Kerakli jihozlar: namuna, rangli bо‘yoq yoki rangli qalam va akvarel, mо‘yqalam, qog‘ozlar.
Faoliyatning borishi:
Namuna bilan tanishish.
О‘zi xohlagan usulda chizish uchun kerakli anjomlarni tanlash.
Ishni qanday boshlashni rejalashtirish.
Ijodiy ish.
Qо‘shimcha: kо‘rgazma tashkil qilish
Alohida e’tibor qaratiladi:bolaning ijodkorligi, ranglarni tо‘g‘ri tanlash
Til va nutq
Mavzu: “Telefon о‘yinchoq emas” .
Maqsad: bolalar telefon apparatining foyda va zarar tomonlari haqidagi ma’lumotlarni bilib oladilar, telefon о‘yinchoq emasligini tushunadilar.
Kerakli jihozlar: AKT, mavzuga mos bо‘lgan telefonning foyda va zarar tomonlari aks ettirilgan rasmli kartochkalar, turli telefon apparatlari.
Faoliyatning borishi:
Telefon apparatlarini kuzatish.
Telefonlar haqida suhbat.
Telefonlarning foyda va zarar tomonlarini rasmli kartochkalardan izlab topish va ularni izohlash.
Qо‘shimcha: mavzu asosida rasm chizish.
Do'stlaringiz bilan baham: |