O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


-rasm . Chakka suyagi (ichkaridan


bet55/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

52-rasm . Chakka suyagi (ichkaridan
ko'rin ishi).
I
- yoysim on lepa; 2 - nog'ora bo'shlig'i
(o'rla quloq) tomi; 
3 -
 toshsim on qism;
4
 - sigm asim on egat; 5 - chig'anoqning
lashqi teshigi; 
6 -
 bigizsim on o'siq; 7 -
d a h liz n in g tash qi te s h ig i; 
8 -
ich k i
eshituv teshigi; 9 -p ir a m id a egati; 
1 0 -
yonoq o 'sig 'i.
chuqurining hosil bo'lishida qatnasha­
di va undan chiqqan yonoq o'sig'i 
yonoq suyagi bilan birlashadi. Past- 
roqda pastki jag' bilan bo'g'im tuza- 
digan chuqurcha joylashgan. Uning 
oldidagi do'mboqcha pastki jag'ning 
bo'g'im o'sig'ini chuqurchadan chiqib 
ketishdan saqlab turadi.
2. Nog'ora qism chakka suyagining 
tashqi eshituv yo'lini oldingi pastki 
va qisman orqa tomondan chegaralab 
turadi. Lateral tomondan so'rg'ichsi- 
mon o'siq va medial tomondan pira- 
mida qismlari bilan qo'shilib tursa, 
pastki tomon bigizsimon o'siqning 
ildizini o'raydi.
3. Piram ida toshsim on qismi 
chakka suyagining boshqa qismlariga 
nisbatan qattiqroq tuzilgan, shuning uchun uni toshsimon qism yoki shakliga 
qarab piramida deb ataladi. Piramida bag'rida eshituv va muvozanat a’zolari 
joylashgan, ular turli tashqi ta’sirlardan saqlab turadi. Piramidaning ol­
dingi yuzasi (piramidaning uchi yaqini)da bosh miya uch shoxli nerv 
tugunining chuqur izi bor. Oldingi yuzaning orqaroq bag'ridagi yarim 
doira kanalning (ichki quloqning tuzilishiga qarang) turtib chiqishidan 
vujudga kelgan tepa bor. Nihoyat, piramidaning oldingi yuzasi nog'ora 
bo'shlig'ining tomi holida joylashgan. Piramidaning orqa yuzasida joy­
lashgan ichki eshituv teshigi orqali bosh miyaning yuz va eshituv nervlari, 
ichki eshituv qon tomirlari o'tadi.
Piramidaning pastki yuzasi kallaning tubiga qaragan bo'lib, uzun 
bigizsimon o'siq bilan so'rg'ichsim on o 'siq orasidagi bigizsimon- 
so'rg'ichsimon teshik orqali yuz nervi bo'shlig'idan tashqariga chiqadi. 
Bigizsimon o'siqning medial tomonida bo'yinturuq chuqurcha bor. Bu 
chuqurcha ensa suyagidagi ana shunday chuqurcha bilan qo'shilib, 
bo'yinturuq teshikni hosil qiladi. Bundan tashqari, ichki uyqu arteriyasi- 
ning kalla bo'shlig'iga o'tadigan tashqi teshigi ko'rinib turadi. Ichki te­
shik esa piramida uchida joylashgan. Piramidaning oldingi chekkasi, 
suyakning palla qismi bilan o'tkir burchak hosil qilib qo'shiladi, shu 
yerda muskul nayi kanalining og'zi ko'rinib turadi, bu kanalning ikkinchi 
teshigi o'rta quloq bo'shlig'iga ochiladi. Kanal to'siq orqali ikkita yarim 
kanalga ajralgan, yuqoridagi kichikroq bo'lagidan quloq pardasini tarang 
qiladigan muskul boshlanadi, pastki kattaroq bo'lagi eshituv naychasi- 
ning suyak bo'lagini tashkil qiladi.


4. 
So‘rg‘ichsimon qismda so‘rg ‘ichsimon o'siq bo'lib, u tashqi eshi­
tuv yo'li orqasida turadi. Bu o'siqqa to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon muskuli 
yopishadi. So'rg'ichsimon o'siqning medial tomonida ikkita qorinchali 
muskul yopishadigan chuqur o'yma bor. O'ymaga parallel ravishda (ich- 
kari tomonida) ensa arteriyasining egati joylashgan. So'rg'ichsim on 
o'siqning tashqi yuzasida tekis uchburchak shaklidagi bo'lakcha bor. 
So'rg'ichsimon o'siqning ichki tuzilishi ko'pgina kataklardan tuzilgan 
bo'lib, o'rta quloq bilan qo'shilgan. So'rg'ichsimon o'siqning miya yuzasida 
sigmasimon egatcha bor.
T e p a s u y a k (53-rasm) bir juft bo'lib, kalla qopqog'ining o'rta 
qismini tashkil qiladi. Odamda bosh miya takomillashib borgan sari tepa 
suyak ham rivojlanib, kattalashib boradi. Bu suyak kalla qopqog'ining
bir talay qismini tashkil qilib, 
bosh miyani mexanik ta’sirlar- 
dan saqlaydi. Shuning uchun tepa 
suyak boshqa kalla suyaklariga 
nisbatan to'rt qirrali va to'rt bur- 
chakli, sirti gumbazsimon bo'rtib 
chiqqan plastinka shaklida tuzil­
gan. Uning oldingi chekkasi pe­
shona su y ag in in g p a lla s ig a
birlashadi, yuqori chekkasi ikkin­
chi tomondagi tepa suyakning 
xuddi shunday chekkasi bilan 
o'rta chiziqda birlashadi. Pastki 
yoki palla chekkasining oldingi 
qismi ponasimon suyakning katta 
qanoti bilan, o'rta qismi chakka 
suyagi pallasi bilan yopilib tursa, orqa bo'lagi chakka suyagi pallasi bilan 
tishlashib birlashadi. Orqa chekkasi ensa suyagi qirrasi bilan birlashadi. 
Tepa suyakning yuqorida aytilgan oldingi, tepa va orqa chekkalari tishli 
qirrani hosil qilsa, pastki (to'rtinchi) qirrasi tashqi tomondan qiyshiq 
holda qirqilgan bo'lib ko'rinadi.
Tepa suyakning tashqi (qavariq) yuzasi muskul va fassiyalaming bir- 
lashishiga moslashgan bo'lib, o'rtasida tepa suyak do'mbog'i bor.
Tepa suyakning ichki botiq yuzasida arteriya egatchalari, miya qiyiq- 
larining izlari yaqqol ko'rinadi. Bulardan tashqari, tepa qirra bo'ylab 
davom etgan va so'rg'ichsimon o'siq bilan birlashadigan burchak sohasi­
da joylashgan egatchalar bor.
P e s h o n a s u y a g i (54-rasm) bitta bo'lib, kalla qopqog'ining ol­
dingi qismini tashkil etadi. Peshona suyagining bu qismi sezgi a’zolari 
(ko'rish va hid bilish a’zolari) bilan uzviy bog'langan.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish