O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


bet211/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

Tirsak arteriyasi
Tirsak arteriyasi yelka arteriyasining ikkinchi yirik tarm og'i bo'lib, 
shu nomli ariqchadan pastda boshlanib, yumaloq pronator muskuli ostidan 
pastga boradi. Bilak o'rtasida tirsak ariqchasiga o'tib ketadi va no'xatsim on


suyak oldiga kelganda tirsak tomonidagi kaft kanali orqali kaftga o'tadi. 
Kaftda tirsak arteriyasining asosiy stvoli kaftning yuza arteriya ravog'ini 
hosil qilishda qatnashadi. Tirsak arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1.
T irsa kn in g q a y tu v c h i a rte riy a la ri
ko'pincha bitta umumiy stvol 
bo'lib boshlanadi, yelka arteriyasi tarm og'i bilan anastomozlashadi va 
yelka suyagining medial tepachasi orqasiga o'tib tarqaladi hamda tirsak­
ning arteriya to'rini hosil qilishda qatnashadi.
2. 
S u y a k la r o ra lig ‘ining u m um iy a rte riy a si
bilak arteriyasidan tirsak 
chuqurchasining pastki chegarasida chiqadi. K eyinchalik suyak lar 
oralig'ining oldingi arteriyasi tarm og'i chiqib, suyaklar oraliq membranasi 
oldingi yuzasi bo'ylab pastga tushadi va uni teshib orqa tomonga o'tadi. 
Kaftning orqa yuzasidagi arteriya to'rini hosil qilishda qatnashadi. Su­
yaklar oralig'ining orqa tomonidagi arteriyasi suyaklar oralig'ining umumiy 
arteriyasidan chiqib, orqa tomonga yo'naladi. Muskullarga tarmoqlar beradi 
va arteriya to'rini hosil qilishda qatnashadi.
3. 
P a n ja a rte riy a la ri
tirsak bilan bilak arteriyalarining kaft ustki qismi 
bilan kaft sohasida tarqalgan quyidagi tarmoqlardan iborat:
1. Kaftning orqa tomonidagi arteriya to'ri bilak va tirsak arteriyala­
rining shoxlari bilan suyaklar oraliq umumiy arteriyasi tarm og'ining o'zaro 
qo'shilishidan hosil bo'ladi. Kaft va panjani yozuvchi muskullar payi 
ostida yotadi. Arteriya ravog'idan kaft usti suyaklarining bo'g'im lariga, 
barmoqlaming oraliq muskullariga tarqaladi. Tirsak va bilak arteriya shox­
lari panjaning kaft yuzasida kaftning oldingi tomonidagi arteriya to'rini 
hosil qiladi. Bu to 'r kaft va panjalaming bukuvchi muskullari payi ostida 
joylashadi va kaft-bilak b o 'g 'im i sohasiga tarqaladi (154-rasmga qarang).
2. Panjaning kaft sohasida ikkita arteriya ravog'i bor, ulaming biri 
kaftning yuza ra v o g 'i— tirsak arteriyasining oxirgi uchi bilan bilak 
arteriyasining uncha y o 'g 'o n bo'lmagan shoxchasi o'zaro qo'shilishidan 
hosil 
bo'ladi. 
Ravoqning 
pastga qaragan qavariq yuzasidan to'rtta 
barmoq kaft tomonidagi umumiy arteriyalar chiqadi. Bu arteriya tarmoqlari
II— V barmoqning bir-biriga qaragan chekkalariga borib tarqaladi.
3. Ikkinchisi — kaftning chuqur ravog'i, asosan bilak arteriyasining 
oxirgi uchi bilan tirsak arteriyasi shoxchasi qo'shilishidan paydo bo'ladi. 
Kaft va barm oqlam ing bukuvchi m uskullari payi ostida joylashadi. 
Ravoqning pastga qarab bo'rtib turgan yuzasidan uchta kaftning old 
tomondagi arteriyalari chiqib barmoqlar oraliq muskullarini teshadi va 
kaftning orqa tomondagi arteriyalari bilan anastomozlashadi. Yuqorida 
ta’kidlanganidek q o 'l panjasi sohasida bilak va tirsak arteriyalarining 
tarm o q lari o 'z a ro keng va xilm a-x il an asto m o zla sh a d i. Ana shu 
arteriyalarning xilma-xil murakkab anastomozlari qo'lning mehnatga mos- 
lashuvidan kelib chiqqan bo'lib, kaftning yuza ravog'i siqilganda, qon 
barmoqlarga chuqur ravoq arteriyasi orqali boradi.


Pastga yo'naluvchi aorta aorta magistralining eng uzun qismi bo'lib, 
aorta ravog'ida IV ko'krak umurtqasining oldida boshlanib, ko'ks oralig'i­
ning orqa bo'lagidan pastga tushib diafragma teshigidan qorin bo'shlig'iga 
o'tadi va IV bel umurtqasi oldiga kelganda ikkita katta tarmoqqa bo'linadi. 
Aortaning ko'krak bo'shlig'ida joylashgan bo'lagi ko'krak aortasi deb ataladi 
va undan ko'krak bo'shlig'ining devoriga hamda ko'krak bo'shlig'ida joy­
lashgan a’zolar uchun mayda tarmoqlar chiqadi (155-rasm).
Ko'krak qafasining devoriga boruvchi shoxchalar quyidagilar:
1. 
Qovurg'alar oralig'ining orqa arteriyalari aortaning ikki yonboshi- 
dan III— XI qovurg'a oraliqlari uchun 10 juft bo'lib chiqadi. 
I — II 
qovurg'a oraliqlariga o'm rov osti arteriyasi shoxchalari tarqaladi. Har bir 
qovurg'a oraliq arteriyadan orqa miya va uning pardalariga tolalar tarq­
aladi. Q ovurg'a oraliq arteriyasi qovurg'a ariqchasidan shu nomli vena 
va nervlar bilan birga yo'naladi. Shuning uchun ko'krak bo'shlig'iga 
igna bilan sanchib dori yuborishda qovurg'a oralig'ining o'rtarog'ini tanlash 
lozim. Q ovurg'a oraliq arteriyalari oldiga borganda ularga oldingi qovurg'a 
oraliq arteriya tarmoqlari bilan qo'shilib, arteriya doiralari (halqalari)ni
hosil qiladi. Bunday arteriya 
halqalari hayotda yonlam a 
(kollateral) qon aylanishi ri- 
vojlanishida katta ahamiyat­
ga ega.
2. Diafragmaning ustki ar­
teriyalari diafragm aning bel 
bo'lagi tepasida tarqaladi.
3. Ichki a ’zolar (bronx, 
qizilo'ngach, ko'ks oralig'i)- 
ga ham tarmoqlar beradi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish