiga 
bog'langan. Shuning uchun nerv sistemasi yagona (yaxlit) sistema bo'lib 
xizmat qiladi.
ORQA MIYA
Orqa miya umurtqa pog'onasi kanalining ichida joylashgan, old va 
orqa tomondan yassilangan nay shaklida bo'lib, uzunligi 40— 45 sm, 
og'irligi o'rtacha 30 g. Orqa miyaning tepa chegarasi I bo'yin umurtqa­
sining tepa yuzasiga to'g'ri keladi va katta ensa teshigi orqali uzunchoq 
miyaga o'tadi, pastki chegarasi esa I—II bel umurtqalariga kelib, konus 
shakliga kiradi. Konus esa ingichka tola shaklida dum umurtqasining 
ichidagi qoplovchi pardaga borib yopishadi (177-rasm).
Orqa miyaning pastki chegarasi yosh bolalarda III bel umurtqasining 
ro'parasida bo'lsa, kattalarda umurtqa pog'onasining tezroq rivojlanib 
kattalashishi natijasida orqa miyaning 
p astk i 
c h e g a ra si, 
y u q o rid a 
ko'rsatilgandek, I—II bel umurtqala­
riga to'g'ri kelib qoladi.
Orqa miya old va orqa tomonda 
o'rtadan uzunasiga ketgan chuqur 
egatlar yordamida ikkita teng (o'ng 
va chap) bo'lakka ajraladi. Har bir 
bo'Iak yana bir juftdan (oldingi va 
orqadagi) yon egatlar yordamida har 
— 8
ikkala tomonda uchtadan tizimcha- 
larga bo'linadi. Bu yon egatlardan
177-rasm. O rqa miya.
A
- orqa m iya nerv ildizlarining sim patik 
nerv tugunlari bilan birga ko'rinishi. 
В
- orqa 
miyaning old tom ondan ko'rinishi. 
D
- orqa
m iyaning orqa tom ondan k o 'rin is h i; 
1
-
H __
7
7 ^ ~ -
ro m b sim o n c h u q u rc h a ; 2 - b o 'y i n y o ‘- 
g'onlashm asi; 
3
- orqadagi o 'rta egat; 
4
-
orqadagi yonbosh egat; 5 - oldingi o 'rta
chuqur egat; 
6
- oldingi yonbosh 
egat;
7 - bel y o 'g 'o n lash m asi; S - o t dumi.
2
-
3 -
I
D


orqa miya nervlarining ildizlari chiqadi. Oldingi har ikkala yon egatlardan 
chiqqan nerv ildizlaridan harakatlantiruvchi nerv tolalari, orqadagi har 
ikkala yon egatlardan chiqqan nerv ildizlaridan sezuvchi nerv tolalari 
boshlanadi. Harakatlantiruvchi (oldingi) tolalar bilan sezuvchi (orqadagi) 
tolalar umurtqa oraliq teshiklariga kirishda bir-biri bilan qo'shilib, ara­
lash nervni hosil qiladi. Shu qo'shilish oldida orqa ildizchalaming har 
birida nerv hujayralaridan tuzilgan bittadan tuguncha bo'ladi.
Homilaning ona qomida rivojlanishi davrida orqa miyaning uzunligi 
umurtqa pog'onasi uzunligiga teng bo'lib, undan chiqqan har bir nerv 
ildizchalari o'zi o'tadigan umurtqa oraliq teshikchalar ro'parasida joylashgan 
bo'ladi. Keyinchalik orqa miyaga nisbatan umurtqalarning o'sishi tez- 
lashgan sari umurtqa oraliq teshiklardan o'tayotgan nerv ildizlarini o'zi 
bilan pastga tortadi. Natijada orqa miyadan chiqayotgan nerv ildizlari 
pastga tomon qiyshayaveradi. Orqa miyadan hammasi bo'lib 31 juft nerv 
chiqadi. Bulaming har biri bitta segment (jami 31 segment) deb ataladi. 
Segmentlar bo'yin qismida 8 ta, ko'krak qismida 12 ta, bel qismida 5 ta, 
dumg'aza qismida 5 ta va dum qismida 1 ta juft bo'ladi.
Orqa miya nerv ildizlari bo'yin qismida gorizontal yo'nalsa, ko'krak 
qismida qiyshayib, I—II umurtqada, bel va dumg'aza qismlarida esa III 
va IV umurtqada pastga tushib, so'ngra umurtqa oraliq teshikdan o'tadi. 
Natijada nerv tolalari yig'ilib, dumg'aza qismida ot dumini hosil qiladi.
Orqa miya yo'g'onligi hamma joyda bir xil bo'lmaydi. II bo'yin 
umurtqasi bilan ko'krak umurtqasi oralig'ida bitta bo'yin yo'g'onlashma- 
sini, ikkinchisi 
ko'krak umurtqalaridan boshlanib, konusgacha davom 
etgan bel yo'g'onlashmasini hosil qiladi. Bunday yo'g'onlashmalar qo'l 
va oyoqlarga boradigan nervlardan paydo bo'ladi.
Orqa miya sirti nerv tolalaridan iborat oq va markaziy nerv hujayrala­
ri joylashgan kulrang moddalardan tuzilgan. Kulrang modda orqa miyaning 
uzunasi bo'ylab joylashgan bo'lib, ko'ndalangiga qarab kesishganda 
kapalak shaklida yoki «N» harfi shaklida ekanini ko'rish mumkin. Uning 
markazidan markaziy kanal o'tadi. Kulrang moddalaming oldingi tomonida 
(o'ng va chap tomonda) bir oz kengaygan bir juft oldingi shoxlar, orqa 
tomonda esa, aksincha, toraygan bir juft shoxlar (o'ng va chap tomonda) 
tafovut etiladi. Oldingi va orqadagi shoxlar o'zaro oraliq soha vositasida 
qo'shilib turadi. Ana shu oraliq sohadan yon tomonga (birinchi ko'krak 
segmenti bilan uchinchi bel segmenti sohasida) yon shoxlar turtib chiqqan. 
Oldingi shoxlarda yirik harakatlantiruvchi hujayralar joylashgan bo'lib, 
ulaming uzun shoxlari harakatlantiruvchi ildizlarni hosil qiladi.
Kulrang moddalaming orqadagi shoxlarida kichik sezuvchi hujayralar 
joylashgan. Ulaming shoxlari sezuvchi ildizlarni hosil qiladi. Yon shoxlarda 
esa vegetativ (simpatik) nerv hujayralari bo'lib, ulaming shoxlari oldingi 
ildizlar tarkibida chiqadi.


Orqa miyaning oq moddasi nerv tolalaridan iborat bo'lib, ular o'tkazish 
yo'llari vazifasini bajaradi. Oldingi ildizchalaming harakatlantiruvchi to­
lalari orqa miyaning oq moddasini tashkil qilishda kamroq ishtirok etadi. 
Oq moddada ko'proq orqa ildizchalarning tolalari bo'ladi. Chunki orqa 
ildizchalar tarkibida nerv tolalaridan tashqari, sezuvchi tugunchalar ham 
mavjud. Tugunchalardan chiqqan o'simtalar ikkita shoxchaga bo'linadi. 
Ulaming bitta shoxi periferik nervga qo'shilsa, ikkinchisi orqa ildizcha 
tarkibida orqa yon egat orqali orqa miyaga kiradi va ikkita shoxchaga 
bo'linadi. Ulaming bittasi oq modda tarkibida yuqoriga, ikkinchisi pastga 
tomon yo'naladi. Bu tolalardan tashqari, kulrang moddaning orqa shoxla- 
rida joylashgan hujayralardan ham tolalar chiqib, orqa miyaning boshqa 
qismlari va uzunchoq miya bilan ham qo'shiladi. Orqa miyaning oq 
moddasida yuqorida aytilgan tolalardan tashqari, bosh miyadan keluvchi 
tolalar ham joylashgan.
Kulrang modda orqa miyaning pastki qismida oq moddaga qaraganda 
ko'proq bo'ladi, o'rta, ko'krak segmentlaridan boshlab yuqoriga ko'taril­
gan sari, aksincha, oq modda ko'payib boradi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish